Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning
Maktab direktori: J. O. Shodmonov
Download 139 Kb.
|
8BNN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021-2022-o‘quv yilining 2-choragi noyabr, dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOTI
- "ZINA" METODIKASI
- "Qadriyatlar yonalganligi"
- "Kasbim-mening kelajagim"
- "Odam-Texnika"
Maktab direktori: J. O. Shodmonov
Maktab psixologi: S. G'. Nematov Maktab psixologi: X. G. Xolikova Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning 2021-2022-o‘quv yilining 2-choragi noyabr, dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOTI 2021-yil 11-noyabr kuni 4-"A" sinf o'quvchilarining 26 nafarida, o'z menligini aniqlash, menini qay darajada yuqori qo'yadi, o'zini qanday baholaydi, hayotga qarashlari, maqsadi sari qanday harakat qila oladi kabi holatlar bo'yicha "ZINA" METODIKASI olindi. O'z o'rnida tahlil qilinib, o'quvchiga xulosalar berildi. 2021-yil 25-noyabr kuni 10-sinf o'quvchilarining 50 nafari bilan turli hayotiy sohalarda o'z aksini topgan muayyan maqsadli qadriyatlarning ustivorligini aniqlash, shaxsning yo'nalish va aqidalariga bog'liq bo'lgan u yoki bu hayotiy sohaning shaxs uchun ahamiyatini o'lchashga yordam berish maqsadida "Qadriyatlar yo'nalganligi" so'rovnomasi olindi va natijalar tahlil qilindi. Joriy yilning 2021-yil 11-noyabr kuni "Odam-tabiat" kasb tipi oyligi doirasida 7-sinf o'quvchilarining 70 nafaridan kasb tiplariga qiziqishni aniqlash maqsadida "Kasb tiplarini aniqlash" metodikasi olindi va natijalari tahlil qilinib o'quvchilarga tanishtirildi. 2021-yil 12-noyabr kuni o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish hamda kelajakda o'z hayotiy pozitsiyalariga ega bo'lishlari hamda Karmana tumani XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida "Kasbim-mening kelajagim" shiorlari ostida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida “Kasb muhimmi yoki hunar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda o'quvchilari o'zlarining hayotiy bilimlari doirasida o'zaro bahs-munozara yuritishdi. Maktab psixologi tomonidan kasb va hunar haqida kerakli bilimlar berilib o'quvchilarning hayoti davomida kasb ham hunar ham muhim o'rin egallashlari aytib o'tildi. Joriy yilning 2021-yil 11-noyabr kuni "Odam-tabiat" kasb tipi oyligi doirasida 7-sinf o'quvchilarining 70 nafaridan kasb tiplariga qiziqishni aniqlash maqsadida "Kasb tiplarini aniqlash" metodikasi olindi va natijalari tahlil qilinib o'quvchilarga tanishtirildi. 2021 yil 11-noyabr kuni 10-nafar 7-A sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanimizda faoliyat olib borayotgan Nonovoylarning ish joylariga sayohat tashkillashtirildi. 2021-yil 12-noyabr kuni o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish hamda kelajakda o'z hayotiy pozitsiyalariga ega bo'lishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni 15-bandi ijrosi va Karmana tumani XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida 9-A sinf o'quvchilarining 29 nafari bilan "Kasbim-mening kelajagim" mavzusida seminar-terning tashkil etildi. Unda o'quvchilari o'zlarining hayotiy bilimlari doirasida o'zaro bahs-munozara yuritishdi. Maktab psixologi tomonidan kasb va hunar haqida kerakli bilimlar berilib o'quvchilarning hayoti davomida kasb ham hunar ham muhim o'rin egallshlari aytib o'tildi. Psixologik o'yinlar o'tkazildi. 2021-yil 12-noyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 9-sinf o'quvchilarining 61 nafariga "Hayotda xohish va istaklarlarni anglash" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi. 2021-yil 15-noyabr kuni, O'zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 farmoni ijrosini ta'minlash hamda "Odam-Texnika" kasb tipi oyligi doirasida o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish hamda kelajakda o'z hayotiy pozitsiyalariga ega bo'lishlari, yoshlarni kasb-hunar egallashlariga zarur shart sharoit yaratish maqsadida Karmana tumani Doʼrman hududidagi "Baxt textil" tikuvchilik korxonasiga 28 nafar 9-10-11 sinf o'quvchilarining sayohati tashkillashtirildi. 2021-yil 11-noyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 10-sinf o'quvchilariga "Kasb tanlash qoidalari" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi 2. 2021-yil 11-noyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 7-sinf o'quvchilarining 70 nafariga gender tenglikni tushunishlari va tahlil qilishlari maqsadida "Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi", 8-sinf o'quvchilarining 58 nafariga o'quvchilarga "Oila", "Oilaviy qadriyatlar" tushunchalarini yetkazib berish maqsadida "Oila va oilaviy qadriyatlar tushunchasi", 10-sinf o'quvchilarining 52 nafariga oilaga hurmat bilan munosabatda bo'lish, ota-onalari va qarindoshlariga nisbatan mehr va muhabbat hissini tarbiyalash maqsadida "Oilaviy munosabatlar" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 2021-yil 12-noyabr kuni maktab psixologlari tomonidan 9-sinf o'quvchilarining 61 nafariga "Oilada ijobiy munosabatlar" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 3. 2021-yil 12-noyabr kuni Karmana tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-3-sinf o'quvchilarida o'quv motivatsiyasini shakllantirish, muloqot ko'nikmalari, bir-birini o'zaro tushunish, sherikchilik, o'zaro mas'uliyatni sezish kabi xislatlarni, bilish jarayonlari, jumladan diqqat, sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur xususiyatlarini korreksiya qilish va rivojlantirish maqsadida "Korreksion rivojlantiruvchi" mashg'ulotlar o'tkazildi. 2021-yil 26-noyabr kuni “Zo'ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo'ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o'tkazilayotgan targ'ibot oyligi doirasida chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha 6-sinf o'quvchilari bilan zo'ravonlikning sabablari, profilaktikasi mavzularida “Ertak terapiyasi” treninglari o'tkazildi. Karmana tumani XTBning 2021-yil 7-sentyabrdagi 136-sonli buyrug'i tumandagi maktab psixologlariga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam ko'rsatib borish, psixologlar uchun doimiy harakatdagi o'quv-seminarlar o'tkazib borishni tashkil etish maqsadida 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida har oyning ikkinchi va to'rtinchi payshanba kuni o'quv tashkil etilib, kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Tajriba, metodlar o'rganilmoqda. 2021-yil 3-dekabr kuni maktab psixologlari tomonidan 8-9 sinf o'quvchilarining 98 nafari bilan "Kasb tanlash va temperament" testi olindi. 2021-yil 2-3-dekabr kuni maktab psixologlari tomonidan shaxsning ma'naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o'rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida ma'lumot olish maqsadida 5-7 sinf o'quvchilaridan "Avtoportret" metodikasi o'tkazildi. 2021-𝑦𝑖𝑙 6-7-𝑑𝑒𝑘𝑎𝑏𝑟 𝑘𝑢𝑛𝑖 𝑚𝑎𝑘𝑡𝑎𝑏 𝑝𝑠𝑖𝑥𝑜𝑙𝑜𝑔𝑖 𝑡𝑜𝑚𝑜𝑛𝑖𝑑𝑎𝑛 8-"A", "B", 9-"A", 9-“B”, 10-"A", 10-“B”-𝑠𝑖𝑛𝑓 𝑜'𝑞𝑢𝑣𝑐ℎ𝑖𝑙𝑎𝑟𝑖ning 140 nafari 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 ℎ𝑢𝑞𝑢𝑞𝑏𝑢𝑧𝑎𝑟𝑙𝑖𝑘 𝑗𝑖𝑛𝑜𝑦𝑎𝑡𝑐ℎ𝑖𝑙𝑖𝑘𝑛𝑖 𝑜𝑙𝑑𝑖𝑛𝑖 𝑜𝑙𝑖𝑠ℎ ℎ𝑎𝑚𝑑𝑎 𝑡𝑎𝑛𝑔𝑙𝑖𝑘 𝑣𝑎𝑧𝑖𝑦𝑎𝑡𝑖𝑔𝑎 𝑡𝑢𝑠ℎ𝑔𝑎𝑛 𝑦𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑟𝑛𝑖 𝑎𝑛𝑖𝑞𝑙𝑎𝑠ℎ 𝑚𝑎𝑞𝑠𝑎𝑑𝑖𝑑𝑎 "𝑆ℎ𝑎𝑥𝑠 𝑎𝑘𝑡𝑠𝑒𝑛𝑡𝑢𝑎𝑡𝑠𝑖𝑦𝑎𝑠𝑖𝑛𝑖 𝑑𝑖𝑎𝑔𝑛𝑜𝑠𝑡𝑖𝑘𝑎" 𝑞𝑖𝑙𝑖𝑠ℎ 𝑠𝑜'𝑟𝑜𝑣𝑛𝑜𝑚𝑎𝑠𝑖 𝑜𝑙𝑖𝑛𝑖𝑏 𝑛𝑎𝑡𝑖𝑗𝑎𝑙𝑎𝑟𝑖 𝑎𝑠𝑜𝑠𝑖𝑑𝑎 𝑥𝑢𝑙𝑜𝑠𝑎 𝑣𝑎 𝑡𝑎𝑣𝑠𝑖𝑦𝑎𝑙𝑎𝑟 𝑖𝑠ℎ𝑙𝑎𝑏 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑖𝑙𝑑𝑖. 2021 yil 13-dekabr kuni 2-"B", 3-"A", 4-"B,D" sinf o'quvchilarining 71 nafarida shaxsning muayyan xususiyatlari va psixik holatlari, nizolarga moyillikni va tajovuzkorlikni aniqlash maqsadida "Mavjud bo‘lmagan hayvon" metodikasi olindi. 2021-yil 22-dekabr kuni 1-4 sinf o'quvchilarining 135 nafaridan o'quv motivatsiyasi, maktabga bo'lgan munosabati, o'qish bilan bog'liq vaziyatga nisbatan emotsional reaksiyasini aniqlash maqsadida "Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning maktabda o'qish motivatsiyasini aniqlash metodikasi" olindi va natijalar tahlil qilindi. 2021 yil 24-dekabr kuni maktab psixologi S. Nematov va Xilola Xolikovalar boshlang'ich 1-“A” sinf o'quvchilarida ijtimoiy-psixologik, emotsional sohasida, shaxslararo munosabatlarda muammolari mavjud o‘quvchilar bilan guruhiy korreksion mashg'ulotlar olib borishdi. 2021-yil 3-dekabr kuni maktab psixologlari tomonidan "Oiladagi zo'ravonlikni oldni olish maqsadida 8- sinf o'quvchilari bilan "Oila va oilaviy qadriyatlar" mavzusida sinf soati o'tkazildi. XTBning 2021 yil 16-sentyabrdagi 01-1317/14-sonli xati ijrosini ta'minlash, hamda dekabr oyi "Odam badiiy obraz" kasb tipi oyligi munosabati bilan Karmana tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2021-yil 4-dekabr kuni o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish hamda kelajakda o'z hayotiy pozitsiyalariga ega bo'lishlari uchun “Kasbim mening kelajagim" shiorlari ostida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida tanlov tashkil etildi. Unda o'quvchilari 3 ta shart asosida o'z kuch va bilimlarini namoyish etdilar. Ushbu tanlov o'quvchi yoshlarga hayoti davomida kasb-hunar naqadar muhim ekanligini his qilishdi. Faol qatnashib g'olib bo'lgan 8-“A”sinf o'qivchilari I o'rinni, 8-“B” sinf o'quvchilari II o'rinni egalladilar. 2021-yil 12-dekabr kuni "Men o'zim" dasturi, emotsional sohasini, kayfiyatini ko'tarish, tushkunlik holatlarini bartaraf etish maqsadida "Guruhlarda ishlash va nizolarni boshqarish" asosida 8-sinf o'quvchilari bilan trening mashg'uloti o'tkazildi. 2021-yil 13-dekabr kuni maktab psixologlari tomonidan "Oiladagi zo'ravonlikni oldni olish maqsadida 9- sinf o'quvchilarining 54 nafari bilan "Oilada sog'lom muhitni shakllantirish" mavzusida sinf soati o'tkazildi. 2021-yil 13-dekabr kuni maktab psixologlari tomonidan 9-sinf o'quvchilarining 54 nafari bilan o'quvchilarning u yoki bu faoliyat turiga qiziqish darajasini aniqlash maqsadida "Qiziqishlar xaritasi" metodikasi olindi va "Muvaffaqiyatga erishish yo'lida birinchi qadam" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg'uloti o'tkazildi. 2021-yil 15-dekabr kuni "Odam-badiiy obraz" kasb tipi oyligi doirasida o'quvchilarda emotsional sohasini, kayfiyatini ko'tarish, tushkunlik holatlarini bartaraf etish maqsadida 9-sinf o'quvchilari bilan "Men o'zim" dasturining trening mashg'ulotlari o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6108 sonli farmoni 15- band ijrosini ta'minlash maqsidada hamda "Odam-badiiy obraz" kasb tipi kasblar oyligi doirasida "Yangi g'oya-yangi tashabbus" shiori asosida 2021-yil 22- dekabr kuni 11-sinf o'quvchilarini oliy ta'limga qamrab olish maqsadida Navoiy Konchilik institutiga sayohat uyushtirildi. 2021-yil 16-dekabrdagi 01-1700-sonli xati ijrosini ta'minlash hamda yuqori sinf o'quvchilarining oliy ta'lim mussasalariga kirish ko'rsatkichlarini yaxshilash hamda ularga motivatsiya berish maqsadida Karmana tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2021-yil 23-dekabr kuni 2019-2020-o'quv yilidagi bitiruvchilar orasidan oliy ta'lim muassasasi talabasi baxtiga muyassar bo'lgan o'quvchilar bilan shu yilgi 11-sinf bitiruvchi o'quvchilarimiz bilan "Kelajaging o'z qo'lingda" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Talabalikka erishish yo'llari, tavsiyalari va talabalik taassurotlari bilan bo'lishib, uka-singillariga o'zlarining fikrlarini bildirib, motivatsiya berishdi. Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling