Navro`z bahor bayrami


Download 88.44 Kb.
bet2/2
Sana23.11.2023
Hajmi88.44 Kb.
#1796448
1   2
Bog'liq
Navroz-bahor-bayrami

Alisherning onasi
Abdulla Oripov she’ri.
Bilmam qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi.
Balki uning aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko`zlarida
Bo`lgan o`g`ir bir xayol,
Balki g`amgin bir zotdir u
Balki sho`zchan bir ayol,
Balki buyuk farzandiga
Terib bergan chechaklar.
Balki tunlar unga bedor,
Aytib bergan ertaklar.
Mayliga u kim bo`lmasin
Yolg`iz bir so`z ma`nosi
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
“Ta`zim” sheri
1-o`quvchi-Shohona libosda bobom Alisher
O`ychan ko`zlarida ming yillik alam
Xalqim uni buyuk ahli donish der
Ey g`azal mulkining sultoni salom
2-o`quvchi-Olomon oldida ko`targancha qo`l
So`zimni tinglangiz ahli zamon der
Alanga olmasin ehtitos nuqul
Yarashing azizlar omon omon der
3-o`quvchi-Alisher adolat tiklab o`lkada
Xalqini yak qalam aylagan shoir
Dunyo tashvishlarin tutib yelkada
Shohlarni insofga chorlagan shoir
4-o`quvchi-Sizni unutmaydi zaminu, zamon
Fitnalar dastidan o`rtandi jon
Siz yozgan g`azallar jaranglar hamon
Zamon hofizlari tiliada mag`rur
5-o`quvchi-Shunchalar yondingiz zolim falakdan
Sizga hamdam bo`ldi yer,quyosh,samo.
Insof deb o`tdingiz ming bor elakdan
Assalomu alaykum Navoiy bobom
1-boshlovchi-Alisher Navoiy o`zbek adabiyotining asoschisidir. Shoirning besh yirik dostondan iborat. “Xamsa” to`rt devonni o`z ichiga olgan “Xazoyinul maoniy” asari unga katta shuhrat keltirdi. U o`z asarlarida inson va insoniylikni ulug`laydi. Odamlar bir-biriga mehribon va jonkuyar bo`lib yashashlarini orzu qildi.
2-boshlovchi-Shoirning “Farhod va Shirin” dostoni kasb-hunar haqida u yoshlarning kasb-hunar egasi bo`lib, kamol topishini orzu qildi. Shoir halollik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik haqida ko`p asarlar yozgan.
1-boshlovchi-Mana 569-yildirki shoir asarlari insonlar qalbini to`lqinlantirib keladi.
1-o`quvchi-Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher,
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
2-boshlovchi-Har bir xalqning nomini shuhratini ellarga tanitib, ming yillarga olib o`tadigan buyuk insonlar bo`ladi. Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher deganda shoir qanchalar haq chindan ham uning qalamidan to`kilgan durdonalardan bahramand bo`lmagan xalq dunyoda qolmadi hisob.

-Navoiy bobomlar she`ri


1-o`quvchi- Hitot tuprog`ida voyaga yetgan
Qush tili yo`llarin munavvar etgan
Yillar to`zonidan sog`-omon o`tgan
Navoiy bobomlar, buyuk odamlar
2-o`quvchi-Xamsasi ko`ngilni shamdek yoritgan
Ona tilimizni yo`qdan bor etgan
Mag`ribu-mashriq ham iftixor etgan
Alisher bobomlar qutlug` qadamlar
3-o`quvchi-Dostonlari chiqmagay yoddan
So`rang, Majnun Qaddi shamshoddan
Navoiy bobomlar
Qutlug` qadamlar
4- o`quvchi-Mir Alisher otash zamondir
Umri boqiy omon-omondir
G`azallari fidoyi jondir
Navoiy bobomlar qutlug` qadamlar
1-boshlovchi-Alisher Navoiy haqida ustozlari “U so`z donolari orasida eng nodirlari” dan biri deya e`tirof etganlar.
1-o`quvchi-Darhaqiqat til millatning qalbi, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho xazina. Til umr bo`yi o`rganiladigan fandir.
2-o`quvchi-Tilimiz boy tilimiz sof go`zaldir
Biri maqol, biri matal masaldir
Dog` tushurmay avlodlarga eltaylik
Navoiyning ruhini shod etaylik.
-Bobomizning hikmatli o`gitlaridan tinglang.
1-o`quvchi-Bilmaganni so`rab o`rgangan olim
Zorlanib so`ramagan o`ziga zolim
2-o`quvchi-Oz-oz o`rganib dono bo`lur
Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur
3-o`quvchi-Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila
Aylamak bo`lmas ado oninghaqin yuz ila
4-o`quvchi-Tilini yo`qotishga
Mahkum bo`lgan odamdan
Baxtsizroq kimsa yo`q.
5-o`quvchi-Tilga ixtiyorsiz elga e`tiborsiz.
6-o`quvchi-Til bilgan-el biladi.
7-o`quvchi-Tiling birla ko`nglingni bir tut.
8-o`quvchi-So`zni ko`ngilga pishirmaguncha
Tilga keltirma.
9-o`quvchi-Og`ziga kelganni aytmak nodonning ishi
Oldiga kelganni yemak hayvonning ishi.
“Navoiy bobom”she`ri
1-o`quvchi-She`riyatning sultoni
Xamsa erur dostoni
Ezgulikning osmoni
Mening Navoiy bobom
2-o`quvchi-Tilga ham asos solgan
Dunyoni oldindan bilgan
Doim yurtparvar bo`lgan
Mening Navoiy bobom
3-o`quvchi-Sizla mag`rur qalbimiz
Ko`ksi osmon avlodmiz
Dilda mangu nomingiz
Mening Navoiy bobom
1-o`quvchi-G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish
2-o`quvchi-Boshni fido ayla ato boshig`a
Jismni qil satqa ano qoshig`a
Tun kuningga aylagali nur posh
Birisin oy angla, birisin quyosh
1-boshlovchi-Bugun oz bo`lsa ham Navoiy bobomiz ruhini shod eta olgan bo`lgan bo`lsak o`zimizni baxtiyor hisoblaymiz.
2-boshlovchi-Navoiy bobomiz bizning bobomiz. O`zbek xalqining buyuk shoiri va she`riyat mulkining sultonidir. Biz ham bobomizdek o`qish, ilm olish, o`rganish, komil inson bo`lishga harakat qilamiz.
3-boshlovchi-Har bir ishning yumushning oxiti bo`lganidek, bugungi Navoiy bobomizga bag`ishlab tayyorlangan bayram tadbirimizning ham nihoyasi ko`rinib qoldi. E`tiboringiz, ishtirokingiz uchun katta rahmat.
Download 88.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling