Navoiysuvqurilishinves” davlat muassasasi direktori Sh. Vahobov “ ” 2022 yil
Download 19.07 Kb.
|
Йиғилиш баёни
- Bu sahifa navigatsiya:
- K U N T A R T I B I
- Qaror qiladi
- Bayonnomani rasmiylashtiruvchi N.Temirova
“TASDIQLAYMAN” “Navoiysuvqurilishinves” davlat muassasasi direktori _______________Sh.Vahobov “___” __________ 2022 yil “Navoiysuvqurilishinvest” davlat muassasasida o’tkazilgan yig’ilish bayoni “19” oktyabr 2022 yil Navoiy shahri
K U N T A R T I B I: 1. O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirli huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining 2022 yil 14-oktyabrdagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida. _____________________________________________________________________ (Vahobov,Nazarov,Xudoyberdiyev, Turdiyev, Amonov, Qalandarov, Asadov, Temirova, Pulatova, Umurzoqov, Vahobov) Yig‘ilishni muassasa direktori Sh.Vahobov kirish so‘zi bilan ochib, O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirli huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining 2022 yil 14-oktyabrdagi yig‘ilish bayoni bilan tanishtirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari asosida ishlash, muassasada ijro intizomini yanada mustahkamlash, berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli qilib ta’minlash yuzasidan ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan muassasa bosh muhandisi U.Nazarov O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi va O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirli huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli qilib bajarish, berilgan tipsiriqlarning ijro muddatlari kechiktirgan mas’ullarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirib o‘tdi. Yuqoridagilarni inobatga olib, barcha xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida, yig‘ilish Qaror qiladi: O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirli huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining 2022 yil 14-oktyabrdagi yig‘ilish bayoni ma‘lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Muassasada faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar berilgan topshiriqlarni o’z muddatlarida, to’laqonli va sifatli qilib ijrosini ta’minlamagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo’llanilishi haqida ogohlantirilsin. Мuassasa bosh muhandisi U.Nazarov, direktorning iqtisodiy masalalar buyicha o'rinbosari B.Xudoyberdiev, yuristkonsul`t B.Asadov, kadrlar va maxsus ishlar bo'yicha yetakchi mutaxassis N.Temirovalarga; - "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10-fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-6166-sonli Farmonining ijrosini ta'minlash yuzasidan vazirlik, idora va xujalik birlashmalari rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati bilan bog'liq chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatini muassasa bo'lim boshliqlari va barcha mutaxassislarga yetkazish; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31-maydagi "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralarro yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-5132-son qarorining mazmun-mohiyatini muassasa bo'lim boshliqlar va barcha mutaxassislarga yetkazish,shuningdek, mazkur qarorning 3 va 6 ilovasiga muvofiq ishni tashkil etish; -O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash hamda ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha barcha raxbar-xodimlarning shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish; -ijro intizomiga rioya qilinmaganda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining nazoratini yurituvchi "Ijro.gov.uz" va water.ijro.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi hujjatlarda belgilangan topshiriqlar va tadbirlarning ijrosini o'rnatilgan muddatda, to'laqonli, sifatli ta'minlamagan va axborot taqdim qilmagan, shuningdek, ijrosi kechikishiga yo'l qo'ygan rahbar-xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo'llash yuzasidan taklif (muassasa buyrug'i loyihasini) kiritib borish vazifalari yuklatilsin. Ushbu yig'ilish bayoni topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish Bosh muhandis U.Nazarov va kadrlar va maxsus ishlar bo'yicha yetakchi mutaxassis N.Temirova zimmalariga yuklatilsin. Bayonnomani rasmiylashtiruvchi N.Temirova Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling