Navoiy viloyati Karman tumani 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Download 1.08 Mb.
|
Gadoyeva Yulduz
Navoiy viloyati Karman tumani 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 3 - “B” sinf rahbari Gadoyeva Yulduzning sinf rahbarlik faoliyati bo’yicha I-yarim yillik faoliyatini baholash ko’rsatkichlari Navoiy viloyati Karman tumani 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 3-“B” sinf o’quvchilarining 2022-2023 o’quv yilining I-yarim yillikda sinf rahbari bilan hamkorlikda bajargan faoliyati Hisoti 2022-2023 o’quv yilining I-yarim yilligi 5-sentabrdan 28-dekabrgacha qadar davom etdi. Shu davr mobaynida sinf rahbari o’quvchilar bilan quyidagi ishlarni amalga oshirdi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31-yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Bilimlar kuni” bayram tadbirida sinf o’quvchilari bilan faol ishtirok etildi. Sinfimizga “Mustaqillik darsi” bo’lib o’tildi. O’quvchilarga “Maktabning ichki tartib-qoidasi va odob-axloq qoidalari” haqida davra suhbat olib borildi. Ota-onalar majlisini o’tkazish, ulardan ota-onalar qo’mitasi raisi va faollarni saylab olindi. Sinfdagi har bir o’quvchining Ijtimoiy passportlari tayyorlandi. O’quvchilar fan to’garaklariga qatnashadilar. “Qiziqarli matematik” to’garaklar tashkil etildi. 3-“B” sinf o’quvchilari bilan birgalikda maktabda tashkil etib kelinayotgan o’quv-tarbiyaviy va ma’rifiy-ma’naviy yo’nalishidagi turli xil tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 1-oktabr “O’qituvchilar va murabbiylar” kuni, 21-oktabr O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili” haqidagi qonunni qabul qilingan kuni, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kuni munosabati bilan “Bayrog’imiz faxrimiz, g’ururimiz” mavzusida suhbat o’tkazildi. 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Bola huhuqlari to’g’risida”gi Konvensiya haqida suhbat o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Madhiyamiz faxrimiz” mavzusida o’quvchilar bilan birgalikda madhiya xor bo’lib aytildi. 2022-yil 16-dekabr kuni yo’l xavfsizlligi bo’yicha videorolik o’quvchilarga o’ksatildi. O’quvchilarga yo’l qoidalari bo’yicha tushuncha berildi. “Yo’l qoidasi umr foydasi” haqida bilimlarga ega bo’lishdi. 2022-yil 21-dekabr kuni maktabimizda tashkil etilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Maskur yarmarka yurimiz aholisi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarkada ota-onalarimiz o’z farzandlariga badiiy kitoblarni olib berdilar. Sinf o’quvchilari tomonidan hech qanday jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari kuzatilmadi. muntazam ravishda maktabga kelmaydigan sinf o’quvchilari yuq, darslarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. O’quvchilarni muzey va teatrga borishni tashkil etildi. Bunda o’quvchilar ko’rgan eshitgan ma’lumotlardan o’zlarini bilimlarini yanada boyitdilar. 2022-2023 o’quv yili davomida 3-“B” sinf o’quvchilarining o’quv jarayonlari va jamoatchilik ishlaridagi faolliklari nazarga olinib ularning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Sinf rahbarining o’quvchilar bilan ish faoliyatida hech qanday shikoyatlar kuzatilmadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling