«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»


Tartib raqami С611002 bo‘lgan havoni siqib beruvchi kompressor


Download 242.44 Kb.
bet10/55
Sana22.12.2022
Hajmi242.44 Kb.
#1043685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
915 sex reglamenti

4.2.5. Tartib raqami С611002 bo‘lgan havoni siqib beruvchi kompressor
Kompressor o‘zidan simmetrik balanslangan, ikki ustunli va ikki bosqichli, ikki turdagi tasirga ega, moy ishtirokisiz moylanuvchi, suv yordamida yaxlatiluvchi qurilmani tashkil etadi. Kompressor bir sathli umumiy ramalarda o‘rnatilgan.
Turi – markazdan qochma kuch asosida ishlaydi.
Ishlab chiqarish unumdorligi – 29 600 Nm3/h (standart sharoitda quruq havo).
Tortib olish bosimi – 5,7 kgf/sm2 (1,17MPa).
Chiqishda harorat – 40°C gacha;
Ishlab chiqarish unumdorligini boshqarish diapazoni – (70÷105) %.
Elektrodvigatel quvvati – 1120kW.
Soni – 1 dona.


4.2.6. Tartib raqami С611003АВ bo‘lgan past bosimdagi azot kompressori
CENTAC – Intersoll Rend tashkilotining to‘liq yig‘ma agregati bo‘lib, markazdan qochma kuch asosida ishlovchi va elektrodvigatel yordamida ishga tushirilovchi azot kompressori. Gazni bir bosqichda so‘radi va chiqaradi. 100 % moy saqlamaydigan azotni yetkazadi. Sarf diapazoni (40÷85) m3/min, azotni chiqarishda bosim diapazoni (0,25 ÷ 0,8) MPa. Kompressor va elektrodvigatel flanets yoki mufta yordamida bog‘lanadi, butun agregat esa o‘z ichiga sovutish tizimini, boshqarish tizimini, moyning moylash tizimini va boshqa bir ramada o‘rnatiluvchi yordamchi jihozlarni o‘z ichiga oladi.
Har bir CENTAC agregati kompressor korpusi, elektrodvigatel, bosqichlar orasidagi sovutgich, yakuniy sovutgich, mikroprotsessor saqlovchi nazorat qutisi, ishga tushiruvchi nazorat klapani, qayta ishga tushiruvchi klapan, moyning moylash tizimi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Hammasi bir ramada o‘rnatiladi. Diffuzor, bosqichlar orasidagi sovutgich va kondensatsion suv separatori kompakt konstruktsiya bo‘lganligi sababli birga o‘rnatiladi.
CENTAC agregatida doimiy chiquvchi bosimni nazorat qilish uchun modulyatsion nazorat ishlatiladi. Iqtisodiy jihatdan yaxshi natijalarga erishish uchun ikki turdagi avtomatik nazorat ishlatilishi mumkin, ya’ni kam sarf bilan doimiy bosim va yuqori va pastki bosim chegarasi nazorati). Gazni avtomatik ravishda kerakli bosimga ega bo‘lgan uzatish avtomatlashtirilgan tizimi elektr energiyasini sarfini kamaytirishga yordam beradi.
Kompressor moy tizimi moyni kompressor podshipniklari va elektrodvigatelni moylash uchun mo‘ljallangan.
Kompressorning moylash tizimi majburiy, tsirkulyatsion. Kompressorning ishlashi jarayonida moy moy asosiy nasosi yordamida moy bakidan olinadi va moy sovutgichiga kelib qo‘yiladi va u yerda sovutiladi. So‘ng kompressor podshipniklarini moylash uchun uzatiladi.
Kompressorni ishga tushirish yoki to‘xtatish vaqtida uning podshipniklarini moylash uchun ishga tushiruvchi moy nasosi ko‘zda tutilgan.



Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling