Nazariy dars rejasi №1


Download 320.68 Kb.
bet8/22
Sana05.01.2022
Hajmi320.68 Kb.
#230348
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
2-kurs 1-mavzu

Tinchlik uchun kurash

«Karib inqirozi» buyuk davlatlarni yadro qurollari masalasida extiyotko­rona siyosat yuritishga majbur etdi. Buning aks sadosi o’laroq, 1963 yilning 15 avgustida Moskvada SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o’rtasida «Atmos­ferada, fazoda va suv ostida yadro qurollari sinovini taqiqlash to’g’risida» shartnoma imzolandi. Biroq bu shartnoma ular o’rtasidagi dushmanlik munosabatini zarracha kamaytirgan emas. Aksariyat, mintaqaviy mojarolar SSSR-AQSH munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Bunday mintaqaviy yirik mojaro 1967 yilda ro’y bergan arab-isroil urushi edi. Atigi olti kun davom etgan bu urushda Isroil armiyasi Misr, Iordaniya va Suriya armiyasini tor-mor keltirdi. Isroil bu davlatlar xududlarining bir qismini bosib oldi.

Yangi urush xavfining kuchayishi tinchlik tarafdorlarini birlashishini taqozo etgan. Mashxur fan va adabiyot arboblari tashabbusi bilan tinchlik tarafdorlarining xalqaro xarakati vujudga keldi. 1948-1949 yillarda ko’pgina mamlakatlarda tinchlik uchun kurashchilarning milliy qo’mitalari tashkil etildi. 1949 yilning aprel oyida Parij shaxrida tinchlik tarafdorlarining birinchi butunjaxon kongressi o’tkazildi. Kongress «Tinchlikni kutib tur­maydilar, tinchlikni kurash bilan qo’lga kiritadilar» shiori ostida o’tdi. Tinchlik uchun kurash turli irq va millatlarga, siyosiy va diniy qarashlarga mansub millionlab kishilarni birlashtirdi. Kongress jaxon Tinchlik Kenga­shini (JTK) tuzdi. Kengash doimiy qo’mitasi raisligiga atoqli frantsuz atomchi olimi, fashizmga qarshi kurash ishtirokchisi F. Jolio-Kyuri saylandi. Doimiy qo’mita 1950 yilda mashxur Stokgolm chaqirig’ini qabul qildi. Bu atom qurolini taqiqlash xaqidagi chaqiriq edi. Bu chaqiriqni 500 mln dan ortiq odam imzoladi. JTK 1951 yilda buyuk davlatlar o’rtasida «Tinchlik pakti» ni imzolash to’g’risida murojaat qabul qildi. Uni 600 mln dan ortiq kishi imzoladi. 1955 yilda esa «Atom urushini» tayyorlashga qarshi jaxon xalqlariga murojaat qabul qildi. Uni 650 mln dan ortiq kishi imzoladi. Bu murojaat barcha mamlakatlarda atom quroli zaxiralarini yo’qotishni va uni ishlab chiqarishni darxol to’xtatishni talab qilgan edi. Keyinchalik yadro quroli xavfi xususida xalqaro shartnomalarning imzolanishida, tinchlik xarakati­da JTK xam muxim rol o’ynagan. 1986 yil oktyabrda Kopengagen shaxrida (Daniya) tinchliksevar kuchlarning xalqaro tinchlik yiliga bag’ishlangan jaxon kongressi o’tkazildi. Kongress «Tinchlikni va insoniyat kelajagini saqlab qolaylik» shiori ostida o’tdi. Kongress ishida jaxonning 136 mamla­katidan 2,5 mingga yaqin delegat qatnashdi. Kongress «Kopengagen chaqirig’i» nomli xujjatni qabul qildi. Unda yadro quroli poygasini to’xtatish, kosmosda yadro quroli bo’lishiga yo’l qo’ymaslik talab etilgan edi.

1961 yil 1-6 sentabr kunlari Belgrad shaxrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferentsiya tufayli «Qo’shilmaslik xarakati» deb atalgan xarakat vujudga keldi. Xo’sh, Bu qanday xarakat edi? Bu-turli tizimdagi davlatlarning tinch-totuv yashashi tarafdori bo’lgan, mustamlakachilikning batamom va abadiy barxam topishi uchun kurashadigan, xarbiy-siyosiy bloklarga qo’shilmaydigan, ularni qoralaydigan, yadro qurolining taqiqlanishi, dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan xarakat edi.



Download 320.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling