Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining


Chiqindi suvlar hovuzi va nasos stantsiyasi (208-bino)


Download 0.92 Mb.
bet14/75
Sana11.10.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1697906
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Bog'liq
28.09.23регламент 04,09,23

4.2.8 Chiqindi suvlar hovuzi va nasos stantsiyasi (208-bino)
Chiqindi suvlar hovuzi ushbu ishlab chiqarishda chiqadigan chiqindi suvlarni to‘plash, pollarni yuvishdan keyingi suvlar, favqulodda dushlardagi chiqindi suvlar, ko‘z yuvish uchun mo‘ljallangan qurilmalar suvlari, drenaj suvlari uchun mo‘ljallangan.
Binolarda ishlab chiqarish chiqindi suvlari ochiq xandaklar yoki traplarda yig‘iladi. Tashqi qurilmalardan, baklar joylashgan maydonlarda poddonlar mavjud. Ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlar yer osti kanalizatsiya tarmoqlari, chiqarish quduqlari yordamida ishlab chiqarish chiqindi suvlar havzasi poz.CT280001ga beriladi.
Chiqindi suvlar hovuzi CT280001- bu tashqi chuqur qilingan joy bo‘lib, uzunligi 7500 mm, kengligi 5100 mm, chuqurligi 5000mm.
Hovuzning foydali hajmi 184 m3.
Ishlab chiqarish chiqindi suvlarni umumzavod chiqindi suvlarni tozalash stantsiyasiga (608 bino) yuborish uchun 3ta membranali nasos poz.P280001ABC ko‘zda tutilgan.
Hovuz darajasini nazorat qilish uchun maksimal va minimal darajaga yetganda signal beriladi. Signallar nazorat qilish tizimiga (MPB) beriladi va operator membrana nasosini qo‘lda yoqadi yoki o‘chiradi.
Hududda joylashmagan ishlab chiqarishdagi chiqindi suvlarining yer osti bosim quvurlari isitish bilan ta’minlangan.
Membranali nasoslar uchun asboblar havosi umumzavod tizimidan yuboriladi.
4.2.9 Rezervuarlar parki va tayyor mahsulotlar omborxonasi (209 bino)
Tayyor mahsulotlar omborxonasi rezervuarlar hududi va yuklash-tushirish hududidan tashkil topgan, ular quyidagilar:
- 50% li kaustik soda rezervuari- 2 dona, har birining hajmi 1400 m3 dan;
- xlorid kislotasi rezervuari - 2 dona, har birining hajmi 300 m3 dan;
- 32% li kaustik soda rezervuari - 1 dona, hajmi 1000 m3;
- konsentrlangan sulfat kislota rezervuari – 1 dona, hajmi 157 m3;
- natriy gipoxloridi eritmasi rezervuari - 1 dona, hajmi 100 m3.
Rezervuar hududining umumiy maydoni 4660 m3.
50% li kaustik sodasi uchun 7 yuklovchi qurilmalar mavjud, shundan 6 ta qurilmalar temir yo‘l sisternalariga va 1 ta qurilma avtosisternalarga mo‘ljallangan.
Natriy gipoxloridi va xlorid kislotasi uchun 1 dona qurilma avtosisternalarga yuklash uchun mo‘ljallangan.
Konsentrlangan sulfat kislotasi uchun 1 dona temir yo‘l sisternalaridan tushuruvchi qurilma joylashgan.
32%li kaustik sodasi elektroliz bo‘limidan poz.V290005 saqlash rezervuariga keladi. Poz.P290005AB nasoslari yordamida u bug‘lash bo‘limiga 50% kaustik sodasi va qattiq kaustik soda olish uchun yuboriladi.
Tayyor mahsulot sifatida 50% kaustik sodasi bug‘latish qurilmasidan quvurlar orqali poz.V290001AB 50% li kaustik soda saqlash rezervuariga keladi. Past haroratda kristallarning hosil bo‘lishini va tiqilib qolishini oldini olish uchun issiqlik o‘tuvchi yo‘ldosh quvurlar o‘rnatilgan.
Kerak bo‘lganda ishqor quyidagi 3 xil yo‘nalishda berilishi mumkin:
- 50%li kaustik sodasini temir yo‘l sisternalariga poz. P290001A~C va poz. L290001A~F yuklovchi yenglar yordamida yuklanadi;
-avtosisternalarga poz.L290001G yuklovchi yenglar yordamida yuklanadi.
-poz.P290007 nasoslari yordamida ishlab chiqarishga o‘z ehtiyojlari uchun beriladi.
Yuklash jarayonida suyuqlikni me’yorlash me’yoriy yuklash sistemasi yordamida amalga oshiriladi.
Qishki vaqtda rezervuarlarda ishqorning qotib qolishi va kristallanishini oldini olish uchun 50% li kaustik sodasini poz. Е290001АВ 2ta plastinkali bug‘li issiqlik almashtirgichlarda aylanadi. Xlorid kislotasi (HCl 31%) xlorid kislotasining olish bo‘linmasidan poz. V290003AB rezervuarlariga tushadi. Xlorid kislotasi poz. L290003 quyuvchi-to‘kuvchi qurilma yordamida avtosisternalarga poz. P290003 bilan yuklanadi. Yuklash jarayonida suyuqlikni miqdori yuklovchi-dozalovchi sistema yordamida amalga oshiriladi. Poz. V290006 va V290007 gidrazatvorlari rezervuarning yuqori qismida gaz fazaning quvurlari bilan bog‘langan bo‘lib bu uning ishlatishda xavfsizligini ta’minlaydi va bir vaqtning o‘zida, yuklashda va tushirishda chiqadigan HCL gazini yutadi.
Suyuq xlor va favqulotda xlorni qayta ishlash bo‘linmasidan natriy gipoxloridi poz.V290004 natriy gipoxlorid rezervuariga boradi. Poz.P290004 nasoslari yordamida va poz.L290004 quyuvchi yenglar orqali natriy gipoxlorid eritmasi astosisternalarga yuklanadi. Yuklash jarayonida suyuqlikni dozalash jarayoni yuklash sistemasi yordamida amalga oshiriladi. Ajralib chiqgan xlor quvurlar orqali gaz holatdagi xlorni qayta ishlash bo‘linmasiga poz.T240201 absorbsion kollonasiga boradi. (204-bino).
Konsentrlangan sulfat kislotasi poz.P290002 nasoslari yordamida va poz.L290002 quyuvchi yenglar orqali poz.V290002 konsentrlangan sulfat kislotasi rezeervuariga tushiriladi.Konsentrlangan sulfat kislotasi quyidagilarga beriladi:
-atsetilen ishlab chiqarishiga;
-poz.V240004 konsentrlangan sulfat kislota bakiga xlorni qayta ishlash bo‘limiga (204-bino);
Quvurlarni isituvchi issiq suv poz.V290008 bakida saqlanadi. Bakda haroratni 60оС saqlab turish uchun bakga 0,4 МРа bosimli va 158 оС haroratli bug‘ berib turiladi. Bug‘ning berilishi 290TV-04001 klapanlari yordamida boshqariladi. Poz.P290006AB nasoslari yordamida issiq suv iste’molchilarga beriladi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling