Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchisi Ashirova Saodat Shonazarovnaning
,,Ona tili fanidan mavzulashgan testlar”
mavzusidagi o‘quv qo‘llanmasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
Kirish 
 
Bugungi kunga kelib ona tilimizni o‘qitishga doir turli yangicha yondashuvlar 
o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tili o‘qitish orqali
o‘quvchilarda nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz 
ko‘nikmasini to‘la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z boyligining 
oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun ona tilimizga doir 
o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud. 
Ona tilimizning barcha bo‘lim va mavzularini o‘rganishda esa
mavzulashgan testlar ham katta ahamiyatga ega. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan
o‘quvchi va abituriyentlar o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash, shuningdek,
o‘qituvchilar esa ona tili to‘garagining mashg’ulotlarida o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma, malakalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida foydalanishlari mumkin.
Repititorlik faoliyatini boshlayotgan o‘qituvchilar uchun ham bu qo‘llanma tayyor
manba hisoblanadi. Har bir mavzuni o‘rganib bo‘lgach bilimlarni sinovdan
o‘tkazish jarayonida ham bu testlardan foydalanish mumkin.
Testlar bo‘limlar va mavzular ketma-ketligida tuzilgan. Qo’llanmada qariyb
1500 ga yaqin test jamlangan. Testlarning 30 tadan qilib alohida variantga
ajratilganligi bilim sifatini aniqlashda yanada qulaylik yaratadi. O‘quv
qo‘llanmada ba’zi mavzular uchun ikki-uchtadan variant, qiyinroq mavzular uchun
to‘rt- beshtadan ham variant tuzilgan. Barcha mavzulardan sodda, o‘rtacha va qiyin
darajadagi testlar variantlarga jamlangan. Barcha testlarning javoblari ham
uslubiy qo‘llanmaning so‘ngida berilgan.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling