NAVRO'Z
Maqsad: o'quvchilarning qadriyatlarimiz to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularga Navro'z bayramining xalqimiz hayotida tutgan o'rnini tushuntirish: tevarak atrof, bahor o'simliklari va gullari haqidagi tasvvurlarni shakllantirish. Navro'z taomlariga ishlatiladigan ko'katlar bilan tanishtirish. Go'zallik va nafosatga mehrini orttirish.
Kerakli jihozlar: ko'k somsa, ko'k chuchvara, ko'k manti uchun ishlatiladigan ko'katlar, kuy-qo'shiqlar qo'yish uchun magnitofon.
Tadbirga tayyorgarlik: bolalar bilan birgalikda daladan ko'katlar terib kelish, bog'cha hovlisida joy hozirlab, dasturxon yozish, uning atrofiga kichkintoylarni o'tkazish, ko'katlar to'g'risidagi ma'lumotlarni, bayram haqidagi she'riy parchalarni yodlash.
Tadbirning borishi:
Sinf rahbari: Bolalar, biz siz bilan awalgi mashg'ulotlarda qadriyatlar to'g'risida suhbatlashgan edik. Qani, kim aytadi: qadriyat» deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |