Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


Mavzu. Hasharotlarning morfologiyasi va anatomiyasi


Download 1.09 Mb.
bet2/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

2 Mavzu. Hasharotlarning morfologiyasi va anatomiyasi


Reja:

1. Hasharot tanasining umumiy tuzilishi va uning ayrim xususiyatlari.


2. Hasharot tanasining tashqi tuzilishi va bo’g’imlarga ajralishi.
3. Tana bo’laklari va uning ayrim qismlarini tashqi muhit sharoitiga moslanishi jarayonida o’zgarib borishi.
Morfologiya — tananing tuzilishi hamda ichki tuzilishini o’rgatadi. Bu qismda hasharotlarning tashqi tuzilishi yoki eydonomiyasini ko’rib chiqamiz.
Hasharot tanasi va uning o’simtalarini qoplab to’rgan teri q o p l a g’ichi— kutikula o’zaro elastik parda vositasi bilan tutashgan qattiq parchalardan tashqil topgan. Terining bu tartibda tuzilishi hasharot tanasining ust tomonidan bo’g’imlarga ajralishini ta’minlaydi. Teri tuzilishidagi bu xususiyat hasharotga muskullari vositasida tananing turli qismlarini egishga va uning o’simtalarini harakatga keltirishga imkon beradi. Terining kata qismlari tashqi skelet rolini o’ynaydi, chunki unga tananing hamma harakat muskullari tutashgan. SHu bilan hasharot umurtqali hayvondan farq qiladi. Hasharot tanasi harakatchan bo’lib, qator bo’g’imlarga bo’lingan. Ularning .bo’g’imlari uzining boshlang’ich ketma-ket takrorlanishi yoki metamerligini yo’qotgan va tanasi uch qismga bo’lingan. Bular bosh, va qorin qismlardir. Bosh qismi 5—6, ko’krak qismi 3 va qorin qismi 11 bo’g’imdan iborat. Demak, hasharotlar tanasidagi bo’g’imlarning umumiy soni 19 tadan kam emas. Lekin evolyutsion taraqqiyot natijasida o’zaro o’xshash bo’g’imlar sonining kamayganligini yoki to’la taraqqiy etmagan bo’g’imlari vazifalari almashinish tufayli birlashib ketganligini ko’rish mumkin. SHuning uchun bo’lsa kerak, hasharotlarda bo’g’imlar soni 14 tadan oshmaydi, ba’zilarida undan ham kam. Hasharotning qattiq tashqi ske­let umurtqalilarnikiga nisbatan birmuncha afzal, u tanani tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Hasharotning tana pishiqligi umurtqalilarga nisbatan uch baravar yuqori. Ku­tikula ichki organlarni himoya qiladi, organizmdagi suvni bug’lanishdan saqlaydi va ichki muskullarni birlashish joyi bo’lib hisoblanadi.
Bo’g’imoyoqlilarning har bir bo’g’imida bir juft o’simta bo’ladi. Lekin hasharotlarda bu metamerlik yo’qolgan, faqat harakat o’simtalari— oyoqlari ko’krak qismida saqlanib qolgan. Bosh qismida —og’iz organlari va bir juft mo’ylov bo’lib, o’zgargan, qorin qismida o’simtalari yo’qolgan. Bundan tashqari, juda ko’p hasharotlarda qanotlar vujudga kelgan. SHunday qilib, hasharotlar morfologiyasida qo’yidagi belgilar: tanalari bo’g’imga ajralgan va bosh, ko’krak ham qorin qismlari mavjud. Boshida og’iz organi va bir juft mo’ylovi bor, ko’kragi uch bo’g’imli va ularga uch juft oyoq va ko’pchiligida qanotlar o’rnashgan. Qorin qismi 11 tagacha bo’g’imdan iborat, oyoqsiz bo’ladi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling