MUNDARIJA
Kirish
I bob O 'quvchi bilimini tekshirish va baholashning nazariy asoslari.
1.1 Nazariy bilim va amaliy bilimlarni baholash
1.2. Baholash tamoyillari va shakllari.
1.3 Ta'lim maqsadlariga erishilganligini baholash.
1.4 Baxolash xatoliklari.
II bob: Ta'lim muassasalarida baholash mezonlarini olib borilishi.
2.1 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida olib boriladigan baholash mezonlari.
2.2 Akademik litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'quvchilar bilimini baholash yo'llari.
2.3 Oliy o'quv yurtlarida talabalar bilimini baholash mezonlari va texnalogiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Kurs ishing dolzarbligi. Bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida o'zgarishlar, jahon standartlariga javob berish uchun jadal rivojlanishlar yuz bermoqda. Jumladan ta'lim tizimida ham. Davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 24 dekabrda oily ta'lim tizimini tub ijobiy o'zgarishlarga olib keladigan oily ta'lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy boshqaruvda mustaqillik berish borasida ikkita tarixiy qaror imzolandi. Bu esa o'z navbatida, oily ta'lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.
Baholash ta'lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Ta'lim sifatini hamda o'quvchilarni bilim darajalarini doimiy ravishda nazorat qilib borish ta'lim jarayoniga muhim yangiliklar kiritishga asoas bo'ladi. Bugungi kunda yangi tizim asosida baholashning turli shakllari ishlab chiqilgan va talim jarayoniga taqdim etilmoqda.
Baholash deganda biz bolaning hozirgi yutuqlarini, oldingi yutuqlari, bilan taqqoslash jarayonini va o'quv natijalarini amaldagi o'quv standartlari tomonidan belgilangan normalar bilan o'zaro bog'liqligini tushunamiz.
O’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda uning og’zaki nutqiga uyga vazifalarini qay darajada bajarganligiga, yangi materiyalarni o’rganish faoliyatini, mustaqil hamda yozma amaliy ishlarini qay darajada bajarganligini nazarda tutish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |