Nazariy elektrotexnika


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1668297
1   2   3   4   5
Bog'liq
NAZARIY ELEKTRO TEXNIKA AMIROV

Kitobxon.Com



masalalar nazariy ma'lumotlarni mustahkamlashga hamda ularga amaliy va 
mantiqiy yondashishga va texnik idrokning o„sishiga yordam beradi. 
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir soha va 
yo„nalishda elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. Shu 
sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo„llay 
bilish nafaqat elektrotexnik xodimlar, balki turli soha mutaxassislari va 
xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini ta'minlashda katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu 
darslikni 
tayyorlashda 
respublikamizda 
chop 
etilgan 
adabiyotlardan tashqari, sobiq ittifoq markaziy texnika oliy o„quv 
yurtlarining yetakchi olim-pedagoglari tomonidan tayyorlangan ko„pgina 
darsliklar, hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo„shma 
Shatlari, Germaniya, Fransiya, Hindiston va boshqa chet el mamlakatlarida 
chop etilgan adabiyotlar, sohaga oid monografiyalar, dissertatsiyalar, joriy 
qilingan Davlat standartlari hamda nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar 
materiallaridan unumli foydalanildi.
Darslikning dastlabki nusxasini o„qib chiqib, uning sifatini yaxshilash 
bo„yicha o„z fikr-mulohazalarini bildirgan Toshkent temir yo„l 
muhandislari instituti “Elektr aloqa va radio” kafedrasi mudiri, texnika 
fanlari doktori, professor A.A. Holiqovga, Toshkent Davlat texnika 
universiteti “Elektronika va avtomatika” fakulteti dekani, texnika fanlari 
nomzodi, dotsent Q.G„. Abidovga, shu universitet “Elektrotexnika va kasb 
ta‟limi(energetika)” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent 
Sh.E. Begmatovga hamda qo„lyozma materialni kompyuterda terishda 
yaqindan yordam bergan “Temir yo„llar elektr ta‟minoti” kafedrasi 
assistenti O.T. Boltayev va T.N. Badretdinovichlarga, shu kafedra 
magistrantlari N.R. Yuldashev va U.Sh. Mamadaliyevlarga mualliflar 
samimiy minnatdorchilik bildiradilar. 
Darslik tasdiqlangan fan dasturi doirasida yozilganligi bois ko„p 
mavzular hajmi chegaralangan va “Nazariy Elektrotexnika” fanidan davlat 
tilida, lotin alifbosida yozilgan dastlabki asarlardan bo„lganligi sababli 
kamchiliklardan holi emas, albatta. Tegishli sohalarning mutaxassislari, 
talabalar va umuman o„quvchilar fikr-mulohazalari asosida darslikning 
keyingi nashrlari mukammalroq bo„ladi, degan umiddamiz. 
Ushbu kitob O„zbekistonda elektrotexnika va avtomatika sohalariga 
oid yo„nalishlar bo„yicha ilmiy maktablar yaratgan va ko„pgina olimlarni 
tarbiyalab voyaga yetkazgan hamda mualliflarni ushbu kitobni yozishga 
undagan texnika fanlari doktorlari, professorlar Zaripov Madiyor 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling