«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»
Download 242.44 Kb.
|
915 sex reglamenti
Azotning olinishi.
Tartib raqami E611002 bo‘lgan kondensatsion bug‘latgichdan manfiy 178°C haroratga ega bo‘lgan azot tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovituvchiga uzatiladi. U yerda manfiy 191°C haroratgacha sovutiladi va tartib raqami V611003 bo‘lgan doimiy bosimdagi suyultirilgan azot rezervuariga kelib tushadi. Tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnaning yuqori qismidan manfiy 194 °C haroratli gaz holatidagi azot tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovutgichga uzatiladi. Shuningdek u yerdan o‘tgach tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan issiqlik almashgichga uzatilib u yerda o‘z sovuq haroratini dastlabki musbat (10÷37) °C haroratga ega bo‘lgan tozalangan havoga beradi. So‘ng gaz holatidagi azot siqish bosqichiga uzatiladi. Siqish bosqichida gaz holatidagi azot ikki oqimga bo‘linadi. Birinchi oqim tartib raqami C611003A/B bo‘lgan past bosimdagi azot kompressoriga uzatilib, u yerda 0,8 MPa bosimgacha siqiladi. Past bosimdagi azot kompressori – markazdan qochma kuch asosida ishlaydigan, uch bosqichli, har bir bosqichidan so‘ng sovutgichga (bosqichlar oralig‘idagi sovutgich) ega bo‘lgan kompressor. Bosqichlar oralig‘idagi sovutgichda sovituvchi manba sifatida 606-binodan chiquvchi aylanma suv (AST) ishlatiladi. Tartibga solish tizimi orqali siqilgan, gaz holatidagi azot istemolchilarga uzatiladi. Gaz holatidagi azotning ikkinchi oqimi tartib raqami V611007 bo‘lgan bufer idishiga kelib tushadi. Bufer idishidan gaz holatidagi azot tartib raqami C611004A/B bo‘lgan o‘rta bosimli azot kompressorining kiruvchi qismiga uzatiladi. Tartib raqami C611004A/B bo‘lgan o‘rta bosimli azot kompressori – to‘rt bosqichli, porshenli, har bir bosqichidan so‘ng tartib raqami E611101A/B bo‘lgan sovutgichga (bosqichlar oralig‘idagi sovutgich) ega bo‘lgan kompressor. Bosqichlar oralig‘idagi sovutgichda sovituvchi manba sifatida aylanma suv ishlatilib, har bir bosqichida gazdan namlikni ushlab qoluvchi tartib raqami D611102A/B apparat ko‘zda tutilgan. Tartibga solish tizimi orqali siqilgan, gaz holatidagi kompressordan chiqgan 2,7 MPa bosimli azot istemolchilarga uzatiladi. Download 242.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling