Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi
Download 1.09 Mb.
|
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis
- Bu sahifa navigatsiya:
- (integrated pest suppession)
- Sandler
1.1. NAZARIY MATERIALLAR 1- MAVZU: KIRISH. O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH FANINING MAQSADI VA VAZIFASI. Reja: Fanning maqsadi, vazifalari va qishloq xo’jalik soxasidagi axamiyati O’simliklarni ximoya qilish ishlarining bosqichma bosqich olib borish 3. Xasharotlar morfologiyasi xaqida tushunchalar Qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l xosil olish va yetishtirilgan xosilni to’liq saqlab qolishdagi asosiy omillardan biri zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan ximoya qilishdir. Insoniyat birgina zararkunanda tufayli har yili 203,7 mln.tonna – don, 228,4 mln.tonna – qand lavlagi, 23,8 mln.tonna – kartoshka, 23,4 mln.tonna – sabzavot, 11,3 mln.tonna – meva xosilini kam olar ekan Ma’lumki oxirgi yillarda barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan, jumladan bog’lar, uzumzorlar, sabzavot, poliz ekinlaridan yetarlicha hosil olish asosiy maqsadlardan biri, ularga turli zararkunanda, kasallik qo’zg’atuvchilarini va begona o’tlarni yetkazayotgan zararlarini o’z vaqtida bartaraf qilishdan iboratdir. O’simliklarni zararli organizmlardan uyg’unlashgan holda himoya qilish o’zoldiga zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilarini iqtisodiy zarar keltirish me’yori chegarasida saqlashning imkoni bo’lgan barcha (agrotexnik, fizik, mexanik, biologik, karantin, va hokazo) usullardan samarali foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish (integrated pest suppession) so’zidan olingan bo’lib zararli organizmlarni mavjud usullardan foydalangan holda yo’qotish ma’nosini bildiradi. Uyg’unlashgan himoya qilishning asosiy vazifalari hosilni iqtisodiy, ekologik va ishlatilgan zaharlarning o’simlik mahsulotlaridagi qoldiq miqdori talablariga javob beradigan tarzda himoya qilishdir. Asrimizning 50-yillarida «Uyg’unlashgan himoya qilish» so’zi ko’plab ilmiy kuzatuvchilar tomonidan har xil izohlanishiga qaramay, o’simliklarni o’sish sharoitlari saqlangan holda u yerdagi zararkunandalarni qirib tashlash emas, balki zarar keltirmaydigan miqdorda uzoq muddat saqlab turadigan choralarni izlashdan iboratdir. O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilishga har tomonlama yondoshish so’zidan kelib chiqqan davrdan boshlab turli tuman o’zgarishlarga uchradi. Dastavval uyg’unlashgan himoya qilish nazariyasi va amaliyotida boshqa so’zlar ham taklif yetilgan edi. Jumladan zararli hasharotlarni qiradigan barcha kurash choralari qo’llanilganda insektitsidlar atrof muhitga zarar yetkazmasa uni kompensatsion usuli deb nomlashni 1957 yilda Sandler taklif etgan edi. Keyinchalik 1967 yilda Gollandiyalik olim Feuiter tomonidan «gormonik» yoki «gormonlashtirilgan» kurash so’zi taklif etildi, lekin bu so’z qabul qilinmadi. So’ngra 1971 yilda Matus «yangilangan kurash» so’zini taklif qildi. Dastlabki paytda uyg’unlashtirilgan kurash biologik va kimyoviy kurashni birgalikda qo’llash usuli shaklida tushunilgan. Bunda asosi e’tibor agrobiotsenozdagi foydali mavjudotlarga ziyon yetkazmaydigan preparatlarni tanlashga, ishlov berish sonini va miqdorini kamaytirishga qaratilgan. Hozirgi paytda atrof muhitni himoya qilish nuqtai nazaridan o’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish eng qulay choradir. Bu tadbir ba’zi bir zararli turlarni qirib tashlashdan iborat emas, balki atrof muhitga zarar yetkazmaydigan holda ularning sonini eng kam miqdorda saqlab turishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi. Bunday yondashish o’simliklarni himoya qilish ilgari yo’l quyilgan pestitsidlarni yoppasiga qo’llash oqibatlarini tugatishga imkon beradi. Keyinchalik shu narsa aniq bo’lib qoldiki agrobiotsenozdagi boshqa mavjudotlar rivojlanishini inobatga olmay turib, alohida turlarga qarshi kurash choralari o’tkazish mumkin emas ekan. SHu sababli «uyg’unlashtirilgan kurash» usulida shunday vosita va usullarni qo’llash kerakki, ular nafaqat zararli mavjudotlarni o’ldirsin, balki foydali turlarning saqlanishini va faolligini oshirsin. Bu kurash yo’llari oldingilaridan shu bilan farq qiladiki, pestitsidlar bilan ishlov berish ko’pincha zararkunandalarning aniq miqdorini hisoblamay turib qirib tashlash choralarini o’tkazmaslikni, bu choralarni faqat zararli hasharotlar me’yoridan yuqori bo’lgan taqdirdagina taqazo etadi. Ba’zi hollarda kurash choralarini dalalarning faqat zararkunanda miqdori o’ta ko’p bo’lgan joylardagina o’tkaziladi. O’simlik zararkunandalariga qarshi kurashuvchi kurash choralari parazit va yirtqich hasharotlar va boshqa zararli organizmlar sonini boshqarib turuvchi omillarni hisobga olgan holda o’tkazish talab qilinadi. Xulosa qilib aytganda, uyg’unlashgan kurash chorasini zamonaviy tushunchasi shundan iboratki, uning asosiy vazifasi agrobiotsenozdagi populyatsiya orasidagi yoki ular o’rtasidagi munosabatlarni boshqarib borishdan iboratdir. Uyg’unlashgan kurash sistemasini olib borishda chidamli navlarni yetishtirish va qo’llash alohida o’rin tutadi. Ma’lumki chidamli navlarni yetishtirish zararli organizmlarni (zararkunandalar yoki kasallik qo’zg’atuvchilarni) rivojlanishiga yo’l bermaydi. Hozirgi paytda chidamli navlarni yetishtirish bilan bir qator ilg’or ilmiy tekshirish firmalari (shirkatlar) shug’ullanmoqdalar. Ular geninjeneriyasi, molekulyar biologiya va chidamli navlar yetishtirish biotexnologiyalaridan foydalanib, zararkunanda va kasalliklarga qarshi bir qancha chidamli navlarni yaratdilar. Masalan shunday yo’llar bilan kartoshkani kolorado qo’ng’iziga qarshi chidamli navlarni yaratish ustida katta ishlar olib borilmokda. O’simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi chidamli navlarni yaratish o’simliklarni himoya qilishni kimyoviy vositalarini qo’llashni 5-15 martagacha ham kamaytirishga imkon beradi. Uyg’unlashtirilgan kurash chorasini qo’llash sxemasi o’z ichiga har bir regiona lxususiyatlarini ham o’z ichiga olishi kerak. SHular asosida hozirgi vaqtda uyg’unlashgan himoya qilishni olib borish sxemasi uch bosqichga bo’linadi: Birinchi bosqich-o’simliklarni himoya qilishni va pestitsidlarni qo’llashning salbiy tomonlarini muhokama qilish. Bu ish alohida har bir jug’rofiy mintaqa va o’simlik uchun olib borilishi kerak. Ikkinchi bosqich – pestitsidlarni qo’llashda uni tabiatda aylanishi va ekologik o’zgarishga uchrashini aniqlash. Turli xil sxemalarni qo’llashning dastlabki bosqichlarida pestitsidlarni qoldiq miqdorlarini aniqlash lozim. Bu kuzatishlar asosiy ekologik va gigiyenik tomonidan keltirilgan zararini aniqlash mumkin bo’lsin. Uchinchi bosqich - uyg’unlashgan himoya qilishning eng zarur masalalarini ishlab chiqish. Bunda zararkunandalarga qarshi kurashinsh har xil usul va choralarini qo’shib olib borish. Zamonaviy uyg’unlashgan kurash chorasi insonlarning agrobiotsenozdagi turlarning rivojlanishi, iqtisodiy va atrof-muhit nuqtai nazaridan, me’yor darajasida yondashishni taqazo qiladi. O’simliklarni uyg’unlashgan kurash sistemasida himoyalashda ayniqsa kimyoviy kurash choralarini o’tkazishda zararkunandalarni iqtisodiy xavfli sonini va foydali hasharotlarga ularni soni nisbatini hisobga olish lozim. Zararkunandani iqtisodiy xavfli sonini aniqlash printsipi 1939 yili A.A. Lyubashev tomonidan aytib o’tilgan bo’lib, keyinchalik bu chet el olimlari e’tiborini o’ziga jalb qildi. Savollar: 1.Uyg’unlashgan himoya nima? 2.O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish sistemasi? 3.Hozirgi kunda o’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilishni ahamiyati? Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling