Navoiyning sarguzasht-falsafiy dostonlari
II. Dostonlar muqaddimalarining o’ziga xosligi
Download 232.06 Kb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYNING SARGUZASHT-FALSAFIY DOSTONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sab’ayi sayyor” Bayt “Saddi Iskandariy” Bayt
- Jami 10 bob Jami 10 bob
- III. “Saddi Iskandariy” dostonining beshinchi bobi tahlili.
II. Dostonlar muqaddimalarining o’ziga xosligi. “Sab’ayi sayyor” va
“Saddi Iskandariy” dostonlarining muqaddima boblari boshqa dostonlar bilan mushtarak jihatlarga ega bo’lganidek, o’ziga xos tomonlarga ham ega. Dostonlarning muqaddimalari: “Sab’ayi sayyor” Bayt “Saddi Iskandariy” Bayt Hamd 75 Hamd 103 Munojot 60 Munojot 60 Na’t (madhiya) 50 Na’t (madhiya) 56 Na’t (me’roj 92 Na’t (me’roj 122 So’z ta’rifida 54 “Xamsa”ni mukammal qilish haqida 74 Nizomiy va Amir Xusrav tavsifi 85 So’z ta’rifida, Nizomiy va Amir Xusrav tavsifi 105 Abdurahmon Jomiy haqida 45 Abdurahmon Jomiy haqida 44 Doston rejasi 164 Inoyat quyoshi fasfida 159 Sulton Husayn Boyqaro madhi 102 Shohi G’oziy (Husayn Boyqaro) madhi 82 Xadichabegim madhi 43 Sulton Badiuzzamon madhi 40 Jami 10 bob Jami 10 bob “Saddi iskandariy” quyidagi baytlar bilan boshlanadi: Xudoyo musallam xudoliq sango Birav shahki da’bi gadoliq sango. Ey parvardigor, mutlaq xudolik Senga xosdir.Birov shoh bo’lsa, uning odati Senga gadolik qilishdir. Xudovandi bemislu monand sen, Xudovandlarga xudovandsen. Misoli va o’xshashi bo’lmagan Xudovandsan, xudovandlarning ham xudovandisan. III. “Saddi Iskandariy” dostonining beshinchi bobi tahlili. “Saddi Iskandariy” dostoni muqaddimasining eng muhim boblaridan biri beshinchi bobdir. Navoiyshunoslikda bu bob, aniqrog‘i, bob tarkibidagi ushbu baytlar xamsanavis salaflari Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviyga bag‘ishlanganligi qayd etiladi: Angakim etar ikkingizdin madad, Madadkori haqdur, azal to abad. (2. 34) Kichik erkonimdin bo‘lub qoshima, Ulug‘ muddao soldingiz boshima (2. 34) Bunday munosabatni biz etuk navoiyshunoslar Izzat Sulton 1 hamda Abduqodir Haitmetov 2 tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. 20 tomlik Alisher Navoiyning mukammal asarlar to‘plamida ham mazkur baytlarning izohi keltirilgan (izohlar muallifi T.Ahmedov) bo‘lib, unda quyidagilarni o‘qiymiz: 1. «Ikkingizdin madad» - Sharqda mashhur xamsanavislar Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar ko‘zda tutiladi (2. 587). 2. Yoshligidan Nizomiy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qigan Navoiyda ulardan olingan taassurot katta-katta asarlar yaratish fikrini uyg‘otganligi bu baytda e’tirof etilmoqda (2. 588). Yuqoridagi jadvalda ko’rganimizdek, dostonining 6-bobi shu masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, uning nasriy muqaddimasida ham, mazmunida ham bu mazmun aks etgan. Mazkur bobning mazmuni va mohiyatini belgilashdan oldin uning nasriy sarlavha yoki muqaddimasini tahlil qilish lozim bo‘ladi: “Bu «Xamsa»ni komil (butun) qilish haqidakim, besh mahal namozni ado qilgandek, avval sahar (bomdod) sajdalaridan «Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi alomatlari 1 Султон И. Жаҳон адабиётининг нодир обидаси. Алишер Навоий «Хамса»си. Илмий моқолалар тўплами. – Т.: Фан, 1986. 6-бет. 2 Ҳаитметов А. Навоий эстетикасининг юксак босқичи. Алишер Навоий «Хамса»си. Илмий моқолалар тўплами. – Т.: Фан, 1986. 33-бет. bordir» guruhiga kirildi va peshin rukularidan «Ruku qilguvchilar bilan birga ruku qiling» jamoasiga qo‘shilildi va asr qiyomidan «Namozlarni o‘z vaqtida ado qiling» jamoatiga yuzlanildi va kun botish (shom) qiroatidan «Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing» xalqiga bosh qo‘shildi va endi tun (xuftan) niyatidan judo bo‘lgan ta’bni g‘aflat uyqusiga borishga qo‘ymay (uni) ado etishga da’vat qilindi. Bu matnda «Xamsa»ning 5 dostoni besh vaqt nomoz nomlariga qiyos qilinadi hamda endi isho (xufton) nomozi o‘qilishi ya’ni «Saddi Iskandariy» dostoni yozilishi kerakligi bayon etiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu nasriy sarlavhada Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy yoki shoirning boshqa salaflari haqida hech gap yo‘q. Sarlavhaga tayanadigan bo‘lsak, mazkur bob shoirning dostonni boshlash arafasidagi o‘z ruhiy holati tavsifiga bag‘ishlangan. Kel ey tole’i sa’du baxti baland, Ki sizdin bo‘lur odamiy arjumand. Kelgin, ey, saodatli qismat va oliy baxt. Zero, siz tufayli Odam farzandi arjumand bo‘ladi. Demakkim, inson tangri in’om etgan omad, baxt-saodat tufayli arjumand (ajralib, bir pog‘ona balandda turadigan) bo‘ladi. Angokim tushar qaysingiz soyasi, Quyoshdin biyikrak bo‘lur poyasi. Angokim yetar ikkingizdin madad, Madadkori haqdur azal to abad. Baxt-Allohning nazari va saodat – inoyati ikkisidan biri kimning boshiga tushsa, uning qadri, darajasi osmondagi quyoshdan ham balandroq bo‘ladi. Kimga ikkingiz madadkor bo‘lsangiz, unga azaldan to abadgacha haq ham madadkordir. Saodatmand kishiga Alloh madadkor bo‘ladi, aniqrog‘i Uning nazari tushgan banda saodatmanddir. Bu baytlardagi murojaat ob’ekti inson emasligi ayon. Navoiy ularni birinchi baytda «tole’i sa’d» va «baxti baland» deb tilga oladi. Karam aylab iki qo‘lum qo‘ldangiz, So‘z iqlimi sori meni yo‘ldangiz. Bu vodiy aro Xizri rohim bo‘lung, Qayon yuz ketursam, panohim bo‘lung. Kichik erkanimdin bo‘lub qoshima, Ulug‘ muddao soldingiz boshima. (2. 35) Bob davomidagi quyidagi bayt ham shu fikrni tasdiqlaydi: Ki haqdin ato chun mango bor edi, Yana baxtu iqbol ham yor edi. (2. 37) «Saddi Iskandariy» dostonining beshinchi bobi an’anaviy kirish qismlari hamd, munojat, na’t, me’roj boblaridan keyin, dunyoviy mavzu, ya’ni she’r va shoirlik masalalaridan oldin kelgan ilohiylik va dunyoviylik o‘rtasidagi ko‘prik. Chunki ayni shu bobdan keyin Navoiy so‘z xususida hamda salaflari Nizomiy, Amir Xusrav va Abdurahmon Jomiy haqidagi boblarni keltiradi. Navoiyning kichik yoshligidan boshiga ulug‘ muddao solgan, doimiy madadkori bo‘lgan narsalar, ilhom, shoirlik iqtidori, haqiqatni anglashga bo‘lgan ehtiyoj, ilohiy ma’rifat, baxt, tole’…, bir so‘z bilan aytganda Ulug‘ Tangri ne’matidir. “Saddi Iskandariy” dostonining oxirgi 89-bobi faqat shu dostonning xotimasi emas, yaxlit tarzdagi “Xamsa”ning itmomi, “…bu maxozin tilismotini istehkom bila itmomg’a yetkurmakning tahriri” haqidagi bobdir. “Xamsa”ni nashr ettirishda shu holatlarga e’tibor berish, ya’ni ularni dostonlar tarkibidan ajratib nashr qilish maqsadga muvofiq”. «Saddi Iskandariy» dostonining oxirgi 89-bobi faqat shu dostonning xotimasi emas, yaxlit tarzdagi «Xamsa»ning itmomi, «...bu maxozin tilismotini istehkom bila itmomg‘a etkurmakning tahriri» haqidagi bobdir (7. 507-508). Ushbu jumladagi «maxozin» (xazinalar, ya’ni besh xazina) so‘zi mazkur fikrni tasdiqlaydi. Bunda Navoiy «Xamsa»ni beshta tilsimlangan xazinadan iborat ko‘rg‘on - istehkom deb atamoqda. Aynan istehkom (devor, qoliplovchi vosita) vazifasini mazkur oxirgi bob bajargan. Demak, Navoiy beshta dostonni umumiy ramkaga solish uchun qoliplovchi syujetdan emas kirish va xulosa boblaridan foydalangan. Masalaga shunday yondashgandagina «Xamsa» xotimasidagi quyidagi baytlar, xususan, «xamsa takmili» iborasini chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi: Manga «Xamsa» takmili bir yon edi, Bu maqsud tahsili bir yon edi. Ne til birla dey shukr ma’buduma, Ki etkurdi oxir bu maqsuduma (7. 509). Demak, Navoiy «xamsa takmili» deganda xar bir dostonni mazmun, g‘oya va kompozitsiya jihatidan isloh qilish bilan birga, ularni birlashtirish, bir silsilaning bo‘g‘inlari, bir butunlikning tarkibiy qismlari darajasiga keltirish, yagona maqsad uchun xizmat qildirishni ham nazarda tutgan. Binobarin, «Xamsa» turkum asar bo‘libgina qolmay, bu adabiy an’ananing yangi taraqqiyot cho‘qqisi sifatida maydonga keldi. Navoiyning xamsachilikdagi mahorati va buyukligi aynan shu xususiyatni takomillashtirishi bilan ham izohlanadi. Download 232.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling