Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning


Maktab direktori: J. O. Shodmonov


Download 139 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi139 Kb.
#1057811
1   2   3   4
Bog'liq
8BNN

Maktab direktori: J. O. Shodmonov
Maktab psixologi: S. G'. Nematov
Maktab psixologi: X. G. Xolikova


Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning
2021-2022-o‘quv yilining 3-choragi yanvar, fevral, mart oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOTI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 577-sonli “O'quvchilarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori asosida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan ishlab chiqilgan ish reja asosida 2021-2022 o'quv yilining 2-yarim yilligi uchun yillik, oylik, haftalik ish rejalar tuzib chiqildi. Ish reja XTB tomonidan tasdiqlandi.


2021-yil 21-yanvar kuni maktab psixologlari tomonidan maktab o'qituvchilarining psixologik salomatligini saqlash, kasboy so'nish profilaktikasi, hissiy charchashini oldini olish maqsadida "Sog'lom o'qituvchi-sog'lom o'quvchi" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi. Trening mashg'uloti davomida razminka "Atomlar", "Stress darajasini tashxislash" so'rovnomasi, "Sharshara" relaksatsion, "Qahva" haqida rivoyat, "Mushtingni och", "Halqalardan o't" va "Yaxshi kun uchun rahmat" mashqlari o'tkazildi.
2022-yil yanvar oyi davomida maktab psixologlari tomonidan o'quvchilarning tushkunlik holatlarini oldini olish maqsadida sinflarning telegram gruppasi orqali o'quvchilarga motivatsiyalar berib borildi.
2022-yil 19-yanvar kuni maktab pedagog xodimlarining individual xususiyatlarini va ruhiy holatini o'rganish hamda ijtimoiy portretini yaratish maqsadida maktab psixologlari tomonidan o'rganildi.
2022-yil 7-fevral kuni maktab psixologlari tomonidan o'quvchilarining aqliy qobiliyativa tafakkur jarayonini o'rganish maqsadida 4-sinf o'quvchilarining 63 nafaridan "Ortiqcha so'zni toping" testi olindi.
Joriy yilning 11-fevral kuni 7-sinf o'quvchilarining 25 nafari bilan "Ijobiy xususiyatlarni shakllantirish va o'z-o'zini adekvat baholash"ga oid trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Qamashi tumani XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 8-fevral kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni 15-bandi ijrosini ta'minlash hamda "Odam-belgilar tizimi" kasb tipi oyligi bo'yicha burchak tashkil etildi.
2022-yil 7-fevral kuni 9-sinf o‘quvchilarining 20 nafaridan ta‘limning keyingi bosqichiga qamrab olish, ularga hududimizdagi akademik litseylar va kasb-hunar maktablari to‘g‘risida to‘liq ma‘lumotlar berilib so‘rovnomalar olindi va tahlil qilindi. Natijalari "Kasbim-kelajagim" platformasiga joylashtirildi.
2022-yil 8-fevral kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni 15-bandi ijrosini ta'minlash hamda "Odam- belgilar tizimi" kasb tipi oyligi bo'yicha burchak tashkil etildi va "Odam-belgilar tizimi" kasb tipi haqida o'quvchilarga tushunchalar berildi.
Joriy yilning 8-fevral kuni o'quvchilarga kasb tanlashlari bo'yicha motivatsiya berish bo'yicha 7-sinf o'quvchilarining 23 nafaridan "Kasbim-kelajagim" mashg'ulotlari o'tkazildi hamda "Kasbiy qiziqish, qobiliyat va intilishlar" mavzusida test olindi va natijalari tahlil qilindi.
Joriy yilning 11-fevral kuni maktab psixologi va maktab hamshirasi bilan birgalikda 7-8-sinf o'quvchilariga "Kelajak qo'lingizda" dasturining 4,5,6-trening mashg'ulotlari "Salomatlik va sog'lom turmush tarzi", "Zararli odatlar va salomatlik" haqida tushunchalar, tavsiyalar berildi. O'quvchilarga chekishning zararli oqibatini tajriba asosida ko'rsatib berildi.
Joriy yilning 8-fevral kuni informatika fani o'qituvchi bilan hamkorlikda kasbim kelajagim profnavigator.uz onlayn platformasi orqali 8- sinf o'quvchilaridan
"Muloqotchanlikning darajasini aniqlash" testi, "O'quvchilarni qiziqisharini aniqlash" so'rovnomasi, "O'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlari aniqlash" metodikalari olindi.
Joriy yilning 23-fevral kuni Qamashi tuman 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida muntazam darslarga qatnashmaydigan past o'zlashtiruvchi o‘quvchi 2-“B” sinf o'quvchisi Jumaniyozov Samandar va ota-onalari bilan MMIBDO‘, psixolog va sinf rahbari hamkorlikda suhbat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda va ta'limga jalb qilindi.
2022-yil 26-fevral kuni 9, 11-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan oliy ta'limga qamrab olish, ta'lim-tarbiyasi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda maktab psixolog tomonidan "Buzuq telefon", "Biz bir jamoamiz" nomli mashg'ulotlar o'tkazildi. Ota-onalarga tavsiyalar berildi va ota-onalardan so'rovnoma olindi.
Joriy yilning 10-fevral kuni maktab psixologlariga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam ko'rsatib borish maqsadida Qamashi tumani 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tayanch maktab"ida o'quv mashg'ulotlarazildi. O'quvda profnavigator.uz saytida ishlash bo'yicha tushunchalar berilib amaliy ko'rsatildi. Qamashi tumani XTBning 2022-yil 7-fevraldagi 01-93-sonli chora-tadbirida ko'rsatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Psixologlar tomonidan fikr-mulohazalar, yangiliklar almashildi.
2022-yil 5-mart kuni maktab psixologi va MMIBDO' yuqori sinf sinf rahbaridan tarbiyasi qiyin bolalarni o'rganish uchun so'rovnoma olindi va o'quvchilarining oilaviy sharoitlari, ruhiy holatlarini doimiy kuzatib borishlari va maktab ma'muriyatiga ma'lumot berishlari hamda o'quvchilarning psixologik portretini yaratishda hamkorlik qilishlari aytib o'tildi.
2022-yil 5-mart kuni o'quvchilarning diqqat va xotirasini diagnostikasini o'rganish maqsadida 5-"A,B,D" va 6-"A,D" sinf o'quvchilarining 115 nafaridan "Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish" metodikasi olindi.
2022-yil 10-mart kuni 7- "D" sinf o'quvchilarining 18 nafaridan "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi va "Temperament va kasbni tanlash" test olindi. O'quvchilarning diqqat va xotirasini diagnostikasini o'rganish maqsadida 6-"B" sinf o'quvchilarining 19 nafaridan "Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish" metodikasi olindi.
Joriy yilning 9-mart kuni 8-9-sinf o'quvchilarining 72 nafari bilan "Qiyinchiliklarni yengishda samarali usullar" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi.
2022 yil 30-mart kuni 8-9-sinf o'quvchilari bilan "Teng-tengga" - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi" asosida 8-sinf o'quvchilarining 17 nafari bilan "Xavfsiz hudud" 9-sinf o'quvchilarining 23 nafari bilan "Men va biz" 1-2-trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Trening mashguloti davomida g'azab va jahlni xavfsiz tarzda ifodalashlari, o'z tuyg'ularini qanday qilib nazorat qilish mumkinligini tushunishlari uchun "Jahl chiqqan sharlar" mashqi, guruh jipsligini his qilishlari uchun "Chigallik" mashqi, hayolni faollashtirish, agressiyani ijtimoiy ma'qul usullar bilan ifodalashga o'rganish maqsadida "Avtomobillarni yuvish joyi" mashqi va "Chegaralar" mashqlari o'tkazildi.
2022-yil 31-mart kuni o'quvchilarda fanlarni o'zlashtirishda psixologik ko'nikmalarini va darslarga bo'lgan qiziqishlarini hamda o'qishga bo'lgan ijobiy motivatsiyani shakllantirish maqsadida 7-sinf o'quvchilarining 18 nafari bilan "Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash" mavzusida psixologik mashg'ulotlar o'tkazildi. Psixologik mashg'ulotda "Kamalak", "Chayqalayotgan daraxt", "Muskullarni bo'shashtirish" relaksatsion mashqlari o'tkazildi.
2022-yil 26-mart kuni maktabda bahorgi ta'til davrida maktab o'qituvchilar jamoasini jipslashtirish, ahillik va sog'lom psixologik muhitni yaxshilash, hissiy barqarorlikni, o'ziga ishonchni, bir-biriga mehr-oqibatli munosabatni rivojlantirish maqsadida "Biz- jamoamiz!" nomli trening mashg'uloti o'tkazildi. Trening mashg'ulotida "Siz va men o'xshashmiz", "Signal", "Idel jamoa moduli", "Bingo", "Botqoqlik", "Jonli zanjir", "Tilaklar", "Ertakterapiya", "Yoqimli faoliyat uchun rahmat" mashqlari o'tkazildi.
Respublika tashxis markazning ijtimoiy tarmoqlarida maktab psixologlari uchun yaratilgan “Metodik kun” kurslarida 4 ta yo'nalish bo'yicha o'qib sertifikat oldi.
2022-yil 29-mart kuni ijtimoiy-psixologik himoyaga muhtoj o‘quvchilar
1.Nochor oila farzandlari 21 nafarni;
2. To‘liq bo‘lmagan oila farzandlari 21 nafarni;
3. Ota-onalari ajralishgan, biroq bolaga ta'sir etishda raqobatda bo‘lgan va bir-biri bilan hamkorlik qilishga moyilligi yo‘q oila farzandlari 1 nafar;
4. Ota-onalarining ish haqi uzoq muddatli safarlar bilan bog‘liq oila farzandlari 14 nafar;
5. Ota-onalarining ikkalasi ham belgilanmagan ish kuni bo‘yicha ishlaydigan oila farzandlari 18 nafar;
6. Bolalarning xulqiga yetarli ta'sir ko‘rsata olmaydigan yoki ularni ta'minlay olmaydigan qarindoshlar qaramog‘ida bo‘lgan bolalar 16 nafar ro‘yxatlari shakllantirildi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling