Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(250 so‘z) NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN
Download 133 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- (250 so‘z). AQLLI VA TADBIRSIZ ODAM
(250 so‘z)
NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qo‘llari qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi. Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildi. Shundan keyin otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa, eri keltirib bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. O‘g‘li va kelinining bu yaramas muomalalaridan ko‘ngli ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi. Besh-olti yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, ma’suma so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi. Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib, bir yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu payt dadasi kelib qoldi. O‘g‘lining yog‘och yo‘nib o‘tirganini ko‘rib: - O‘g‘lim, nima qilyapsan? -deb so‘radi. O‘g‘li yugurib kelib dadasini quchoqladi va erkalanib: Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim o‘sha kosada buvamga ovqat beradilar, men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman, – dedi. O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. U ko‘z yoshi qilib otasining huzuriga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi, quchoqlab o‘pib, uning ko‘nglini ko‘tardi. Darrov uni o‘zi turgan uy yonidagi issiq xonaga ko‘chirdi. Har doim otasining holidan xabar olib turdi, u bilan birga ovqatlandi. Kelin ham qaynotasining izzat-hurmatini o‘rniga qo‘ya boshladi. O‘g‘li bilan kelinining bu ishlaridan xursand bo‘lgan ota: - Bolalarim, mana endi ko‘nglim qayg‘u-alamlardan ozod bo‘ldi, sizlardan roziman, shu kichkina qo‘zichog‘im sizlarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi, - deb nevarasini tizzasiga o‘tqazdi va yuz-ko‘zlaridan o‘pib, duo qildi. (250 so‘z). AQLLI VA TADBIRSIZ ODAM Aqlli odamlar hamisha hushyor bo‘ladilar, hodisalar jilovini o‘z qo‘llarida saqlab, xavfli girdobga tushmasdan sohilga yetib oladilar. Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadigan, jasoratsiz, tez-tez fikrlaridan qaytadigan bo‘ladilar, biror hodisa ro‘y berganida ular o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. O‘z baxtlarini saqlab qolish qobiliyatidan mahrum bo‘lganliklaridan oh-voh qilib, o‘zlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi. Naql qilibdurlarki, yo‘ldan uzoq, o‘tkinchilardan xoli bir yerda ko‘l bor edi, unda uchta baliq yashar edi. Bulardan ikkisi tadbirkor va ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. Kunlardan birida tasodifan ikki ovchi ko‘l yonidan o‘tib qoldi, ko‘zlari uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga kelib, uchchala baliqni tutishga va’dalashib jo‘nab ketdilar. Baliqlar ularning so‘zini eshitgan edilar. Ularning biri tadbirli bo‘lib, zolim zamonaning zulmi va g‘addor falakning vafosizligini ko‘rgan, suv kelar tarafdan chiqib, boshqa ko‘lga borib oldi. Ko‘p o‘tmay baliqchilar kelib, suvning kirar va chiqar tomonini mahkam berkitdilar. Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin aql va farosatdan mahrum bo‘lmagan ikkinchi baliq vaziyatni ko‘rib shunday dedi: - Fursatni qo‘ldan berdim. Endi tadbir va hiylani ishga solish payti keldi. Tipirchilab u yoq-bu yoqqa qochgan bilan foyda yo‘q. Umidsizlikka tushmay, najot yo‘lini axtarmoq kerak. Shunday deb baliq suv yuziga qalqib chiqdi va o‘zini o‘lganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib, o‘lgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan ariq bo‘yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga tushib oldi, hiyla ishlatib, o‘z jonini qutqardi. Xom va tadbirsiz baliq esa o‘zini yo‘qotib, u yoqdan bu yoqqa qochib yurar, goho suv ostiga sho‘ng‘ir, goho yuzaga chiqar edi. U oxir - oqibat baliqchilar to‘riga ilindi. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling