Nazariy dars rejasi №1


Hindiston va Hindixitoydagi ahvol


Download 320.68 Kb.
bet5/22
Sana05.01.2022
Hajmi320.68 Kb.
#230348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-kurs 1-mavzu

Hindiston va Hindixitoydagi ahvol

Tez orada Xindixitoyda xam qarama-qarshilik o’chog’i vujudga keldi. Bunga SSSR va XXR ning yer yuzi mintaqa xalqlari milliy-ozodlik urushini qo’llab-quvvatlashi xamda ularni o’z ta’sir doiralarida saqlab turishga intilishlari sabab bo’ldi. CHunonchi, 1945 yil 2 sentabr kuni Vetnam De­mokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Xokimiyat tepasiga kommunistlar kelishdi. Bu xol Frantsiyani tashvishga solib qo’ydi. U o’z mustamlakachilik tartiblarini tiklash maqsadida Vetnamga qarshi urush xarakatlarini boshladi. Laos va Kambojada mustamlaka tartibini tikladi. Xindixitoy xalqlari frantsuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushi boshladilar. Bu urush 1954 yilda g’alaba bilan yakunlandi.

1954 yilning aprel iyul oylarida Jenevada Xindixitoyda tinchlik o’rna­tishga bag’ishlangan konferentsiya bo’lib o’tdi. Frantsiya Xindixitoy davlatlarining mustaqilligini tan oldi va o’z qo’shinlarini bu xududdan olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda Vetnam 2 davlatga (SHimolda Vetnam Demokratik Respublikasi, janubda-Vetnam Respublikasi) bo’lindi. Bu davrda AQSH yer sharining turli minqtalarida o’z ta’sir doirasini kn­chaytirish uchun jon-jaxdi bilan xarakat qilardi. SHu maqsadda u 1951 yilda ANZYuS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH ishtirokida), 1954 yilda SEATO (AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Avstraliya, Yangi Ze­landiya, Pokiston, Tailand, Filippin ishtirokida), 1955 yilda SENTO (Eron, Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) xarbiy-siyosiy bloklarini tuzdi. AQSH kommunistlar xukmronligidagi yagona Vetnam davlati vujudga kelishiga aslo toqat qila olmas edi. SHu maqsadda SHimoliy Vetnamni jilovlab qo’yishga baxona qidira boshladi. Tez orada bunday baxona topildi xam. 1964 yilning avgust oyida VDR ning xarbiy-dengiz kuchlari Tonkin qo’ltig’iga kirgan AQSH xarbiy kemalariga xujum qildi. AQSH bu voqeani o’ziga qilingan agressiya, deb baxoladi. AQSH samolyotlari VDR xududini bom­bardimon qilishni boshladi. 1965 yildan boshlab esa AQSH qurolli kuchlari VDR ga qarshi urush xarakatlarini boshlab yubordi. Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Urush xarakatlari 8 yil davom etdi. AQSH Vetnam xalqining irodasini buka olmadi. Nixoyat, 1973 yilning yanvar oyida Parijda Vetnamda urushni to’xtatish va tinchlikni tik­lash to’g’risidagi bitimlar imzolandi. AQSH Vetnamdan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo’ldi. U qo’llab-quvvatlayotgan Janubiy Vetnam xukumati 1975 yilda quladi. 1976 yilning 2 iyulida Vetnam yagona davlatga birlashdi. Bu xodisa AQSHning Xindixitoydagi jiddiy mag’lubiyati edi.

50 yillarda Yaqin SHarq G’arbning buyuk davlatlari va SSSR o’rtasidagi keskin qarama-qarshilik maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarini, AQSH esa Isroilni qo’llab­-quvvatlashni yangi kuch bilan davom ettirdi. 1952 yilda amalga oshirilgan inqilob natijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo’lgan monarxiya ag’darildi.1956 yilda esa MisrSuvaysh kanaligi milliylashtirdi. Bunga chiday olmagan Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Frantsiya va Isroil xam qatnashdi. BMT va SSSRning qat’iy pozitsiyasi tufayli agressiya to’xtatib qolindi. SHu tariqa 3 davlat agressiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada Buyuk Britaniya va Frantsiyaning pozitsiyalariga katta putur yetdi. Ayni paytda Yaqin SHarqda SSSR ning obro’si ko’tarildi. 1958 yilda Iroqda monarxiya ag’darildi. SHunday sharoitda Eyzenxauer doktrinasi ilgari su­rildi. Unga ko’ra, Yaqin SHarqda endi AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya o’rnini to’ldirish kerak edi. Bu xodisa SSSR ning G’arb davlatlari bilan munosabatlarini. Yanada keskinlashtirib yubordi. «Sovuq urush» vasvasasi kuchaydi.



Download 320.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling