Navro’z bayrami tarixi


Download 12.88 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi12.88 Kb.
#1276077
Bog'liq
NAVRO’Z BAYRAMI TARIXI


NAVRO’Z BAYRAMI TARIXI.
Navro’z bayrami fors-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21-mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo’lgan paytga mos
keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko’ra, Navro’zning shakllanish davri – yeng qadimgi zamonlardan “zardushtiylik”ning raydo bo’lishigacha davom yetgan asrlarni o’z ichiga olgan yekan. Navro’z so’zi fors-tojik tilidan olingan
bo’lib “Yangi kun” degan ma'noni bildiradi. Qadim-qadimdan Navro’z xolis niyatli
kishilarnig sevimli ayyomi bo’lib kelgan. o’sha kunlarda hatto urush-janjallar ham
to’xtatilgan, gina-qudlar ham kechirib yuborilgan. Shohlar yel ichidan yeng munosib
kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o’tishgan. Bahor va yangi
ayyom har bir yurakdan joy olgan ushbu kun qanday paydo bo’lgan – degan savol tug'iladi
. Ushbu savolga Firdavsiy o’zining “Shohnoma”sida yangi yil bayramini shoh Jamshid
nomi bilan bog'laydi . Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida
odamlarga kasb o’rgatadi, temir yeritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim to’qitadi,
imoratlar barpo qiladi,tabiblik sirlarini ochadi, kema yasaydi, bog' bunyod qiladi.
Niihoyat taxt yasatib , unda osmonga ko’tariladi. Ushbu afsonaga ko’ra xuddi shu kuni
Navro’z nishonlangan. Buyuk bobomiz Mir Alisher Navoiy “Tarixi mulki ajaam”
asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari so’ngida ulug' Navro’zni ixtiro
qilinganligini bayon qiladi.
Navro’z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muhtasham qadriyatlarimizdan biri,
baynalminal bayramdir. Sharq xalqlarining yeng hayotbaxsh va qadimiy bayrami
Navro’zning qachon paydo bo’lgani xususida turli mulohazalar bildirilgan. Atoqli
olim Hodi Zarif Navro’zi olamning yoshini kamida uch ming yil, hatto undan ham
kattaroqdir deb hisoblaganida to’la haqli yedi. Zero X asrda Buxorolik olim
Narshaxiy, dehqonlarning Navro’zda aytiladigan Siyovush nomi bilan bog'liq
qo’shiqlari haqida gapirib, “Bu gaplar bo’lib o’tganiga hozir uch ming yildan ko’proq
vaqt o’tdi”,-deb yozadi .
Navro’z 21-martdan 22-martga o’tar kechasi “Qozon to’ldi” udumi bilan boshlanadi. Shu
oqshomda kechasi bilan ko’pchilik bo’lib sumalak va halim ham pishirilgan. Bu taomlar
qozoni yertasiga ochilgan. Shu o’rinda Sumalak tarixiga ham nazar solsak maqsadga
muvofiq bo’lar yedi.
Qadim o’tgan zamonlarda bir beva ayol bor yekan, kunlarning birida u ayolning uyida
bir siqim bug'doydan tashqari, boshqa iste'mol qiladigan narsa topilmapdi. U ayol
ham dono ayol yekan bu bug'doy yeyilgandan so’ng boshqa hech qolmasligini juda yaxshi
bilar yedi va o’sha bug'doyni yerga yekadi. Oradan bir necha kun o’tadi, baribir qahatchilik
o’z kuchini ko’rsatadi. Chunki uning farzandlari bir necha kundan buyon tuz ham totmagan
yedi. Ayol yesa majbur bo’lib yekilgan yekinni qayta yerdan olib qozonga soladi va kunu-tun
faqat qaynatadi. Bolalari bu qanday ovqat deb so’rashsha “yangi taom”- deb javob berar
va ishini davom yettiradi. Yarim tungacha qaynatib charchab uyiga borib uxlaydi . Bir
mahal shovqindan ayol uyg'onib ketadi. Shovqin yesa u pishirayotgan joydan kelarr yedi.
Asta borib qarasa o’ttiz farishta o’ynab , kulib, raqsga tushib, qo’shiq aytib qozonni
kovlar yedi. Ayol cho’chib ketib borib uxlaydi. Yertalab turib qarasa Sumalak tayyor
yekan. Anchadan buyon tuzuk ovqatlanmagan ayol va bolalari to’yib ovqatlanishadi . Shu
taqlid qahatchilikdan chiqishadi. Shu payt bolalar ushbu taom nomini so’rashadi va
ayolga o’sha o’ttiz farishta yodiga tushib ushbu ovqat turini “Si malak” ya'ni “o’ttiz
farishta” deb nomlaydi . Keyinchalik buni odamlar o’z tiliga moslashtirib “Sumalak”
deb nomlashadi. Aslida yesa bu taom “Si malak” dir, ya'ni fors-tojik tilidan tarjima
qilinganda “o’ttiz farishta” deb tarjima qilinadi.
Navro’zda qozon-qozon sumalaklar qaynashi –to’kin –sochinlik, dalalar serhosilligi,
mevaga to’la bog'lar saxovatidan dalolat beradi.
Mahmudov Mirsaid.
Termiz Davlat Pedagogika Instituti . Tarix fakulteti,
tarix yo’nalishi ikkinchi bosqich talabasi.
Download 12.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling