Nazariy elektrotexnika


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1668297
1   2   3   4   5
Bog'liq
NAZARIY ELEKTRO TEXNIKA AMIROV

 
 
 
Mas‘ul muharrir: texnika fanlari doktori, professor Amirov S.F. 
 
Taqrizchilar: Toshkent temir yo„l muhandislari instituti “Elektr aloqa 
va radio” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Holiqov A.A. 
Toshkent Davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” 
fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent Abidov Q.G‘. 
Toshkent Davlat texnika universiteti “Elektrotexnika va kasb ta‟limi 
(energetika)” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent 
Begmatov Sh.E. 
 
ISBN 978 – 9943 – 975 – 04 - 01 
© Toshkent temir yo„l muhandislari instituti, 2016 yil.
© Amirov Sulton Fayzullayevich, 2016 yil. 
Kitobxon.Com



SO‘ZBOSHI 
“Nazariy Elektrotexnika” fani elektrotexnika, elektr energetikasi, 
radioelektronika, elektr aloqa va avtomatika sohalariga oid ta'lim 
yo„nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun tayanch 
umumkasbiy fanlaridan biri hisoblanadi. Bu fanning asosiy masalasi turli 
elektrotexnik qurilmalarda sodir bo„ladigan elektromagnit hodisalar va 
jarayonlarni sifat va miqdor tomonidan o„rganishdir. 
"Nazariy 
Elektrotexnika" 
fanidan 
o„quv 
qo„llanma 
"Elektrotexnikaning nazariy asoslari" nomi bilan O„zbekiston Respublikasi 
Oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi grifi asosida 2007- yilda chop etilgan 
edi. O„tgan davr mobaynida kitob respublikamizdagi tegishli texnika oliy 
o„quv yurtlari professor-o„qituvchilari va talabalari muhokamasidan 
o„tkazildi hamda ularning o„quv qo„llanma sifatini yanada yaxshilashga 
oid fikr-mulohazalari atroflicha o„rganildi va tegishli tuzatishlar hamda 
qo„shimchalar kiritildi. Jumladan, kitob “Elektr filtrlari” va “Passiv 
ikkiqutbliklar 
va 
to„rtqutbliklar 
sintezi” boblari va nazariy 
elektrotexnikaga oid asosiy atamalar va tushunchalar izohli lug„ati 
(Glossariy) bilan to„ldirildi. 
Oliy ta'limning fan dasturi asosida yozilgan ushbu darslikda 
talabalarda nazariy elektrotexnika bo„yicha zarur va yetarli bo„lgan 
tayanch tushunchalar, elektr va magnit zanjirlaridagi fizik qonunlar va 
hodisalarning o„ziga xos xususiyatlari har tomonlama bayon etilgan. 
Kitobdagi materiallar hozirgi zamon elektr energetikasi va 
elektrotexnikasiga asoslangan bo„lib, ularning texnik yechimlari esa xalq 
xo„jaligida tobora keng qo„llanilayotgan mashinalar, jihozlar, uskunalar, 
ular asosida ishlayotgan avtomatlashgan texnologik majmualar elektr va 
magnit zanjirlarining xossa va xususiyatlarini o„rganishga bag„ishlangan.
So„nggi yillarda elektrotexnikadagi tayanch tushunchalar va ta'riflarga 
Davlat standartlari seriyasi chiqarildi, xorijda ushbu fan va unga yaqin 
bo„lgan o„quv adabiyotlari mazmun va mohiyatini chuqur o„rganish 
natijasida oliy o„quv yurtlari fan dasturlariga jiddiy o„zgartirishlar kiritildi. 
Oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlarida elektrotexnik fanlarning o„qitilish 
jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalari keng joriy 
etilmoqda. Bu borada darslik mazmuni elektrotexnika, energetika va 
avtomatika sohalariga oid ta'lim yo„nalishlarining O„zbekiston 
Respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
takomillashtirilgan Davlat ta'lim standartlarida "Nazariy Elektrotexnika" 
faniga qo„yilgan talablarga moslashtirildi. 
Darslikda keltirilgan nazorat savollari talabalarning mustaqil ta'lim 
olish va fikrlash qobiliyatini o„stirish uchun xizmat qiladi. Keltirilgan 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling