Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


-MAVZU: MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI


Download 1.09 Mb.
bet26/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

18-MAVZU: MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI
REJA;
1.Moyli ekinlarga kiruvchi o’simliklar.
2.Moyli ekinlarning zararkunandalariga tarif.
3.Moyli ekinlar kasalliklari

Tur - DALA QANDALASI – Lugus pratensis L.


oila - Miridlar - Miridae
turkum - yarim qattiqqanotlilar - Hemiptera
Dala qandalasining bo’yi 3,5-4mm, rangi yashil tusda bo’lib, qora rangli naqshlar bor; mo’ylovining birinchi bo’g’imi yashil, ikkinchi bo’g’imi jigar rangli, uchi biroz qoramtir, so’nggi ikki bo’g’imi esa qora rangli bo’ladi. Qandalaning yashil tanasida qora naqshlar ajralib turadi, boshi o’rtasida, orqasining old chetida va o’rtasida, tukchalari tubida dog’chalar bo’ladi, shuningdek qanot ustligining teri qismida, ko’kragining ost qismida, yon tomonida yo’llarida, qorin uchida ham dog’ bor: boldirida dag’al to’q, keyingi oyoq sonida esa halqasimon yo’llar bor. Qandalaning yashil tusi ba’zan biroz qizg’ish - qo’ng’ir rangga kiradi.
Qandala tanasi cho’ziq oval shaklda, qoplag’ichi nisbatan yumaloq va beda qandalasidan asosiy farqi yelka qismida (orqa tomonining) ikkita qora nuqta shaklidagi dog’i yo’q.
Lichinkasi kichik va qanotsiz bo’lishi bilan voyaga yetgan qandaladan farq qiladi.
Tuxumining uzunligi 1 mm bo’lib, oldingi uchi qisman egilgan, uchi biroz yassi bo’ladi. Dala qandalasining lichinka va imagosi o’simlikni shirasini so’rib zararlaydi. Qandalalar ayniqsa o’simlik o’sish nuqtasini ko’proq shikastlaydi. O’simlik urug’dan o’sib chiqqan paytdagi zararlashi ayniqsa xavfli bo’lib, bunday holda o’simlik qurib qolishi, o’sishdan orqada qolishi va barvaqt shoxlanishi mumkin.
Agar o’simlik gullash oldidan yoki gullash boshlanganda o’sish nuqtasi shikastlansa, o’simlikni o’sishi to’xtaydi, poya yo’g’onlashib qisqa shoxlar hosil bo’ladi va lub tolasining sifati yomonlashadi. Qandalalar boshqa qishloq xo’jaligi ekinlariga ham zarar yetkazadi.
Dala qandalasi imagolik bosqichida - o’simlik qoldiqlari va begona o’tlar orasida qishlaydi. Qandala erta ko’klamda qishlovdan chiqib avval qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanguncha har xil yovvoyi o’sib turgan o’simliklar shirasini so’rib oziqlanadi.
Qandala tuxumini barg bandi va barg yaprog’i ichiga qo’yadi. Tuxumdan 7-10 kunda lichinka chiqadi. Lichinkalari 25-35 kun oziqlanib rivojlanadi. Zararkunanda tushgan kanon o’simligining g’unchasi va tugunchalari to’kilib ketadi.
Dala qandalasi O’zbekistonda ob-havoga bog’liq holda 3-4 marta avlod beradi.
Tur - MAXSAR PASHSHASI - Trypetidae
oila- chiporqanotlilar - Tephritidae
turkum – ikkiqanotlilar - Diptera
Markaziy Osiyoda maxsarga ikki tur pashsha: maxsar chipor qanoti (CHaetorellia sarthami Stask.) va maxsar pashshasi (Asanthiophilus helianthi Rossi.) zarar yetkazadi.
Maxsar pashshasi maxsarning doni boshlang’ichini yo’q qiladi. Markaziy Osiyoda maxsar boshchasi savatchasining chipor qanot bilan shikastlanishi 55% gacha, maxsar pashshasi bilan zararlanishi 1% cha bo’lganligi ma’lum. Maxsar pashshasi ba’zi joylarda juda ko’payib ketadi; masalan, quyi Volga bo’yi mintaqalarida maxsarning 76% chasiga, shimoliy Kavkazda 80% chasiga shu pashsha tushganligi ma’lum.
Markaziy Osiyoda maxsar ekinida maxsar pashshasining kamida ikki avlodi rivojlanadi. Maxsarning g’unchalash davrigacha bu pashshalardan shikastlanish hollari kamdan-kam uchraydi; maxsar g’unchalashgacha shikastlangan bo’lsa, demak, lichinka markaziy bargni yegan bo’ladi.
Tuxum qo’yish davrining uzoqqa cho’zilishi munosabati bilan butun yoz bo’yi hamma vaqt maxsar pashshasining barcha stadiyadagi holatini uchratish mumkin. Kuzatish natijalariga qaraganda bu zararkunandadan kechikib ekilgan maxsar eng ko’p zarar ko’radi.
Tur – KUNGABOQAR KAPALAGI - Homoyeosoma nebulella Hb.
oila – parvonalar - Ruralidae
turkum – tanga qanotlilar - Hepidoptera
Bu hasharot kungaboqarning ancha jiddiy zararkunandasi hisoblanadi; chunki bu zararkunanda ko’plab paydo bo’lgan vaqtlarda kungaboqar hosili deyarli batamom nobud bo’ladi. Bu hasharotni ba’zan kungaboqar kuyasi deb yuritadilar, bu noto’g’ridir holbuki, bu zararkunanda kapalaklar (Ruralididae) oilasiga kiradi.
Ayrim qurtlar, ayniqsa sernam va o’rtacha harorat sharoitida pilla o’raganidan keyin tez orada g’umbakka aylanadi. Mana bu g’umbakdan ikkinchi avlod kapalaklari chiqib, darhol tuxum qo’yishga kirishadi.
Moy olinadigan o’simliklar:g’o’za, zig’ir, maxsar, kunjut, kanakunjut, yeryong’oq, raps, kungaboqar va ba’zi boshqa o’simlik turlari
Kungaboqarning yovvoyi holda o’sadigan turlari ham ko’p, ulardan ba’zilari q.x. ekinlariga zarar yetkazadigan ashaddiy begona o’tlardir. Jumladan, kungaboqarning 4 ta turi O’zbekistonda karantin begona o’tlar ro’yxatiga kiritilgan.
Kungaboqarning yovvoyi holda o’sadigan turlari ham ko’p, ulardan ba’zilari q.x. ekinlariga zarar yetkazadigan ashaddiy begona o’tlardir. Jumladan, kungaboqarning 4 ta turi O’zbekistonda karantin begona o’tlar ro’yxatiga kiritilgan.
Kungaboqarda eng ko’p uchraydigan va zararli kasalliklar qatoriga oq chirish, kulrang chirish, zang, soxta un-shudring, vertitsillyoz so’lish va shumg’iya bilan zararlanish kiradi

Savollar:



  1. Moyliekinlarqaysilar, ularniturlarinisanang

  2. Moyliekinlarnizararkunandalari

  3. Moyliekinlarnikasalliklari

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Kimsanboyev X.X., Yo’ldoshev A. va boshqalar - O’simliklarni kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.

  2. Xo’jaev SH.T., Xolmurodov E.A. - “Entomologiya, o’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilish, qishlok xo’jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari”. Darslik - Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.

  3. Xasanov B.O. va boshqalar “G’o’zani zararkunanda kasallik va begona o’tlardan himoya qilish”. Darslik- “Universitet” nashriyoti, Toshkent. 2002.-379 b.

  4. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro’yxati. “O’simliklar himoyasi va karantini” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.

  5. YAxontov V.V. - O’rta Osiyoda qishloq ekinlarining va mahsulotlarining zararkunandalarini va ularga qarshi kurash. Darslik- T., 1962. -186 b.

  6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodovыx kultur 2-e izd. Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.

  7. Kimsanboyev X.X. va boshqalar. - G’o’zaning zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.

  8. Kimsanboyev X.X., Boltaev B.S., Sulaymonov B.A. - Bog’ zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari. O’quv qo’llanma Toshkent. 1998,- 168 b.

Internet saytlari
www.toucansolutions.com/paJ/insecls.hlml.
www.toucansolutions.com/pat/inseets.html.
www.fi.edu/tfi/hotli.sts/insccts.html.



1



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling