Nazariy asoslari


Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi


Download 33.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.03.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1313587
1   2
Bog'liq
12-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari

1. Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. 
Kommunikatsiyaning mobilligi deganda “ko’p kanallilik” tushuniladi. YOshlar vaziyat 
va o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi.
2. Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi.
Foydalanuvchilar ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: 
qaysi videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va h.k. 
YOshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. Natijada esa 
parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning buzilishi ehtimoli yuzaga 
keladi.
 3. Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi 
Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ 
yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda 
oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi.
4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi.
Bir vaqtning o’zida medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning 
o’zida radio tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin.


 5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi.
Deyarli barcha o’smirlarning qo’lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer 
bo’ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib 
bermoqda. Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol 
misol bo’la oladi. 
Esa Linna Yuvyaskyulya shahri (Finlyandiya)ning yoshlar bilan ishlash bo’limi vakili 
sifatida har oyda Painovirhe nomli veb- jurnal chop etadigan o’smirlar bilan ishlaydi. O’smirlar 
jurnalning har bir soni uchun maqolalar yozadi, fotosurat va videomahsulotlar tayyorlaydi. Veb-
jurnalda turli konsert, kitoblar va albomlar haqidagi sharhlar, o’smirlar hayotiga doir maqolalar, 
she’rlar, hikoyalar, videomahsulotlar va mahalliy yoshlar kengashi faoliyati haqidagi yangiliklar 
e’lon qilinadi. Esa ko’p yillardan buyon turli maktablar bilan hamkorlik qiladi. Uning bundan 
ko’zlagan maqsadi - jurnal uchun tashabbuskor, yangiliklarga o’ch yangi muharrirlarni topish, 
shuningdek, o’qituvchilarni yoshlar bilan ishlash bo’limi amalga oshirayotgan mediata’lim 
sohasidagi faoliyat bilan tanishtirishdan iboratdir. Quyida Esadan olingan intervyudan parcha 
keltirilgan: 
– Maktablar bilan hamkorligingiz haqida gapirib bersangiz? 
– O’qituvchilardan biri mendan o’zi ishlaydigan maktabga kelib, Painovirhe veb-jurnali 
haqida o’quvchilarga gapirib berishimni iltimos qildi. Men yonimga ikki nafar muharrirni olib 
maktabga bordim va tasviriy san’at o’qituvchisi bilan birgalikda video-dars ishlanmasini 
tayyorlab, mashg’ulot o’tkazdik. O’quvchilarga biz bilan ishlash juda qiziqarli bo’ldi. Bundan 
tashqari, men ota-onalar majlisiga kelib, ularga yoshlarning mediamadaniyati haqida gapirib 
berdim. Fikrimcha, hamkorlik maktab uchun ham, yoshlar markazi uchun ham birdek foydali 
bo’lishi uchun tutash nuqtasini topib olish juda muhim. 
– Hamkorlik jarayonida muammolarga ham duch kelganmisiz?
– Umuman olganda, muammolar bo’lmaydi, faqat maktab dars jadvalidan kurs uchun 
bo’sh vaqt topish mushkullik tug’diradi. YOshlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis sifatida 
aytishim mumkinki, maktablarda dars jadvali nisbatan tig’iz va sinfdan tashqari soatlarga 
ajratilgan vaqt cheklangan bo’ladi. Hamkorlikdagi loyihalarni diqqat bilan rejalashtirish va 
baholash zarur, chunki medialar bilan ishlash uchun qo’shimcha vaqt kerak, o’quvchilarni 
boshqa sinfda navbatdagi dars kutib turganda ishlash imkoni bo’lmaydi. YOshlar tarbiyachisi 
bilan o’qituvchi mehnatini oldindan ajratib olish, jalb qilingan o’quvchilar bilan kelishib ishlash 
lozim bo’ladi. 
– Sizningcha, bunday hamkorlik maktab va yoshlar markaziga qanday afzalliklar beradi? 
– Fikrimcha, maktabga ham, yoshlar markaziga ham foydali bo’lgan faoliyat turlarini 
topish joiz. Maktablar bilan hamkorlik tufayli yoshlar markazlari o’zlari qamrab ololmagan 
o’smirlar bilan muloqotga kirishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Pirovardida, ushbu o’smirlarning 
ba’zilarini bizning markazimiz faoliyati qiziqtirib qolishi va ular kelgusida tahririyat ishlarida 
qatnashishi mumkin. 
– Nima uchun maktablar yoshlar markazlari bilan hamkorlikka intilishlari kerak?
– Rostdan ham maktablar bunday hamkorlikdan foyda ko’rishi mumkin, chunki ular qo’shimcha 
ishchi kuchiga va mediata’lim borasida tajribaga ega bo’ladi. O’qituvchilar va yoshlar 
tarbiyachilari mediata’lim sohasida yagona jamoa bo’lib ishlashi mumkin. Bundan tashqari, 
bunday hamkorlik o’quvchilarni chin ma’noda ruhlantiradi, zero ularga media qurilmalar bilan 
ishlashga, mediakontent yaratishga va birgalikda faoliyat olib borishga ruxsat beriladi. 


O’quvchilar bilan ishlashdagi bunday tajriba mamlakatimizdagi talabalar auditoriyasi bilan 
ishlashda ham qo’l kelishi mumkin. Bu ortiqcha xarajat va kuch sarflamay yoshlarni o’zining 
mediamahsulotini yaratishga ruhlantirish mumkinligining yorqin misolidir. 
Mediaauditoriya – OAVning, shuningdek ommaviy axborot taqdim etuvchi boshqa 
manba va yetkazib beruvchilarning mahsulotidan har kuni foydalanadigan aholi, bolalar va 
kattalar hisoblanadi. Mediaauditoriyani o’rganishning ikkita an’anaviy usuli mavjud. Birinchi 
usulda mediamahsulotdan foydalanuvchi barcha iste’molchilar, yoki media va kommunikatsiya 
sanoati o’zi uchun “maqsadli auditoriya” deb hisoblaydiganlar o’rganiladi. Ikkinchi yondashuv 
esa qabul qilish nazariyasiga asoslangan, ya’ni auditoriya tarkibiga media va axborotni qabul 
qilish va talqin etishning faol ishtirokchilari kiritiladi. Bundan tashqari, ushbu maqsadlarda 
faoliyat nazariyasi ham qo’llaniladi, ya’ni media bilan faol o’zaro hamkorlik va ishtirok tahlil 
qilinadi. Ayniqsa, iste’molchilar tomonidan kontent yaratilishi o’rganilganda shu jihatga alohida 
e’tibor qaratiladi. 
Maqsadli auditoriya o’z ichiga yoshi, jinsi, daromadi miqdori yoki qiziqishlari kabilarga 
ko’ra umumiy tavsiflarga ega bo’lgan o’quvchi, tomoshabin va tinglovchilarni qamrab oladi. 
Bular aniq guruh bo’lib, unga mo’ljallab media va boshqa tashkilotlar kontent yaratadi va o’z 
yangiliklarini taklif etadi. Masalan, reklama beruvchilar o’ziga muayyan auditoriyaga chiqish 
(ta’sir ko’rsatish) imkonini beradigan efir vaqti yoki joyni sotib olishdan manfaatdor bo’ladi. 
Xususan, televideniye sohasida reklama beruvchilar praym-taym (eng qiziqarli dasturlar efirga 
uzatiladigan) vaqtini sotib olishni ma’qul ko’radi. 
Har safar mediamatnni o’qigan yoki tinglagan vaqtimizda bizga ma’lum bir medianing 
maqsadli auditoriyasi sifatida qarash mumkin. Bizning munosabatimiz shaxsiy ijtimoiy bilim va 
tajribamizga tayanadi, biz ularni mazkur matnni anglash jarayonida qo’llaymiz. Biz mediadan 
xabar yoki axborot qabul qilganimizda uni o’z dunyoqarashimiz va mafkuramizdan kelib 
chiqqan holda talqin etamiz. SHunday bo’lishi ham mumkinki, matnning ma’lum bir qismini 
qabul qilish, boshqa unsurlarini rad etish orqali ham uning ahamiyatini buzib yuborishimiz 
mumkin. Film yoki fotosurat mohiyatining tuzilishi (kamera rakursi, surat ko’rinishi, redakturasi 
va boshqalar vositasida) ham auditoriya tomonidan turlicha talqin qilinishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Raqamli medianing keng tarqalishi urg’uning bosma va efir orqali tarqatiladigan axborot 
uchun xos bo’lgan an’anaviy “bitta–ko’pchilikka” kommunikatsiya modelidan “o’zaro teng” 
muloqot modeliga ko’chishiga sabab bo’ldi. Bunda jamoaviy ijod va kontent almashinuvi, ya’ni 
media bilan va media vositasida turli o’zaro munosabatlar osonlashadi. Raqamli kontent ko’pdan 
ko’p qurilmalar, radio, televideniye, shaxsiy kompyuterlar, eng muhimi esa, uyali telefon orqali 
ommabop bo’lib bormoqda. Aynan uyali telefon kontentning barcha turlarini yetkazib berishda 
yetakchi vosita sifatida alohida o’rin egallamoqda. Ovozni, tasvirni, tovushni va ma’lumotlarni 
raqamlashtirish hamda ularning konvergensiyasi auditoriyalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda 
yangi ufqlarni ochib bermoqda. Bundan tashqari, onlayn kommunikatsiya va texnologiyalari 
foydalanuvchi kontentini yaratish hamda auditoriyaning mediakontent yaratishda ijodiy ishtiroki 
uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Masalan, endi yangilik-xabarlarga va ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalarga munosabatni interfaol tarzda bildirish mumkin. Internet vositasida 
O’zbekistonda ham fuqarolar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar faollashib bormoqda. Aynan Internet aholiga hokimiyat organlari va fuqarolik 
jamiyati institutlari faoliyati xususidagi axborotni tezkor uzatish, turli tashkilotlar tomonidan 
ijtimoiy ahamiyatga ega interfaol xizmatlarni amalga oshirish imkonini bermoqda.

Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling