Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining
ISHLAB CHIQARILADIGAN MAHSULOTLARNING XUSUSIYATLARI
Download 0.92 Mb.
|
28.09.23регламент 04,09,23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yorlanmagan
2. ISHLAB CHIQARILADIGAN MAHSULOTLARNING XUSUSIYATLARI
2.1.1Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra texnikaviy o‘yuvchi natriy (NaOH) 2.1.1 jadvalda ko‘rsatilgan GOST (ГОСТ) 2263-79 bo‘yicha talablarga mos kelishi kerak. 2.1.1-jadval
2.1.2 Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra texnikaviy o‘yuvchi natriy (NaOH) 2.1.2 jadvalda ko‘rsatilgan Ts 00203849-92-2018 talablariga mos kelishi kerak. 2.1.2-jadval
2.1.2 Fizik-kimyoviy xususiyatlari
Kuchli gigroskopik, havoda “tarqoq” bo‘lib, havodan suv bug‘larini faol ravishda so‘rib oladi. Suvda yaxshi eriydi, katta miqdorda issiqlik chiqariladi. Natriy ishqori eritmasi teginganda mayin. Kaustik soda, ishlab chiqarish usulidan qat’iy nazar, har doim tarkibida aralashmalari bo‘ladi: natriy karbonat Na2CO3, natriy xlorid NaCl, temir va alyuminiy oksidlari Fe2O3 Al2O3, kremniy birikmalar va boshqalar. Natriy ishqorining eritmasi terini yemiradi. NaOH eritmasining konsentratsiyasi va harorat qanchalik yuqori bo‘lsa taʼsiri shunchalik kuchli bo‘ladi. 2.1.3 Ishlatilish sohasi. Natriy ishqori kimyoviy, neft kimyoviy, qog‘oz ishlab chiqarish sohasi va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida ishlatiladi(qog‘oz, sovun va sentetik tolalar ishlab chiqarishda). 2.2 Xlorid kislota (HCl) 2.2.1 Fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlar Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra sintetik texnik xlorid kislotasi (HCl) 2.2.1 jadvalda ko‘rsatilgan GOST (ГОСТ) 857-95 bo‘yicha talablariga mos kelishi kerak. 2.2.1 Jadval
2.2.2 Fizik-kimyoviy xossalari
Xlorid kislota (HCl) eng kuchli kislotalardan biridir. Xlorid kislotaning oksidlari va metall gidroksidlari bilan o‘zaro ta’siri natijasida xloridlar hosil bo‘ladi. Kuchli oksidlovchi moddalar bilan xlorid kislotasi qaytaruvchilik xususiyatini namoyon qiladi. 2.2.3 Ishlatilish sohasi. Xlorid kislotasi - kimyoviy ishlab chiqarishning muhim mahsuloti. Xlorid kislotasi har xil metall xloridlari va tarkibida xlor mavjud organik moddalar olish uchun ishlatiladi. Xlorid kislotasini metallarni oksidlash, metallarning yuzasini tozalash, sosudlarning karbonatlar, oksidlar va boshqa ifloslanishlardan tozalash uchun ishlatiladi. Metallurgiyada uni rudani qayta ishlash uchun foydalaniladi. Laboratoriya amaliyotida xlorid kislotasi muhim reaktivlardan hisoblanadi. 2.3. Natriy gipoxlorid (NaClO) 2.3.1 Fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlar Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra natriy gipoxlorid (NaClO) 2.3.1 jadvalda ko‘rsatilgan GOST (ГОСТ) 11086-76 bo‘yicha talablariga mos kelishi kerak. 2.3.1 jadval
2.3.2 Natriy gipoxloridning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Empirik formula-NaClO 15 °C da eruvchanlik – 30,6% Zichlik -1240 kg / m3 2.3.3 Ishlatilish sohasi. Natriy gipoxloridi yuqori sifatli matolarni oqlashda, shuningdek rangli metallarning metallurgiyasida ishlatiladi. Natriy gipoxloridi sanitar maqsadlarda, dizenfeksiyalovchi mahsulot sifatida va tashlanma suvlarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling