Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining
Download 0.92 Mb.
|
28.09.23регламент 04,09,23
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2.1 Tuzni saqlash va tashish (201-bino)
- 4.2.2 Birlamchi tuzli eritmani olish (202 bino)
4.2 TEXNOLOGIK JARAYONNING TAVSIFI
Kaustik soda ishlab chiqarish (NaOH) Kaustik soda ishlab chiqarish(NaOH) quyidagi bo‘linmalardan tashkil topgan: - tuzni saqlash va tashish(201 bino); - birlamchi tuzli eritma olish (202 bino); - Ikkilamchi tuzli eritma olish va elektroliz (203 bino); - xlor va vodorodni qayta ishlash (204 bino); - xlorni suyultirish qurilmasi. Ishga tushirish davrida bug‘lash apparati bilan suyuq xlorni saqlash (205 bino); - vodorod xloridi sintezi va yuqori tozalikdagi xlorid kislotasini olish (206 bino); - bug‘lash va qattiq holdagi kaustik sodasini olish (207 bino); - chiqindi suvlar basseyni va nasoslar stansiyasi (208 bino); - rezervuarlar parki va tayyor mahsulotlar omborxonasi (209 bino). Bo‘linmalarning o‘zaro a’loqasi blok-sxemada tasvirlangan. 4.2.1 Tuzni saqlash va tashish (201-bino) Texnik tuz temir yo‘l vagonlarida ishlab chiqarishga keltiriladi. Texnik tuzni saqlash omboriga tushirish uchun tortish quvvati 5 tonna poz.L210001ABCD bo‘lgan 4 ta greyfer krani mavjud. Kranlar ostida umumiy maydoni 60000m2 bo‘lgan omborxona maydoni mavjud. Ombor balandligi-3 m. Omborning uch tomonida 2m balandlikdagi devor mavjud. Tuzni eritish uchun yetkazib berish yuk ko‘tarish hajmi 5 t poz.L210002ABCD bo‘lgan 4ta yuk ko‘taruvchi yuk mashinalari yordamida amalga oshiriladi. Ortiqcha miqdordagi suv qiyalik orqali poz.CT220002 bo‘lgan tuzni eritish havzasiga boradi. 4.2.2 Birlamchi tuzli eritmani olish (202 bino) Birlamchi tuzli eritmani olish bo‘linmasi quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: - tuzni eritish; - filtrlash; - denitrifikatsiyalash. 4.2.2.1 Tuzni eritish hovuzi Ombordagi NaCl ≥ 87,8% tuz yuk ko‘taruvchi qurilmalar yordamida tuzini eritish uchun poz.CT220001ABC hovuziga beriladi. Erituvchi sifatida poz.V220001AB bakidan P220001AB nasoslari orqali kam miqdorli tuz eritmasi beriladi. Poz.V220001AB bakiga quyidagilar boradi: - sanoat suvi; - ikkilamchi tuzli eritmani olish va elektroliz bo‘limidan kuchsiz tuz eritmasi; - xelat qatronlari bor kollonalardan qayta tiklanadigan tuzli eritma; - membranani tozalashdan keyingi qayta tiklanadigan kuchsiz tuzli eritma; - poz.F220002АВ ramli filtr-pressdan keyingi filtrat; - vodorod qayta ishlash qurilmasidagi yuvish eritmasi; - bug‘lanish qurilmasidan kondensat; - kondensatlanmagan tuzli eritma. Poz.V220001AB suvni me’yorlashtiruvchi baklar elliptik qopqoqli vertikal baklardir. Baklar izolyatsiyalangan, masofadan o‘lchash o‘lchagichlariga va maksimal va minimal darajadagi signallarga ega. Komponentlarning o‘rtacha miqdori kam miqdorli tuzli eritmaning nasoslar poz.P220001AB yordamida aylanishi bilan amalga oshiriladi. Sulfat radikallarining yig‘ilishini oldini olish uchun, kuchsiz tuzli eritmaning bir qismi (taxminan 30%) ikkilamchi tuzli eritmani olish va elektroliz bo‘linmasida membranali filtrlarda filtrlanadi. Konsentratsiyasi 220g/l natriy xloridi tuzini bug‘ bosimi 0,4 MPa, harorati 158оС bo‘lgan issiqlik almashtirgich poz.E220001 orqali harorati(55 оС ) barqarorlashtirilib, tuzni eritish uchun mo‘ljallangan poz.CT220001ABC hovuziga yuboriladi. Bug‘ning sarfi tuzli eritmaning chiqish haroratiga qarab (220TICA02001) maksimal va minimal chegaralarni signallar bilan tartibga solinadi. Kondensatni chiqarib tashlash uchun (ishga tushirish vaqtida) kondensat oluvchi o‘rnatilgan. Tuzning erish tezligini oshirish uchun korxona tarmog‘idan hovuzning pastki qismida siqilgan havo bilan aralashtirish tizimi mavjud. Natriy xlorid tuzli eritmasining konsentratsiyasi (305±5) g/l bilan to‘yingan eritma havzaning yuqori qismidan uzunligi 20 m, hajmi 20 m3 bo‘lgan poz.V220002 diafragma jelobga quyiladi. Texnologik jarayonning talabiga ko‘ra, jelobga ma’lum miqdorda(220FT02001) rafinatsiyalovchi reagent-kaustik soda eritmasi (32% NaOH) yuqoridagi bakdan poz.V220013 qo‘shiladi. Magniy ionlarini to‘liq yo‘qotish uchun qo‘shiladigan natriy gidroksid miqdori reaktsiyadagi nazariy jihatdan olingan miqdordan ko‘p bo‘lishi kerak. Berilgan kaustik soda miqdori (NaOH) – 200 mg/l. Kaustik soda eritmasi (32% NaOH) elektroliz jarayonini oraliq baki poz.V230107dan poz.P230107AB nasoslari orqali yuboriladi. Organik moddalarni parchalash va oksidlash maqsadida jelobga 2% li natriy gipoxlorit beriladi, u yuqorida joylashgan poz. V220014AB bakida texnik suv bilan tayyorlanadi. Konsentratsiyasi baland natriy gipoxlorit 209-korpusdan olinadi. Keyin tuzli eritma o‘z oqimi bilan poz.V220002jelobdan bak reaktori poz.CT220003 ga kiradi, u yerda rafinatsiya reaksiyasi boradi. Bak reaktori - bu 120m3 hajmli, chuqur betonli, aralashtirgichi bor poz.A220001, qurilish inshooti bo‘lib, uzunligi 5500 mm, kengligi 4500 mm, balandligi 5000 mm. Tuzni eritishda CT220001ABC hovuzining pastki qismida hosil bo‘lgan loyqa chiqindi suvlarni, poz.P220005A-Fnasos bachoklar poz.V220023 orqali, loy uchun mo‘ljallangan hovuzga poz.CT220002ga yuboriladi. CT220003 hovuzida qayta ishlangan tuzli eritma poz.P220002ABС nasoslari yordamida gaz va suv aralashtirgichi poz.MX220001ABga yuboriladi, bu yerda bufer baki poz.V220011dagi havo bilan aralashtiriladi, so‘ng gazlarni erituvchi bosimli bakga poz.V220005 kiradi va undan keyin Venturi mikseriga MX220002 boradi. Xuddi shu bakga poz.V220016 bakidan poz.P220009AB nasoslari orqali temir xlorid eritmasi (1 % FeCl3), tuzli eritma bilan aralashtirish uchun yuboriladi. Temir xlor eritmasini poz.V220015 tankida sanoat suvi va siqilgan havo bilan aralashtirish orqali suyultiriladi. Olingan eritma poz.P220008 nasoslari yordamida poz.V220016 bakiga yuboriladi. MX220002danchiqantuzlar aralashmasipoz.V220006 qayta ishlash apparatida magniy gidrooksidning flokulatsiyalangan cho‘kmasi, parchalangan organik moddalar va mexanik aralashmalarning bir qismi temir xloridining cho‘kmaga tushirish va absorbsiya qilishi qobilyati tufayli yo‘qotiladi hamda тuzli eritma qurilmaning yuqori qismidan oshibpoz.V220007 aralashtirgichli reaktoriga boradi. Reaktorga poz.V220021 poz.P220013AB nasoslari yordamida kalsilatsiyalangan soda (20% Na2CO3) eritmasi qo‘shiladi. Kalsilatsiyalangan sodani erititish jarayoni sanoat suvi yordamida poz.V220020 aralashtirish qurilmasi bilan jihozlangan bakida amalga oshiriladi, u yerdan chiqqan tayyor eritma poz.P220012 nasoslari yordamida poz. V220021bakiga beriladi. Kalsilatsiyalangan soda tarkibida natriy karbonatning miqdori 300 mg/l ni tashkil etadi. Kalsiy ionlari va karbonat radikallari cho‘kindi hosil qilib to‘liq reaksiyaga kirishadi va o‘z yo‘li bilan loy havzasi CT220002ga quyiladi. Tuzli eritma V220007 reaktordan yuqori qismida joylashgan poz.V220008 baki orqali avtomatik ravishda poz.F220001AB membrana filtriga tushadi. 4.2.2.2 Filtrlash qurilmasi Tuzli eritma tarkibidagi qoldiq zarrachalarni tozalash poz.F220001AB membranali HVM filtrlarida amalga oshiriladi. Filtrlash va kaltsiy karbonat cho‘kmadan ajratilgandan so‘ng tuzli eritma poz.V220009 diafragmali jelobga boradi, u yerda tuzli eritmadagi erkin holatdagi xlorni yo‘qotish maqsadida natriy sulfit (5% Na2SO3) eritmasi qo‘shiladi. pHni berilgan qiymatida ta’minlash uchun kuchsiz xlorid kislota (5% HCl) eritmasi berib turiladi. Natriy sulfit eritmasi (20 % Na2SO3) avtosisternalarda keltiriladi, yassi qopqoqli hajmi 28 m3, diametri 3000 mm, balandligi 4000mm bo‘lgan chuqur rezervuar poz.V220017ga tushiriladi. Yuklovchi nasoslar poz.P220010 lar bilan natriy sulfit eritmasi elektroliz bo‘limiga va 5%li eritma tayyorlash baki poz.V220018ga beriladi. Eritmani 20% dan 5% gacha suyultirish uchun tuzsiz suv ishlatiladi. Natriy sulfit eritmasining kontsentratsiyasi analitik tarzda aniqlanadi. Natija ijobiy bo‘lganda tayyor eritma oziqlantirish baki poz. V220019ga quyiladi, bu yerda nasoslar poz.P220019AB yordamida iste’molchilarga beriladi. V220009dan chiqqan tayyor birlamchi tuzli eritma poz.V220010AB bakiga boradi, bu yerda nasoslar poz.P220003AB bilan ikkilamchi tuzli eritma va elektroliz bo‘linmasiga beriladi. Vaqti-vaqti bilan membrana filtri yuqori filtrlash qobiliyatini va past qarshilik saqlab qolish uchun xlorid kislota (15% HCl) bilan kislotali yuvib (regeneratsiya qilinadi) turiladi. Yuvish uchun kislota eritmasi poz.P220014 nasoslari yordamida poz.V220022 bakidan yuboriladi. Yuvishdan keyin ishlatilgan kislota eritmasi poz.V220022 bakiga qaytadi va vodorod xlorid sintezi bo‘linmasidan (206 bino) boshlang‘ich reagent 31% xlorid kislotasi qo‘shib konsentratsiyasi to‘g‘irlab olinadi. Membranalarni kislotali yuvishdan keyin ularni tozalash uchun tuzsizlantirilgan suv bilan yuviladi va dastlab oraliq bak poz.V220012ga, keyin poz.P220004AB nasoslari yordamida poz.V220007 ga kalsilatsiyalangan soda bilan nitrallash uchun yuboriladi. Poz.V220007 reaktordan, poz.F220001AB HVM membranali filtrlardan va tuz eritish hovuzlari poz.CT220001ABC chiqqan loylar, tuz va loy havzasi poz.CT220002da yig‘iladi, keyin poz.V220025ABC orqali poz.P220006ABC nasoslari yordamida loylar press-filtri poz.F220002ABga yuboriladi. Filtrat press filtrning filtrat baki poz.V220003ga boradi va poz.P220007AB nasoslari yordamida suv me’yorlashtiruvchi bak poz.V220001ABga tuzni eritish uchun qaytariladi, filtrlangan chiqindilar shlam yig‘uvchiga chiqariladi. 4.2.2.3 Denitrifikatlash qurilmasi Denitrifikatsiyalash qurilmasi quyidagi bloklardan tashkil topgan: - birlamchi qayta ishlash; - membranali usulda denitrifikatsiyalash; - sovitish yo‘li bilan debitrifikatsiyalash. Birlamchi qayta ishlash blogi Ikkilamchi tuz eritma va elektroliz bo‘limidan kuchsiz tuzli eritmaning bir qismi (taxminan 30%), sulfat radikalining to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun NF membranalarida filtrlanadi. Dastlab, kuchsiz tuzli eritma birlamchi issiqlik almashtirgichiga poz.E220101 regenerativ tuzli eritma bilan issiqlik almashinish va 80 оC dan 55 оC gacha sovutilish uchun kiradi. Issiqlik almashtirgichning kirishdagi quvuriga qoldiq xlorni yo‘qotish uchun poz.P220011AB nasoslar yordamida natriy sulfit eritmasi beriladi. Keyin tuzli eritma ikkilamchi issiqlik almashtirgichga aylanma sovutish suvi bilan issiqlik almashinuvi uchun poz.E220102 issiqlik almashtirgichiga kiradi. Sovutuvchi suvning ta’minotini tartibga solish kuchsiz tuzli eritmaning chiqish haroratga qarab amalga oshiriladi. Kuchsiz tuzli eritmaning oxirgi harorati 38 оC. Issiqlik almashinuvidan keyin kuchsiz tuzli eritma poz.V220101 bakiga kiradi. Kuchsiz tuzli eritmalarning pH qiymati 5,5÷7,5, 5% xlorid kislota eritmasini liniyaga yuborish bilan boshqariladi. 5% xlorid kislota eritmasini tayyorlash poz.V220102 bakida amalga oshiriladi. Tayyor eritma oziqlantiruvchi bak poz.V220103ga kiradi, bu yerda poz.P220102AB nasoslar orqali kuchsiz tuzli eritmani neytrallashga boradi. Poz.V220102 bakida eritma tayyorlash vaqtida kislotali bug‘larni atmosferaga chiqarib yuborishning oldini olish uchun poz.V220115 va poz.V220116 baklariga gidrazatvorlar o‘rnatilgan. Kuchsiz tuzli eritma poz.P220101AB nasoslari yordamida dastlabki ajratuvchi poz.F220101 orqali dastlabki tuzli eritma baki poz.V220104ga boradi, bu yerdan nasoslar poz.P220103AB dastlabki tuzli eritma 48 m3/soatgacha filtr poz.F220102ga yuboriladi. Bundan keyin tuzli eritma, yuqori bosimli poz. P220111 va qayta ishlash nasoslari poz. P220112 yordamida poz. NF220101 bo‘lgan NF membranasi agregatiga kiradi. Membranali usulda denitrifikatsiyalash blogi Membranali usulda denitrifikatsiyalash membranalarni tanlab o‘tkazish prinsipiga asoslangan. Tuzli eritma bosim ostida nanofiltrlovchi membrana elementi orqali kiradi, bunda NaCl va H2O aylanma tuzli eritma hosil qiladi, Na2SO4 esa tanlab ushlab qolish qobiliyati tufayli ushlab qolinadi va to‘yingan eritma hosil qiladi. Tiniqlashgan, regeneratsiyalangan tuzli eritma poz.NF220101 bo‘lgan NF membrana agregatidan keyin poz.V220106 bo‘lgan tuzli eritmani regeneratsiya qilish bakiga kiradi. Poz.P220105AB nasoslari bilan regeneratsiyalangan tuzli eritma poz.E220101 issiqlik almashtirgichga kuchsiz tuzli eritmalarni sovutish uchun boradi va tuzni eritish uchun poz.V220001AB suv bakiga tushiriladi. Regeneratsiyalangan tuzli eritmaning bir qismi natriy sulfat tuzli eritmasini sovutish tizimiga poz.E220104AB yuvish suvi sifatida ishlatiladi. Yuvish suvi poz. P220113AB nasoslari bilan yuboriladi. Na2SO4 aylanma eritmadagi konsentratsiyasi reglamentda ko‘rsatilgandan (10-15) %ga oshib ketganda NF poz.NF220101 membrana agregati yuqori filtrlash qobiliyatini va past qarshilikni saqlab qolish uchun davriy ravishda reaktiv yuvish (regeneratsiya)ga uchraydi. NF membrana agregatining regenerasiyasi 2 bosqichda boradi: 1. Kislotali tozalash: - Reagentni tayyorlash. Buning uchun poz.V220107АВ bakiga tuzsizlantirilgan suv va limon kislotasi beriladi eritma miqdori 2% bo‘lguncha. Aralashtirish uchun poz.Р220106АВ nasoslari ishlatiladi. Yuvuvchi eritmaning harorati 30 оС gacha bug‘ning berilishi bilan qizdiriladi. Tayyor eritmaning pH 2,5 dan 3gacha bo‘lishi kerak. - NF membrana agregatini bo‘shatish - sistemadagi havoni poz.F220103 filtridagi havo klapanlarini ochish orqali chiqarib yuborish. - birinchi 10-15% yuvuvchi eritma drenajlarning yopgichlari orqali chiqindi suvlarga chiqarib yuboriladi, shundan keyin aylanma yuvish yoqiladi: 15 daqiqa past tezlik bilan; 15 daqiqa o‘rtacha tezlik bilan va 30 daqiqa katta tezlik bilan. - Tuzsizlantirilgan suv bilan yuvish рН qiymati = 6-7 oralig‘igacha davom ettiriladi. Yuvilgan suv va limon kislotasi V220107АВ bakiga yig‘iladi va chiqindi suvlar poz.CT220002 baseyniga yuboriladi. 2. Ishqor bilan yuvish, kislotali yuvishga o‘xshash bo‘ladi. Reagent sifatida ЕDTA-4Na ishlatiladi. Poz.V220107АВ bakida tuzsizlantirilgan suv qo‘shish yo‘li bilan рН = 11-12 bo‘’lgan 1% li eritma tayyorlab olinadi. Sovutish usuli bilan denitrifikatsiyalash blogi To‘yingan tuzli eritmadan Na2SO4 ni ajratib olish uchun sovutish bilan denitrifikatsiyalash usuli ishlatiladi, bu usul moddalarning past haroratlarda erish xususiyatlariga asoslangan. Tuzli eritma sovutilganda undan Na2SO4 kristallgidrat ko‘rinishida ajraladi, bu vaqtda NaCl ning eruvchanligi o‘zgarmay qoladi. Tuzli eritmadagi konsentrlangan natriy sulfati membrana agregati poz.NF220101dan keyin o‘z oqimi bilan poz.V220105 oraliq bakiga boradi va poz.P220104AB nasoslari yordamida poz. E220103 dastlabki sovutuvchiga boradi va natriy sulfatning kuchsiz tuzli eritmasi bilan issiqlik almashinadi, keyin galogen tayyorlash bakiga poz.V220109ga kiradi. Tuzli eritmaning haroratini kamaytirish uchun poz.P220108AB aylanma nasoslari yordamida poz.E220104 issiqlik almashtirgichga etilen glikol bilan issiqlik almashinuvi uchun yuboriladi. Etilen glikol eritmasi (35%)li poz.V220108 qayta ishlash bakida tuzsizlantirilgan suv qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Etilen glikol sovutish kompressori poz.C220101 orqali o‘tib, poz.P220107AB nasoslari yordamida issiqlik almashtirgich poz.E220104AB quvur oralig‘lariga yuboriladi va poz.V220108 bakiga qaytadi. Poz.V220109 galogen tayyorlash bakida Na2SO4•10H2O kristallanish harorati +50C ga yetgandan keyin u cho‘kmani cho‘ktirish uchun poz.V220110 bakiga kiradi. Tiniqlangan suyuqlik yuqori qismdan kuchsiz tuzli eritma baki poz.V220111ga kiradi, Na2SO4•10H2O cho‘kmasi esa suyuqlikni ajratish uchun markazdan qochma apparat poz.C220102ga kiradi. Qattiq modda yakuniy mahsulot Na2SO4•10H2O (mirabilit) hisoblanadi. Cho‘kmadan ajratilgan suyuq eritma poz.V220112 bakida yig‘iladi va undan poz.P220110 nasos orqali qayta tozalash uchun poz.V220109 bakiga qaytib keladi. Kuchsiz tuzli eritma (tiniq qismi) poz.V220111 bakidan poz.P220109AB nasoslari yordamida ~ 5 0C harorat bilan, konsentrlangan natriy sulfat eritmasini sovutish uchun poz.E220103 sovutgichiga, poz.V220106 regenerativ tuzli eritma idishiga kiradi, kuchsiz tuzli eritmalarni 800Cdan 550C gacha sovutish uchun poz.E220101 issiqlik almashtirgichidan o‘tadi va suvni me’yorlashtiruvchi bak poz.V220001AB ga tuzni eritish uchun yuboriladi. Jarayonni nazorat qilish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Xatoliklarni oldini olish maqsadida davriy ravishda analit boshqarib turiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling