Nazariy iqtisodiyotning predmeti va usuli
Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot nima?
Download 32.65 Kb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi predmeti vazifasi
Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot nima?Iqtisodchi ularga asoslanib, iqtisodiy o‘zini tutishiga taalluqli qonunlarni ochishi mumkin bo‘lgan, bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikkita tahlil darajasi mavjud. Tahlilning bitta darajasi – bu makroiqtisodiy yondashuv, ikkinchisi – mikroiqtisodiy yondashuvdir. Mikroiqtisodiyot – bu ishlab chiqarishning oldi-sotdining, kredit va hokazolarning variantlarini tanlash bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot subyektlarining o‘zlarini tutishlarini o‘rganishdir. Mikroiqtisodiyot subyektlarning iqtisodiy tanlovini belgilovchi omillarni va bu omillardagi o‘zgarishlarni bozor almashinuvlar orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi har xil odamlarning qarorlariga ta’sirini o‘rganadi. Makroiqtisodiyot – bir butun xo‘jalik tizimining harakatini o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiy boshqotirmaning alohida bo‘laklarini ko‘rib chiqqan vaqtda makroiqtisodiyot butun tasvirda to‘laligicha diqqatni jam qilishga intiladi. Makroiqtisodiyot xususiy qarorlarning bir butun olganda xo‘jalik yuritish sohasiga umumiy ta’sirini o‘rganadi. Bu ta’sir narxlarning o‘rtacha milliy darajasida ishlab chiqarishning hajmida, bandlik darajasida va boshqalarda aks etadi. Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, bandlikning, mehnat unumdorligining, mahalliy yoki segmentlangan bozorlar (masalan, oziq-ovqat bozori)dagi narxlarning darajasini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Nazorat uchun savollar. Merkantizm so’zi nima ma’noni anglatadi? Nazariy iqtisodiyotning predmeti nimalardan tashkil topgan? Metodologiya nima? Ilmiy bilishning shakl va usullari anchagina va ularning ko‘pchiligida iqtisodiy olimlar keng foydalanadilar, ularni sanab bering? Nima uchun nazariy iqtisodiyot cheklangan resurslardan makro va mikro darajasida samarali foydalanish muammolarini o‘rganadi? Mikroiqtisodiyo va Makroiqtisodiyot farqi nimada? “Iqtisodiyot” yunonchada tarjima qilinganda nima ma’nosini bildiradi? Download 32.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling