Назар эшонқулнинг “Қора китоб” тагига чизибўқиладигансатрлар


Download 313.63 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi313.63 Kb.
#1156834
Bog'liq
NAZAR ESHONQULOV

НАЗАР Эшонқулнинг “Қора китоб” тагига чизибўқиладигансатрлар

Назар Эшонқулнинг “Қора китоб” қиссасида инсон маънавияти масаласи етакчи ўринда туради. Асарни ўқир экансиз, унинг қаҳрамони билан юзма-юз мулоқот қилаётгандай бўласиз. Қиссада қаҳрамонлар ҳаётидаги воқеликлардан кўра улар руҳиятидаги, тафаккуридаги тезланиш кучли эканини англайсиз. Шунингдек, қисса қаҳрамони бир пайтнинг ўзида ҳам гуноҳкор банда, ҳам шу гуноҳкорнинг қораловчиси, ҳам жабрдийда шаклида намоён бўлади. У фаол, ўзини англаб етгани, ҳаёт йўли ҳақида якуний хулосага келгани билан бошқалардан кескин фарқ қилади. Асар мутолааси давомида китобхон қаҳрамоннинг “мен”и нега шу аҳволга тушганини тезда англаб олиши қийин. Воқеаларнинг фавқулодда, кескин ва содир бўлиши эса асарни янада ўқишли қилади. Ниҳоят, асар қаҳрамони қаерда хатога йўл қўйганини англаб етади. Аммо ҳаётини ўзгартиришга қурби етмаслиги, вақтни ортга қайтара олмаслигини билгач, ўзи каби миллионлаб инсонларни хато йўлдан тийишга чоғланади

Nazar ESHONQUL OG’RIQ LAZZATI

Nazar Eshonqul 1962 yil 15 iyunda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlog’ida tug’ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986). Dastlabki asari — «Urush odamlari» 1988 yilida nashr etilgan. Shundan so’ng yozuvchining «Momo ko’shiq», «Maymun yetaklagan odam», «Shamolni tutib bo’lmaydi», «Momo qo’shiq» va boshqa asarlari nashr etilgan. «Go’ro’g’li» romanining jurnal varianti e’ln qilingan. Xuan Karlos. Onettining «Hikoyalar va qissalar»ini, Alber Kamyuning «Esselar»ini, Chexovning «Boloxonali uy» hikoyasini va boshqa ko’plab dunyo adabiyoti namunalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.


“ Qora kitob” haqiqatlari
O`tkan vaqt oralig`ida qo`limga Nazar Eshonqulning “Qora kitob” asari tushib qoldi. Avval bu ijodkor qalamiga mansub “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi bilan tanishib chiqqan edim va bu mitti hikoya meni naqd bir hafta ulkan olamidan chiqarib yubormadi. Asarning ruhiy olami chindan ham juda og`ir. Suratlarning tasviri shu darajada aniq va nozik chizib berilganki, men ana shu sur`atlarni haqiqatda ko`rganman. “Qora kitob”da ham bu kabi ruhiyat nafasi ufurib turadi. Yetmishga yaqinlashib qolgan asar qahramoni inosn, muhabbat, axloq, ezgulik va yovuzlik kabi azaliy savollarga javob topolmagan professor. Asarda insoniyat yaratilishi xususan, odam ato va momo havoning yerga yuborilishi, ularning xatolar, Otaning o`g`illari osilishi, insonni hayvondan ajratib olish uchun boshlangan yalpi harakat haqida mulohaza qiluvchi qahramonimiz bu buzulgan dunyonni butunlay to`g`rilamoqni ihtiyor qiladi. Buni uning so`zlaridan ham bilish mumkin. “Men odamzodni o`rab olgan yovvoyi va yovuz muhitni so`zlarim va orzularim bilan tor-mor qilmoqchi edim. Adolat odamlarining yashash tarziga aylanmog`i, odamzod gunoh bo`yintunrug`idan, tavqi-la`natda butkul xolos bo`lmog`i kerak edi.”
Download 313.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling