Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning


Download 139 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi139 Kb.
#1057811
1   2   3   4
Bog'liq
8BNN

Maktab direktori: SH.ALIYEV
Maktab psixologi: S. RO‘ZIQULOVA
Navoiy viloyati Karmana tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Nematov Siroj G'ulom o'g'li va Xolikova Xilola Gulamovnalarning
2021-2022-o‘quv yilining 4-choragi aprel, may oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOTI
2022-yil 5-mart kuni o'quvchilarning diqqat va xotirasini diagnostikasini o'rganish maqsadida 5-"A,B,D" va 6-"A,D" sinf o'quvchilarining 115 nafaridan 2022-yil 10-mart kuni 6-"B" sinf o'quvchilarining 19 nafaridan "Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish" metodikasi olindi. Metodika natijalari ko‘ra jami 134 nafar o‘quvchi qatnashdi. Mantiqiy xotirasi past bo‘lgan o‘quvchilar 5 nafar, o‘rta darajada bo‘lgan o‘quvchilar 23 nafar, yuqori darajada bo‘lgan o‘quvchilar 106 nafar, mexanik xotirasi past bo‘lgan o‘quvchilar 14 nafar, o‘rta darajada bo‘lgan o‘quvchilar 51 nafar, yuqori darajada bo‘lgan o‘quvchilar 69 nafar ekanligi aniqlandi.
Maktabda “Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik” nomli aksiya o‘quvchilar va sinf rahbarlarga e'lon qilindi.
2022-yil 1-aprel kuni maktab psixologi tomonidan o'quvchilarning muloqotchanlik darajasini aniqlash maqsadida 8-"A va B"sinf o'quvchilarining 39 nafaridan "Muloqotchanlik darajasini aniqlash" testi olindi va natijalari tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra muloqotchanlik darajasi yuqori 19 nafar, o'rta darajasi 20 nafar, past darajasi 0 nafarni tashkil etdi.
Maktab psixologi har oyning ikkinchi va to'rtinchi payshanba kuni metod kunlarida ishtirok etib kelmoqda.
2022-yil 1-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6108 sonli farmoni 15- band ijrosini ta'minlash hamda aprel oyi "Odam-Tabiat" kasb tipi oyligida "Yangi g'oya-yangi tashabbus" shiori asosida 9-B sinf rahbari boshchiligida 32 nafar o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, hunarmandlik sirlarini o'rgatish maqsadida hunarmanchlik sexlariga sayohat uyushtirildi.
2022-yil 2-aprel kuni sababsiz dars mashg'ulotlariga kelmayotgan o'quvchilarning ota-onalari bilan maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va maktab psixologi hamkorlikda tushuntirish ishlarini olib bordilar hamda qonun doirasida javobgarlikka tortilishi to'g'risida kafolat xatlari olindi.
2022-yil 5-aprel kuni o‘qituvchilarda kasbiy stress va emotsional so‘nish holatlari profilaktikasi dasturi asosida maktab o'qituvchilar jamoasini jipslashtirish, ahillik va sog'lom psixologik muhitni yaxshilash, hissiy barqarorlikni, o'ziga ishonchni, bir-biriga mehr-oqibatli munosabatni rivojlantirish maqsadida "Biz- jamoamiz!" nomli trening mashg'uloti o'tkazildi. Trening mashg'ulotida "Siz va men o'xshashmiz", "Signal", "Idel jamoa moduli", "Bingo", "Botqoqlik", "Jonli zanjir", "Tilaklar", "Ertakterapiya", "Yoqimli faoliyat uchun rahmat" mashqlari o'tkazildi.
2022-yil 6-aprel kuni "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" nomli aksiya doirasida 9-11 sinf o'quvchilarining 109 nafaridan hayotiy ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida "Shaxsiy rivojlanish rejasi" to'ldirildi va o'quvchilarga kelajakdagi maqsadlariga erishish yuzasidan motivatsiya berildi.
2022-yil 1-aprel kuni maktab psixologi tomonidan o'quvchilarning fanlarga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida 8-"A va B", 9-"A va B" sinf o'quvchilarining 92 nafaridan "Intellekt tiplari" so'rovnomasi olindi va natijalari tahlil qilindi. Lingvistikka 4 nafar, Matematik-mantiqiy 13 nafar, Vizual-fazoviy 17 nafar, musiqiy 8 nafar, Shaxslararo 14 nafar, shaxsning ichki olamiga yo'nalganlik 18 nafar, Kinestik 13 nafar qiziqishlari aniqlandi.
Joriy yilning 6-aprel kuni maktab MMIBDO' S. Nematov, ChQBT rahbari M. Izzatov hamda psixolog-inspektor hamkorlikda darslarda sababsiz qatnashmayotgan o'quvchilarning uylariga borib ularning darsga qatnashmaslik sabablari o'rganildi. Ota-onalariga Qonun doirasida majburiyatlari tushuntirildi. Hamda darslarga va choralari ko'rilmoqda. 2022-yil 12-aprel kuni maktab psixologi Xilola Xolikova muammoli o'quvchilar Azamatov San'atning onasi Umida opa, Yulduzov Ozodbek, Ablaberdiyev Davron, Primova Ruxshona hamda ota-onalari bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi.
2022-yil 7-aprel kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktorining 2022-yil 18-martdagi 10-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" nomli aksiya doirasida maktab o'quvchilarining o'ziga ishonchini, muvaffaqiyatga so'zsiz erishishni shakllantirish maqsadida "Men o'zim" dasturi asosida "Muvaffaqiyatli inson bo'lish sirlari" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.
2022-yil 1-aprel kuni maktab psixologi tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish hamda tanglik vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash maqsadida 7-"D", 8-"A,B", 9-"A,B" sinf o'quvchilarining 109 nafaridan G. Ayzenkning "O'quvchining ruhiy holatlarini o'rganish" testi olindi va natijalari tahlil qilindi.
2022-yil 4-aprel kuni maktab psixologi tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish hamda tanglik vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash maqsadida 10-"A, B" sinf o'quvchilarining 52 nafaridan G. Ayzenkning "O'quvchining ruhiy holatlarini o'rganish" testi olindi va natijalari tahlil qilindi.
2022-yil 5-aprel kuni maktab psixologi tomonidan huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish hamda tanglik vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash maqsadida 5-"A, B, D", 6-"A,B,D", 7-"A, B" va 11-sinf o'quvchilarining 225 nafaridan G. Ayzenkning "O'quvchining ruhiy holatlarini o'rganish" testi olindi va natijalari tahlil qilindi. Natijalar asosida xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqildi. Rigidlik yo'q, bir fikr-tushunchadan boshqasiga ko'chish oson 20 nafar, o'rtacha darajadagi rigidlik 273 nafar, yuqori darajada namoyon bo'ladigan rigidlik 73 nafar o'quvchilar aniqlandi.
2022-yil 7-aprel kuni "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" nomli aksiya doirasida 11- sinf o'quvchilarining 33 nafaridan kelajakdagi kasbini aniqlash maqsadida "So'rovnoma" olindi. Oliy ta'limga o'qishga kirmoqchi bo'lganlar 31 nafar, harbiy xizmatga borib harbiy bo'lmoqchi bo'lganlar 1 nafar, tadbirkorlik bilan 1 nafar o'quvchilar o'qish istagini bildirdilar.
31 nafar oily ta'limga hujjat topshirmoqchi bo'lgan o'quvchilar quyidagi yo'nalishlarni texnika 2 nafar, filologiya 2 nafa, arxitektura 2 nafar, ijtimoiy-gumanitar 1 nafar, aniq fanlar 2 nafar, sport 2 nafar pedagogika 10 nafar iqtisodiyot 5 nafar, tibbiyot 5 nafar va boshqalar 2 nafar ekanligi aniqlandi.
2022-yil 16-aprel kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktorining 2022-yil 18-martdagi 10-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" nomli aksiya doirasida maktab psixologi, sinf rahbari bilan hamkorlikda 9-sinf o'quvchilarining 24 nafar ota-onalari bilan "Farzandingizdan nimalar kutyapsiz?", "Farzandingizga tilaklaringiz" hamda "O'smirlik davridagi psixologik o'zgarishlar", ta'limning keyingi bosqichi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ota-onalardan "Farzandingizni qay darajada bilasiz?" mavzusida test olindi. Ota-onalarga psixologik tavsiyalar bo'yicha buklet tarqatildi.
2022 yil 12-aprel kuni maktab psixologi Xilola Xolikova muammoli o'quvchilar Azamatov San'atning onasi Umida opa, Yulduzov Ozodbek, Ablaberdiyev Davron, Primova Ruxshona hamda ota-onalari bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi.
Maktab psixologi har oyning ikkinchi va to'rtinchi payshanba kuni metod kunlarida ishtirok etib kelmoqda.
2022-yil 20-aprel kuni maktab MMIBDO' S. Nematov, F.Adizova, psixolog X. Xolikova, xotin-qizlar BT raisi L. Ergasheva F. Kenjayevalar maktabning ijtimoiy himoyaga muhtoj zamonaviy diniy libos (ro‘mol, do‘ppi)da keladigan 8 nafar o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.
Maktab psixologi Xilola Xolikova tomonidan aprel oyi "Odam-Tabiat" kasb tipi oyligi doirasida 2022 yil 19-aprel kuni "Teng-tengga" - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi" asosida 16 nafar o'quvchilar bilan "Tanqidiy fikrlash" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi. O'quvchilarga motivatsiya berildi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Karmana tumani XTBning 13-aprel 01-353 sonli xatiga asosan, “Odam-Tabiat” kasb tipi doirasida 9-sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olish maqsadida Karmana tumani Kasb- hunar maktabida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni"ga 25-nafar 9-sinf o'quvchilari ishtiroki ta'minlandi. Maktabimizning 9-sinf o‘quvchilari Kasb-hunar maktabi bilan yaqindan tanishib, kasb-hunar maktabining shart-sharoitlari, imkoniyatlari, 2022-2023 o'quv yili uchun mutaxassislik kasblar bo'yicha yaqindan tanishdilar va katta taassurot bilan qaytdilar.
2022-yil 16-aprel kuni “Odam-Tabiat” kasb tipi doirasida 7-sinflar o'rtasida "Osh pishirish" texnologiyasini amaliy o'rganish bo'yicha master klass tashkil etildi. Hakamlar hay'atining qizg'in muhokamalaridan so'ng
7-"A" sinfi " To'y oshi " nominatsiyasi bo'yicha,
7-"B" sinfi " Samarqandcha osh " nominatsiyasi bo'yicha,
7-"D" sinfi " Choyxona palov " nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldilar.
2022-yil 20-aprel kuni “Odam-Tabiat” kasb tipi doirasida Karmana tumani XTBning 2022-yil 18-apreldagi 01-372-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy shahar "Yoshlar markazi" da maktab bitiruvchilari uchun tashkil etilgan "Ta'lim va mutaxassislik" xalqaro ko'rgazmlarda 16 nafar 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etishdi.
2022-yil 4-aprel kuni maktab psixologi tomonidan 11- sinf o'quvchilarining 26 nafaridan "Kasb tiplarini aniqlash" metodikasi olindi va natijalari tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra tabiat 12 nafar, texnikaga 4 nafar, belgi 2 nafar, san'at 4 nafar va inson yo'nalishiga 4 nafar o'quvchilarning qiziqishlari aniqlandi.
Joriy yilning 19-aprel kuni maktab MMIBDO' S. Nematov, maktab psixologi X. Xolikova, sinf rahbarlar hamda "Ko'hna-Qo'rg'on" MFY yetakchisi B. Bekov bilan hamkorlikda darslarda sababsiz qatnashmayotgan o'quvchilarning uylariga borib ularning darsga qatnashmaslik sabablari o'rganildi. Ota-onalariga Qonun doirasida majburiyatlari tushuntirildi. Hamda darslarga qaytarish choralari ko'rilmoqda.
Nosog'lom oila farzandi maktab ichki nazoratida turuvchi “Ko'hna-Qo'rg'on” MFY Binafsha ko'chasida yashovchi 8-B sinf o'quvchisi Xayrullayeva Jasminaning onasi bilan 2022 yil 19-aprel kuni maktab MMIBDO' S. Nematov, maktab psixologi X. Xolikova, sinf rahbarlar hamda "Ko'hna-Qo'rg'on" MFY yetakchisi B. Bekov bilan hamkorlikda o'quvchining sababsiz darslarni qoldirishi, oilaviy sharoiti o'rganildi, qonun doirasida majburiyatlari tushuntirildi Biror kasb-hunar bilan shug'ullanishi, ko'chalarda darsdan so'ng maqsadsiz, yurmasligi tushuntirildi.
Murojaatlar yuzasidan muammoli o‘quvchilar bilan individual suhbatar olib borilmoqda va suhbat daftariga qayd etib brilmoqda.
2022-yil 28-aprel kuni ota-onalari ajralishgan, biroq bolaga ta'sir etishda raqobatda bo‘lgan va bir-biri bilan hamkorlik qilishga moyilligi yo‘q oila farzandi 8-A sinf o'quvchisi Xotamova Shaxnoza bilan individual suhbat o'tkazildi.
2022-yil 1-aprel kuni maktab psixologi tomonidan 7-sinf o'quvchilarining 75 nafari bilan "Do'stlik munosabatlari" mavzusida sinf soati o'tkazildi.
2022-yil 5-aprel kuni maktab psixologi tomonidan "Oiladagi zo'ravonlikni oldni olish maqsadida 5-6- sinf o'quvchilarining 106 nafari bilan "Oila va oilaviy qadriyatlar tushunchasi" mavzusida sinf soati o'tkazildi.
2022-yil 29-aprel kunida “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi ijrosini ta'minlah hamda o'quvchilarni el yurtga sadoqatli, iymon e'tiqodli, mard va jasur, yuqori malakali, ma'naviyati yuksak insonlar qilib tarbiyalash, o'qituvchi va o'quvchilar orasida depressiya va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda ularni hayotning go'zalliklarini anglash, sevish, qadrlash va shukronalik tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni, o'z joniga qasd qilishni oldini olish maqsadida „FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA BEFARQ BO‘LMAYLIK!“ nomli aksiya ostida tashkil etilgan “YOSHLAR FORUMI” seminari o'tkazildi. Seminarda maktab psixologi ota-onalar hamda farzandi bilan birgalikda “Batli oila” mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi 96-sonli “Zakovat intellektual o'yinlarini ommaviy harakatga aylantirish hamda boshqa intellectual o'yinlarni rivojlantirish to'g'risida”gi qarori va Viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2022-yil 26-apreldagi 04/03-sonli apparat yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash hamda maktab psixologlarining qomusiy bilimlarini oshirish maqsadida Karmana tumani umumta'lim maktab psixologlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.
2022-yil 5-mart kuni 7-sinf o'quvchilarining 52 nafaridan olingan “ Temperament va kasbni tanlash, 5-6-sinf o'quvchilarining 134-nafaridan olingan “Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish” metodikasi hamda 7-11-sinf o'quvchilarining 264 nafaridan olingan “Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash” so';rovnomalari natijalari bo'yicha tahliliy ma'lumotni maktabning ishlab chiqarish yig'ilishida pedagogik jamoasida muhokama qilindi va shu asosida fan o'qitiuvchilariga tavsiyalar berildi.
2022-yil 26-27 aprel kuni DO”TIBO va sinf rahbarlarining murojaatlar yuzasidan muammoli o‘quvchilar bilan individual suhbatlar olindi.
2022-yil 5-may kuni maktab psixologi Xilola Xolikova tomonidan 6-7 sinf o'quvchilaridan "O'zingga qanchalik ishonasan?" testini olish maqsadida e'lon chiqarilib o'quvchilar gavjum joyga ilib qo'yildi hamda sinf rahbarlari bilan testni olish yuzasidan tushunchalar berildi va 6-7-sinf o'quvchilarining 126 nafaridan "O'zingga qanchalik ishonasan?" testi olindi. Natijalari tahlil qilindi. Tahlil natijasiga ko'ra: 17-20 ball, o'ziga yuqori ishonganlar 50 nafar, 11-16 ball do'stlar bilan o'z harakatlarini muhokama etishga ehtiyoj, o'rtacha qiyinchilikdagi masalalarni tanlaydiganlar 69 nafar, 1-10 ball, o'z kuchiga ishonchsizlik, erishilgan yutuqlariga tanqidiy fikrda bo'ladiganlar 7 nafarni tashkil etdi.
2022-yil 6-7-may kunlari maktab psixologlari tomonidan 9-B,10-B-11-sinf o'quvchilarining 70 nafari bilan o'quvchilarning u yoki bu faoliyat turiga qiziqish darajasini aniqlash maktabida "Qiziqishlar xaritasi" metodikasi olindi. Natijalari tahlil qilindi. Tahlilga ko'ra: maishiy xizmat sohasi mehnatga 4 nafar, tibbiyotga 11 nafar, matematikaga 8 nafar, san'atga 2 nafar, texnikaga 4 nafar, fizikaga 8 nafar, harbiy ishga 7 nafar, pedagogikaga 6 nafar, ximiyaga 7 nafar, sportga 3 nafar, biologiya va qishloq xo'jaligiga 2 nafar, tarixga 3 nafar, fiziologiya jurnalistikaga 3 nafar, geografiyaga 1 nafar, elektroraditexnikaga 1 nafar o'quvchilar qiziqishlariga moyilligi borligi aniqlandi.
2022-yil 6-may kuni maktab psixologlari tomonidan 5-sinf o'quvchilaridan o'quvchining maktabga bilim olishga va sinfdoshlarining unga bo'lgan munosabatini o'rganish maqsadida 5-sinf o'quvchilarining 82 nafaridan "O'quvchining maktabga bilim olishga va sinfdoshlarining unga bo'lgan munosabatini o'rganish" testi olindi. Natijalari tahlil qilindi.
2022-yil 7-may kuni maktab psixologi Xolikova Xilola tomonidan ijtimoiy-psixologik ko'makka muhtoj, darsga sababsiz qatnashmaydigan o'quvchi bilan individual suhbat o'tkazdi. Suhbat jarayonida o'quvchining muammosi, kelajakdagi rejalari, darsga qatnashmaslik oqibatlari tushunturildi.


Maktab direktori: J. O. Shodmonov
Maktab psixologi: S. G'. Nematov
Maktab psixologi: X. G. Xolikova
Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling