Ishlab chiqarishning avariya holati turi
|
Ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan maksimal qiymatlari, ularning oshib ketishi quyidagilarga baxtsiz hodisalarga
olibkelishimumkin
|
Favqulodda vaziyatni oldini olish yoki bartaraf etish bo‘yicha xodimlarning harakatlari
|
NO‘A va A havo ta’minoti to‘xtashi
|
Kollektor bosimining 0,35 МРа dan kamroq pasayishi
|
NO‘A va A havo ta’minoti to‘xtaganda quyidagilarni qilish zarur:
- smena boshlig‘iga, ishlab chiqarish boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga, zavod dispetcheriga xabar berish, NO‘A va A havo yo‘qligi sababini aniqlash;
- barcha qurilmalarni qo‘lda boshqarishga o‘tkazish;
- barcha idishlarda darajalar ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatish;
- texnologik jarayonni boshqarish ustidan nazoratni kuchaytirish;
- NO‘A va A havo ta’minoti uzoq vaqt to‘xtatilganda, ishlab chiqarishni ishchi yo‘riqnomalarga ko‘ra to‘xtatish.
Favqulodda vaziyat va uning oqibatlari bartaraf etilgandan so‘ng, texnologik reglament va ishchi yo‘riqnomalariga muvofiq ishlab chiqarishni ishga tushirish.
|
Xlorli uskunalar va quvurlarning mustahkamligini buzilishi
|
Ishlab chiqarish binolarida xlor konsentratsiyasi 1,0mg/m3 dan oshganda
|
Uskunalar va quvurlarning mustahkamligi buzilgan taqdirda quyidagilarni qilish zarur:
- smena boshlig‘iga, ishlab chiqarish boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga xabar berish;
Ishlab chiqarish uchun xomashyoyetkazib berishni to‘xtatish;
- shikastlangan joyni yopish armaturalari bilan o‘chirib qo‘yish orqali buzilgan uskunaning ishlatishni to‘xtatish;
- agar iloji bo‘lsa, zaxira uskunasiga o‘tish.
Agar nosozlikni bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, ishlab chiqarishni ishchi yo‘riqnnomalarga muvofiq to‘xtatish.
Xavfli hududda barcha turdagi ta’mirlash ishlarini olib borishni to‘xtatish.Odamlarni xavfli zonadan olib chiqish. Xavfli hududni chegaralash va " ehtiyot bo‘ling-xavfli hudud!» yozuvini ildirish. Ehtiyoj bo‘lganda HGQG va tez yordam chaqirish. Laboratoriya tahlillari orqali havo muhitining holatini doimiy ravishda kuzatib borish. Favqulodda holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar “A2B2E2K2AXP3” markali gazga qarshi niqobida va shaxsiy himoya vositalarida amalga oshiriladi.
|