Navro'z maqsad
O'quvchilar: Dehqonbobo, qachon kun sovushini aytib bering. Dehqonbobo
Download 20.03 Kb.
|
Navro'z senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqituvchi
O'quvchilar: Dehqonbobo, qachon kun sovushini aytib bering.
Dehqonbobo; Mayli, bolalarim, eshitinglar bo'lmasa. Chuvalchanglar yerga kirishsa, qaldirg‗ochlar balandlab uchsa, boy-o'g'lilar sayrasa, o'rdaklar cho'milishsa, g'ozlar boshini yashirib, tumshug'ini taqillatsa va bir oyog'ini qanotining ostiga tiqsa, bilingki, sovuq tushadi. Bundan tashqari, it qorga ag'anasa, sigir orqa oyog'ini taqillatsa, ertalab quyosh yuzini tuman qoplasa ham, sovuq tushishini anglatadi. O'qituvchi: Dehqonbobo, siz bu gaplarning hammasini tabiatni kuzatib o'rganganmisiz? Dehqonbobo: Yo'q, albatta, bobolarimizdan eshitganman, ularga qarab, ekin-tikinlarni rejalashtirganmiz. Tarbiyachi va bolalar Dehqonboboga minnatdorchilik bildirishadi. O'qituvchi: Endi, Dehqonbobo, yo'l bosib kelgansiz, damingizni oling, bolalarimiz sizga she'rlar o'qib berishadi. 1- o 'quvchi: Osmon tiniq ko'k shoxi, Oq bulut kezar gohi Gullarga ko'miladi Qandak o'rikning shoxi Bog'bon chiqar bog'iga, Cho'pon ketar tog'iga Bolarilar g'uvillab Qo'nar gul yaprog'iga Qushlar uchib keladi Shamol g'ir-g'ir yeladi Quyosh gullar yuzini Shu'lalarga beladi Suvlar shildirab oqar Qo'shig'i dilga yoqar. (Uyg'un) 2- o'quvchi: Yomg'ir, yomg'ir, yog'aver Yog'ib bo'lgin ming chelak Yomg'ir, yomg'ir, yog'aver Dalalarga sen kerak Yomg'ir, yomg'ir, yog' chaqqon, Bizlarga ham sen kerak Yog'ib o'tsang sen qachon Ko'rinar naykamalak (Aziz Abdurazzoq) O‘qituvchi sumalak to'g'risidagi rivoyatni so'zlab beradi. Bu orada sumalak suzilib, dasturxonga tortiladi. Dehqonbobo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar ularni birga baham ko'rishadi. O'qituvchi ko'kat terishda, ularni aniqlashda, chuchvara, somsa va manti tugishda o'rnak ko'rsatgan tarbiyalanuvchilarni rag‘batlantirib, ularga sovg'alar ulashadi. Sho'x musiqa yangraydi. Hamma raqsga tushadi va tadbir yakunlandi. Download 20.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling