Nazariy asoslari
Download 33.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq12-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa ko`rinishlari.
12 MAVZU; AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA`MINLASHNING G`OYAVIY NAZARIY ASOSLARI. Reja: 1.Yoshlarda media maydon va, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish. 2. Axborot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv. 3. Ta`limda media savodxonlik va axborot madaniyatini qo`llash metodlari. 4.Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa ko`rinishlari. Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu orqali tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda foydalanuvchilar qo’llab-quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir. Yoshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o’zidan olisda bo’lgan yaqinlari bilan muloqotda bo’lib turadi, yangi do’stlar orttiradi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham mumkin. Ammo interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin emas. SHuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim. Ko’plab yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi. Download 33.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling