Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning
Download 139 Kb.
|
8BNN
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash”
- Shaxs yonalganligini aniqlash
- “Maktabdagi xavotirlanish”
- "Huquqlar olamiga sayohat"
- "Zoravonliksiz dunyoni-birgalikda yaratamiz"
- "Oilada, oilaviy qadriyatlar haqida tushuncha"
- "Bola huquqlari konvensiyasi"
- “Kasb tanlash – inson hayotidagi eng muhim qadam” mavzusida
- “Kasbim-kelajagim”
- Lyusherning “Ranglar” testi
- "Oquv motivatsiyasining yonalganligini tashxis qilish”
- “Muvofiqiyatli inson bo‘lish sirlari”
- "Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash"
- "Odam-Texnika"
Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning 2021-2022-o‘quv yilining 1-choragi sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOTI Navoiy viloyati Karmana tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi Navoiy viloyati Karmana tumani "Ko'hna-Qo'rg'on" mahallasi, "Qo'rg'ontepa" ko'chasi, 6-uyda joylashgan. Maktabning tashkil etilgan yili 1924 yil. Qurilgan yili 1980, Oxirgi marta kapital ta'mirlangan yoki rekonstruksiya qilingan yil 2012 yil, maktabning quvvati (o'rin) 1176 tani tashkil etadi. Maktabda hozirgi kunda jami o'quvchilar soni 741 nafar, sinflar soni esa 26 tani tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 577-sonli “O'quvchilarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori aosida 2021-2022 o'quv yilining 1-yarim yilligi uchun yillik, oylik ish rejalar tuzib chiqildi. Ish reja XTB tomonidan tasdiqlandi. Ish reja bir necha bo'limdan iborat bo'lib, I. Psixologik ma'rifat va tashviqot, II. Psixologik-pedagogik tashxis, III. Psixologik profilaktika, IV. Psixologik korreksiya, V. Psixologik maslahat, VI. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari bo'limlarini o'z ichiga oladi. Ish reja yillik, oylik qilib tuzib chiqilgan, shu asnoda ishlar olib borildi. 2021-yil 31-avgust kuni maktab psixologlarining 2021-2022-o'quv yili 1-yarim yilligi uchun mo'ljallangan ish rejada belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan rahbar va rahbar o‘rinbosarlari, fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlar va tashqi hamkorlar bilan seminar tashkil etildi. 2021-yil 7-8-sentyabr kunlari maktab psixologlari tomonidan 8-9 sinf o'quvchilarining 119 nafari bilan stress holatlarini va tanglik vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash va tahlil qilish maqsadida “Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash” so'rovnomasi olindi. 2021-yil 8-sentyabr kuni maktab psixologlari tomonidan maktab o'quvchi-yoshlarini kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida “Kasbim-kelajagim” profnavigator.uz onlayn platformasi orqali 8-“B” sinf o'quvchilaridan “Muloqotchanlik darajasini aniqlash”, 9-“A,B” sinf o'quvchilaridan “Shaxs yo'nalganligini aniqlash” metodikalari olindi. 2021-yil 14-sentyabr kuni maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida "Kasbim-kelajagim" profnavigator.uz onlayn platformasi orqali 10-sinf o'quvchilaridan "O'quv motivatsiyasining yo'nalganligini diagnostika qilish" metodikasi olindi va natijalari bilan o'quvchilar tanishdilar. 2021-yil 9-sentyabr kuni maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida "Kasbim-kelajagim" profnavigator.uz onlayn platformasi orqali 7-“D” sinf o'quvchilaridan "Maqsadlarga intilish" testi olindi va natijalari bilan o'quvchilar tanishdilar. 2021-yil 9-10-sentyabr kunlari maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan 5-sinf o‘quvchilari bilan ularning yangi ijtimoiy muhitga moslashish diagnostika qilish maqsadida Filipsning “Maktabdagi xavotirlanish” so'rovnomasi olindi va natijalari tahlil qilindi. 2021-yil 9-sentyabr kuni maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan 8-“A, B” sinf o'quvchilarining 50 nafari bilan o'quvchilarning asosiy huquqlari to'g'risida bilimlarini umumlashtirish, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida "Huquqlar olamiga sayohat" mavzusida sinf soati o'tkazdi. 2021-yil 9-sentyabr kuni maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan 10-“A,B” sinf o'quvchilarining ahil oila, oila a'zolariga mehribonlik, bir-biriga yordam ko'rsatish, har qanday zo'ravonlikka qarshi turish, o'z fikrini himoya qilish va zo'ravonliksiz dunyoni yaratish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida "Zo'ravonliksiz dunyoni-birgalikda yaratamiz" mavzusida sinf soati o'tkazdi. 2021-yil 9-sentyabr kuni maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan 7-“A,B” sinf o'quvchilariga oila, oilaviy qadriyatlar tushunchalarini yetkazish, oilaviy an'analariga qiziqishini oshirish maqsadida "Oilada, oilaviy qadriyatlar haqida tushuncha" mavzusida sinf soati o'tkazdi. 2021-yil 13-sentyabr kuni maktab psixologlari S. Nematov va X. Xolikovalar tomonidan 11- sinf o'quvchilarining 31 nafari bilan bolalar huquqlarini himoya qilishda bola huquqlari konvensiyasining ahamiyati va moddalari bilan tanishishi, konvensiyaning bolalar huquqlarini himoyalashi, har bir moddaning ahamiyati va amaliyotda o'quvchilarga o'z huquqlaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida "Bola huquqlari konvensiyasi" mavzusida sinf soati o'tkazdilar. 2021 yil 13, 14, 15, 17-sentyabr kunlari shaxslararo munosabatlarida muammolari, mavjud o‘quvchilar bilan yakka tartibda suhbat o'tkazildi. 2021 yil 23-sentyabr kuni 5-sinf o‘quvchilari uchun “Beshinchi sinf o‘quvchisi bo‘lish osonmi? Trening-mashg‘uloti o'tkazildi. 2021-yil 14-sentyabr kuni 5-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan “Farzandim endi 5-sinfda” mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda maktab psixologlari ota-onalarga o'quvchilarni o'rta maktabga moslashishi va o'quvchilardan yangi ijtimoiy muhitga moslashish diagnostikasi so'rovnomasi natijalari tahlili haqida ma'lumotlar va tavsiyalar berib o'tdilar. Yig'ilishda ota-onalarga “Ruhiy zo'ravonlik” va “Jismoniy zo'ravonlik” multfilmlarining namoyishi va muhokamasi bo'lib o'tdi. Yig'ilish so'ngida ota-onalardan so'rovnoma olindi. 2021-yil 13-sentyabr kuni maktab psixologi X. Xolikova va S. Nematovlar 7-sinf o'quvchilarining 79 nafari bilan “Kasb tanlash – inson hayotidagi eng muhim qadam” mavzusida “Kasbim-kelajagim” mashg‘ulotlarini o'tkazdilar. Mashg'ulot davomida o'quvchilar kasb tushunchasi va kasblar haqidagi savollarga javob topdilar. Kelajakda tanlamoqchi bo‘lgan kasbi haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. 2021-yil 15-sentyabr kuni maktab rahbarlari, pedagoglar uchun Respublika tashxis markazi tomonidan yaratilgan “Ruhiy zo‘ravonlik” va “Jismoniy zo'ravonlik” multfilmlarning namoyishi va muhokamasi o'tkazildi. 2021-yil 4-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan maktab o'quvchi-yoshlarini kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida “Kasbim-kelajagim” profnavigator.uz onlayn platformasi orqali 11-sinf o'quvchilaridan “Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi olindi. 2021-yil 5-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish hamda tanglik vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash maqsadida 7-8-9-sinf o'quvchilarining 167 nafaridan Teylorning "Bezovtalanishni aniqlash darajasi" metodikasi olindi. 2021-yil 6-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan o'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni aniqlash maqsadida 7-11-sinf o'quvchilarining 230 nafaridan "Men o'zimga, o'z kuchimga ishonaman" so'rovnomasi olindi. 2021-yil 14-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan o'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni aniqlash maqsadida 7-sinf o'quvchilarining 61 nafaridan ma'lum bir faoliyati, kayfiyatiga funkisional holat va shaxsning eng barqaror tomonlariga yo'nalishini aniqlash maqsadida Lyusherning “Ranglar” testi olindi. 2021-yil 8-12 oktyabr kunlari maktab psixologlari tomonidan o'quvchilarda muayyan fanlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv faoliyati motivatsiyasining yo‘nalganligini va ta'lim oluvchi shaxs ichki motivatsiyasining darajasini o‘lchash uchun 7-11 sinf o'quvchilarining 214 nafaridan "O'quv motivatsiyasining yo'nalganligini tashxis qilish” metodikasi olindi. 2021-yil 29-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan "Kasbim-kelajagim" profnavigator.uz onlayin platformasi orqali 7-sinf o'quvchilarining tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida "Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash" metodikasi olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni 15-bandi ijrosi va Karmana tumani XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil 5-oktyabr kuni Karmana tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-sinf o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Navoiy shahar "Ishga marhamat Monomarkaziga sayohat tashkillashtirildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni maktab psixologlari S. G. Nematov va X. G. Xolikovalar tomonidan 7-sinf o'quvchilarining 74 nafari bilan "Mehr ko'zda" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 8-sinf o'quvchilarining 39 nafari bilan asosiy huquqlari to'g'risida bilimlarini umumlashtirish, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida "Huquqlarim olamiga sayohat" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 9-sinf o'quvchilarining 54 nafari bilan oilaviy qadriyatlar, oilaviy hamjihatlik, totuvlik haqidagi qarashlarini shakllantirish maqsadida "Baxtli oila sirlari" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 10-sinf o'quvchilarining 62 nafari bilan qat'iylik va o'ziga ishonchini orttirish, muloqot qobiliyatlarini, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida "Qat'iylik va o'ziga ishonch" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 11-sinf o'quvchilarining 28 nafari bilan zo'ravonlikning turlari va kelib chiqish sabablari to'g'risidagi bilimlarini shakllantirish maqsadida "Zo'ravonlik nima?" mavzusida sinf soati o'tkazildi. Karmana tumani XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Karmana tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2021-yil 5-oktyabr kuni “Kasblar oyligi” doirasida “Odam-Odam” kasb tipi bo'yicha maktab psixologlari tomonidan 8-9-sinf o'quvchilarining 93 nafari bilan "Kasb tiplari bo'yicha kasblarni tasniflash" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi. Karmana tumani XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Karmana tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2021-yil 5-oktyabr kuni “Kasblar oyligi” doirasida “Odam-Odam” kasb tipi bo'yicha maktab psixologlari tomonidan 8-9-sinf o'quvchilarining 93 nafari bilan "Kasb tiplari bo'yicha kasblarni tasniflash" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni “Kasblar oyligi” doirasida “Odam-Odam” kasb tipi bo'yicha maktab psixologlari tomonidan 7-sinf o'quvchilarining74 nafari bilan "Mehnat, kasb, mutaxassislik, lavozim, malaka" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi. 2021-yil 5-oktyabr kuni “Kasblar oyligi” doirasida “Odam-Odam” kasb tipi bo'yicha maktab psixologlari tomonidan 10-11-sinf o'quvchilarining 90 nafari bilan "Xohlayman-qila olaman-kerak" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi. 2021-yil 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta'minlash hamda "Kasb oyligi" doirasida 7-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanimizda faoliyat olib borayotgan hunarmandlarning ish joylariga sayohat tashkillashtirildi. 2021-yil 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta'minlash hamda "Kasb oyligi" doirasida 7-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanimizda faoliyat olib borayotgan hunarmandlarning ish joylariga sayohat tashkillashtirildi. tumanimizda faoliyat olib borayotgan Toshkent ko'chasi 116-uyda yakka tartibdagi hunarmand Xabibov Musliddinning ish joylariga sayohat tashkillashtirildi va hunarmndning ish faoliyati bilan tanishdilar 2021-yil 14-oktyabr kuni maktab psixologlari tomonidan o'quvchilarda o'ziga ishonchni shakllantirish, muvaffaqiyatga so'zsiz erishishni shakllantirish, shaxsiy resurslarni bilish va imkoniyatlarni rivojlantirish, o'zini o'zi boshqarish qobiliyatlarini o'zlashtirish, o'z-o'zini anglash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida 7-sinf o'quvchilar “Men o‘zim” dasturining “Muvofiqiyatli inson bo‘lish sirlari” mavsuzida trening mashg‘uloti o'tkazildi. joriy yilning 14-15-oktyabr sanasida o'quvchilarda o'ziga ishonchni shakllantirish, muvaffaqiyatga so'zsiz erishishni shakllantirish, shaxsiy resurslarni bilбish va imkoniyatlarni rivojlantirish, o'zini o'zi boshqarish qobiliyatlarini o'zlashtirish, o'z-o'zini anglash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida 8-11-sinf o’quvchilar “Men o‘zim” dasturining 4-7 trening mashg‘uloti o’tkazildi. 2021 yil 12-oktyabr kuni maktab psixologi S. Nematov va Xilola Xolikovalar 1- sinf o'quvchilarida bilish psixik jarayonlarini rivojlantirish hamda ijtimoiy-psixologik, emotsional sohasida, shaxslararo munosabatlarda muammolari mavjud o‘quvchilar bilan guruhiy korreksion mashg'ulotlar olib borishdi. 2021-yil 1-2 noyabr kuni 2-3 va 4-"B" sinf o'quvchilarining 23 nafaridan o'zlariga bo'lgan ishonchni shakllantirish maqsadida "Zinapoya" metodikasi olindi. 2021-yil 1-2 noyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 8-9 sinf o'quvchilarining nafari bilan shaxsga nizolashuvchanlik xususiyati qanchalik xos ekanini aniqlash maqsadida "Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash" so‘rovnomasi olindi. 2021-yil 1-noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni 15-bandi ijrosini ta'minlash hamda "Odam-Texnika" kasb tipi oyligi bo'yicha burchak tashkil etildi va "Odam-Texnika" kasb tipi haqida o'quvchilarga tushunchalar berildi. Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling