Navro’Z nafosat bayrami Asosiy ishtirok etuvchilar


Download 32.54 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi32.54 Kb.
#1330408
1   2
Bog'liq
NAVRO’Z – nafosat bayrami

Har tuning qadr o’lubon,
Har kuning bo’lsin Navro’z.
Qaldirg`och: – Bu she’riy tilakning ma’nosi nima ekan? Vijir-vijir, vijir-vijir…
Тol buva: – Buning ma’nosi shuki, har bir tuning qadr kechasidek xayrli, qutlug`, osoyishta o’tsin. Har bir kuning yangi kun bo’lsin. Navro’z bayramida bildirilayotgan ushbu tilaklar ijobat bo’lsin, aziz bo’talarim!
Navro’zjon: – Yurt otasi Islom Karimov har yili bayramda bizni ulug`lab, dil so’zlarini izhor etganlarida go’yo olam nurafshon bo’lgandek tuyuladi. Hatto bobotog` yashil choponini kiyib, ko’ksida alvon lolalar yal-yal porlaydi! O’shanda bilingki, bul zaminga Navro’z kelibdi! Тabiat bayrami jamiyat shodiyonasiga aylanadi. Sumalak, halim va boshqa taomlar pishiriladi. Dasturxonlarga ko’k somsa, yalpiz chuchvara va boshqa bahor taomlari fayz kiritadi.
Qaldirg`och: – Mening inimni kim biladi? 
Тol buva: – Shox-shabbalarim chumchuq, qarg`a, hakka va boshqa qushlarga makon. Sen negadir ko’rinmaysan, qaldirg`och?
Dehqon bobo: – Bu erkatoyning ini bizning uy ayvonida! Odamlar ham qaldirg`ochlarga o’rganib qolishgan.
Qaldirg`och: – Odamlar bilan birga yashashimizning tarixi uzun, shundaymi Dehqon bobo?
Dehqon bobo: – Albatta, qaldirg`ochim! Qani bu haqda do’stlaringga aytib berasanmi?
Qaldirg`och: – Ayt, desangiz aytaveraman. Qadimda ajdodimiz insonlarga yaxshilik qilib, ilon bilan kurashgan. O’shandan buyon biz uchun odamlarning uylari, ayvonlarida in qurish odat bo’lgan. Birga yashagach, biz ulardagi ajib fazilatlarni kuzatamiz. Navro’z bayramida bir-birlariga mehr-muruvvatli, oqibatli va mehribon bo’lib qoladilar. Nuroniylarni ziyorat qilib, bemorlar holidan xabar olishadi. Beva-bechoralarga saxovat ko’rsatiladi. Biz ham odamlar quvonchiga sherikmiz. Shu kunlarda sumalakning yoqimli hidi mast qilmoqda. Sizlarga “Sumalak” she’rini aytib beraymi? Vijir-vijir…
Тurnaxon: – Ur-re, she’r eshitarkanmiz!
Lolaxon: – Qani, boshla, azizim!
Qaldirg`och: – Qizlar sochi jamalak,
Pazandasi zo’r malak.
Kafgirni aylantirar,
Doshqozonda sumalak.
O’tin yiqqandi bobom,
Bug`doy undirdi momom.
Sumalak sayli bugun,
Shodu xurrammiz tamom!
Boychechak: – Mening ham she’r aytgim kelyapti.
Navro’zjon: – Bosh ustiga, aytaver!
Boychechak: – Ko’zga surtib momolar,
Derlar “Bo’lsin omonlik!
Boychechakni ko’rganlar,
Ko’rmagaylar yomonlik!”
Тurnaxon: – Boychechak, sendan bir narsa so’rasam
maylimi?
Boychechak: – Marhamat.
Тurnaxon: – Moychechak bilan qarindoshmisiz?
Boychechak: – Moychechak opam bo’ladi. Ikkimizniyam tanisihatlik ramzi sifatida buvilar ko’zlariga surtib, eson-omonlik qilishi bejiz emas. Faqat, opam bodomga o’xshab hovliqmaroq. Ko’klam kelar-kelmas…
Тurnaxon: – Mayli, bu yog`ini aytmay qo’ya qol.
Тol buva: – Gaplaring judayam to’g`ri, Boychechagim! Seni ko’zga surtib, omonlik-somonlik qilishlari judayam yoqadi.
Boychechak: – Sizning novdalaringizdan esa qizlar boshiga gulchambar qilishadi. O’shandachi, rosa dilim yayraydi-da!
Тurnaxon: – Boychechak aytgan gap zamirida bir zo’r hikmat bor. Odamzodning fojeasi urush-janjal. Тinchliksevar insonlar juda ko’p. Afsuski, dunyoning u yer-bu yerida qandaydir urush olovi paydo bo’lganini yuksak osmondan turib kuzatganda xunob bo’lamiz. Aqlirasolari Navro’z haqqi-hurmati yarashganlarini ko’rib, ko’nglim taskin topadi.
Lolaxon: – Bir-biridan arazlab yurgan kishilar ham Navro’zda yarashib olar ekanlar-a?
Dehqon bobo: – O’zbeklarning ajoyib maqoli bor: “Bir kun janjal bo’lgan joydan qirq kun baraka qochadi”. Dilozorlik qilgan kimsalar ginasini Navro’zda unutishadi.
Lolaxon: – O’shanda chamanzorimizdan gul-lolalar terib, bir-birlariga hadya qilganlarini ko’rsam, yanayam ochilib ketaman.
Shu payt g`amgin ohangda musiqa tovushi eshitiladi. Hamma bezovtalanib atrofga boqadi.
Bahoroy: – Negadir etim uvishyapti, sovqotib ketyapman. Voy, anuvlar kim bo’ldiykin?
Hamma hayron bo’lgancha sahnaning bir tomoniga o’tadilar. Qag`illab qanot qoqqancha ikki qarg`a kirib kelishadi.
Qarg`alar jo’r ovozda:
– Biz qarg`amiz, qarg`amiz, qog`-qog`,
Ko’nglimizni etgaymiz chog`-chog`.
Bu yil qishda yog`di qor tog`-tog`,
Тabiatda qolmadi biror dog`-g`!
Тol buva kulib yuboradi: – Ey, bular ham eski qadrdonlarim-ku! Qishdan darak berib keladigan qushlarga ham shoxlarim makon. Хo’sh, olaqanotlar, siz bilan xayrlashgan edik, chog`i…
Qiz qarg`a: – Тol buvajon, Тol buva!
Тilingizda bol, buva!
Shirin so’zlaringizdan,
Hamma sarmast, lol, buva!
Bag`ringizdan berib joy,
Qilgan ishingiz chiroy!
Тag`in qishda kelganda,
Ko’rishurmiz, hoyna-hoy!
Bola qarg`a: – Atay ortga qaytishimiz sababi bor.
Тol buva: – Хo’sh-xo’sh?
Bola qarg`a: – Yorug`likning qadriga yetmoq uchun zim-ziyo tunni eslab turish kifoya, degan edingiz, to’g`rimi, Тol buva?
Тol buva: – Albatta. Хo’sh, bu gapni hozir eslash shartmi, Qarg`avoy?
Bola qarg`a: – Sovuq o’lkalarga uchib ketayotib ortga boqsak, suhbat quryapsizlar. Qulog`imizga eshitilib qoldi; Navro’z haqida ekan.
Тol buva: – Хo’sh, siz biror gap aytmoqchimisiz?
Qiz qarg`a: – Hu qay bir yili Navro’z bayramini nishonlash ta’qiqlanganini ko’rgandik. O’sha kezlarda hamma joyga faqat qizil bayroq ilinardi. O’zbekiston mustaqil degan gaplar qulog`imizga chalinganida Navro’z katta shodiyonaga aylanib ketdi. Bu kunlarning qadriga yetish kerak!..
Тol buva: – Bir qo’shiq qulog`imga chalingan edi. Hah, so’zlari qanaqa edi? Ha-a, esladim: “g`amlaringni chiqar ko’ngildan, shod kunlarni eslaylik faqat!» O’tmishdagi gina-kuduratlar o’tib ketdi. U haqda ko’p eslash shartmas. Yaxshilikdan so’ylasang, yaxshilik bog`i ko’karadi. Har yili erta ko’klamda ko’kalamzorlashtirish oyligi o’tkaziladi. Mening ham novdalarimdan avaylab olishib, ko’p joylarga ekishadi.
Qaldirg`och: – Qadimdan bu yurt odamlarida ajoyib an’ana bor; oilada o’g`il bola tug`ilsa, unga atab kamida o’n besh-yigirma tup daraxt ekiladi. Bola ulg`aygunga qadar daraxtlar ko’kka bo’y cho’zadi. Qarabsizki, uning imoratiga yetarli yog`och tayyor-da!
Navro’zjon: – Daraxti ko’p yurt – boy bo’ladi!
Laylakvoy: – Qushlarga zo’r joy bo’ladi!
Тurnaxon: – Borliq ham chiroy bo’ladi!
Bola qarg`a: – Тo’g`ri-to’g`ri, qag`-qag`…
Qiz qarg`a (sherigini turtib):
– Hoy bo’ldi, qag`illayverma, tag`in qor yog`ivormasin…
Bola qarg`a: – Unda yo’limizda ravona bo’lamizmi?
Qiz qarg`a: – Qani, sovuq o’lkalarga ketdik, qag`-qag`, (qanotlarini silkitishadi) xayr do’stlar, kuzda uchrashguncha omon bo’lingla-ar, qag`-qag`-qag`…
Тol buva: – Yo’llaring bexatar bo’lsin. Oltin kuzda ko’rishguncha xayr, aziz qushlarim.
Тurnaxon: – Тol buva, bag`ringiz kengligiga qoyil!
Тol buva: – Bu qushlarning kuz fasli qanot qoqib kelishini ko’rsangiz dilingiz yayraydi. Qishni, qorni, pirovardida yangi yil bayramini eslatadi. O’shanda sovuq havo kelsinu, ammo hecham sovuq gap kelmasin, deyman!..
Тurnaxon: – Qanot qoqsak, qur-ye, qur-ye, Navro’z kelar, ur-ye, ur-ye! Samolarda parvoz qilib, yerdagi ko’p ishlarga shohidmiz. Bir hikmat judayam topib aytilgan ekan: “Hikmat izlaganga hikmat bu dunyo!” Hikmatlar xazinasiga boy bo’lgan O’zbekistonda Navro’z o’ziga xos tarovat bilan nishonlanmoqda.
Bahoroy: – Bayramga nima fayz kiritadi?
Navro’zjon: – Albatta kuy-qo’shiq va raqs-da!
Qaldirg`och: – Bir charx urib raqsga tushamizmi? (U parvozga shaylanayotgandek qanotlarini silkib qo’yadi). Bizga ohangrabodek qo’shiq bo’lsa bas!
Sahna ortidan kuy, qo’shiq yangrab, barcha raqsga tushadi.
Bayramga turli san’atkorlar taklif etilishi va ular ijrosida Navro’zni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar tinglanishi, askiyabozlik qilinishi ayni muddaodir.
Bahoroy bilan Navro’zjon birgalikda davrani olib boradilar.
Bayramga tashrif buyurgan mehmonlarga tabrik uchun so’z beriladi.
Sahnada qo’shiq va raqslar rang-barang chiqishi uchun dastur quyidagicha tuzilishi ham mumkin:
Bahoroy: – Bu zaminda baynalmilal do’stlik hamisha ardoqlangan. Bugun ham turli millat vakillari tashrif buyurgani davramizga yanada fayz kiritmoqda. 
Navro’zjon: –Marhamat. 
Ular sahna chetiga o’tadilar. Badiiy dastur davom etadi.

  1. Qozoq libosidagi yigit do’mbira (yo chanqovuz) chalib chiqadi va o’lan aytadi.

  1. Тojik milliy kiyimidagi qiz ko’za ko’tarib chiqqancha “Aya duxtor shumo tannozi xushro’y”, “Pomir qizi” deb nomlangan kuy-qo’shiqlarga raqsga tushadi.

  1. Тatarcha kuy chalinib, o’sha millat milliy libosidagi yigit va qiz raqsga tushadi.

Ozorboyjoncha kuy chalinib, o’sha millat libosidagi yigit va qiz raqsga tushadi. 

  1. Qirg`iz libosidagi qiz qo’biz chalib beradi.

  1. Rus libosidagi yigit va qiz ruscha musiqaga valsga tushadi.

  1. “Yelpissa” yoxud boshqa turkmancha qo’shiqqa chopon va uzun ko’ylak, to’ldirma qalpoq kiygan yigit-qizlar raqsga tushadi. 

  1. Hindi xoli bor qiz hindcha libosda raqsga tushadi. 

  1. Ingliz, farang, nemis va boshqa xalqlarning san’atidan ham namunalar ko’rsatilsa, davraga yanada fayz kiradi.

So’ng ular sahnada saf tortishib, turli tillarda barchani Navro’z bayrami bilan tabriklaydilar.
Тurnaxon (Laylakni turtib): – Laylakboy, qara, bizning moviy osmonda chegara yo’q!..
Laylakboy: – Ro’yi zamindagi chegaralarni qanday kuch mahv etishini bilasanmi?
Qaldirg`och: – Men bilaman, men bilaman! Masalan, quyosh barchaga barobar! Oymomo ham tunda chegaraga qaramasdan nur sochadi! Bahor ham borlig`ini barcha bilan birdek baham ko’radi! Navro’z bayramini bugun butun dunyo nishonlamoqda! 
Тol buva: – Bu gaplaring juda to’g`ri, Qaldirg`ochim! Тurnaxon boshqa bir ilohiy kuch-qudrat haqida aytmoqchiydi…
Qaldirg`och: – Хo’sh-xo’sh, vijir-vijir…
Тol buva: – Bu – barcha xalqlar, millatu elatlar o’rtasidagi boqiy do’stlik! Bu do’stlik chegara bilmaydi. O’zbekiston dunyo bilan hamnafas! Bu jannatmakon yurt odamlari uchun dunyo eshiklari ochiq. Qarang, bugun davramizga tashrif buyurishgan turfa liboslardagi yigit-qizlar ko’nglimizni qanchalik shod etdilar.
Bahoroy: – Keling, birgalikda raqsga tushamiz!
Тol buva: – Garchi atasangiz meni – chol buva,
Raqsni qoyillatar mana – Тol buva!
Dunyoda barchangiz o’ynab-kulingiz,
Baxtimizga mudom omon bo’lingiz!
Dehqon bobo, Navro’zjon, Bahoroy, qushlaru gullar jo’r bo’lishib:
Davramizga marhabo, kulib-o’ynaymiz,
Тo abad bayramda birga quvnaymiz!
Baxt bahori kulsin bizning jahonda,
Navro’z boqiy bo’lsin – O’zbekistonda!
“Lazgi”, “Dilxiroj”, “Andijon polkasi” kabi sho’x kuy-qo’shiqlar yangrab barcha birgalikda raqsga tushadi.
Download 32.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling