Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi
Kimyoviy kurash usuli va uni qo’llash muammolari
Download 1.09 Mb.
|
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli
- 4.Fizik-mexanik va genetik kurash usullari
2.Kimyoviy kurash usuli va uni qo’llash muammolari.
1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestitsidlarni qo’llashga asoslangan bo’lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o’z samarasini ko’rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo’llash ishlarini to’la mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestitsidlarni qo’llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. SHu munosabat bilan keyingi yillarda pestitsidlarni asortimentiga va ularni qo’llash usullariga ancha o’zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim. 2.Zararkunandalarga qarshi yetarli ta’sir etish va foydali xasharotlarga zarar yetkazmaslik barcha yangidan yaratilgan pestitsidlar oldiga qo’yilgan asosiy talablardan biridir. Pestitsidlarni zararli ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi yo’nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda. 1.Insonlarga kam zaharli, ekologik bezarar dorilar ishlab chiqarish. 2.Tanlab ta’sir etuvchi pestitsidlar ishlab chiqarish. 3.Xasharotlarni rivojlanishini boshqaruvchi yangi moddalar (stimulyatorlar) ishlab chiqarish. 4.Qo’llanishi qulay, atrof muxitda uzoq saqlanmaydigan samarali pestitsidlar ishlab chiqarish. 5.Pestitsidlarni qo’llashni taktikasini takomillashtirish va bunda zararli aa foydali xasharotlarni biologik xususiyatlari, etnlarni rivojlanishi fenologiyalarini inobatga olish. 6.Pestitsidlarni kumulyativlik (organizmlarda yig’ilishi) xususiyatini kamaytirish. 3.Pestitsidlarga bo’lgan asosiy talablar: 1. Tanlab ta’sir etish; 2.Kumulyativlikni yo’qligi; 3.Arzonligi; 4.Saqlash, tashish va qo’llashga qulayligi; 5.Atrof muhitga kam zaharliligi va h.k. 3.Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli Biologik usul deganda qishloq xo’jalik ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalaridan, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar va ularni hayotiy mahsulotlaridan foydalanishga aytiladi. Bo’g’im oyoqlarining tabiiy kushandalari oziqlanish harakteri jihatidan entomofaglarga ya’ni xashoratlar bilan oziqlanadigan turlarga yoki akarifaglar ya’ni kanalar bilan oziqlanadigan turlariga mansubdir. Biologik kurash choralar bir nechta usulda olib boriladi. Tabiatda bo’lgan tabiiy entomofaglardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish; -tajavuzkor yuqori samarali entomofaglarni chetdan keltirib iqlimga moslashtirish; -parazit va entomofaglarni laboratoriya sharoitida ko’paytirib zararkunanda tushgan dalalarga qo’yib yuborish; -zararkunanda hashoratlarda chuqur kasallik jarayonini chaqiruvchi mikroorganizmlardan foydalanish. Hozirgi paytda bu usul bilan O’zbekistonda bir qancha zararkunandalarga qarshi kurash chorasi olib boriladi. Masalan, tut daraxtiga katta zarar yetkazadigan komstok qurtiga qarshi 1947 yil olib kelingan Psevdofikus malinus paraziti, olma daraxtiga zarar yetkazuvchi qon bitiga qarshi subtropik rayonlardan keltirilgan Afilyunis mali paraziti yaxshi natija beryapti. Keyingi usul bu entomofaglarni laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ko’paytirib qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashdir. Hozirgi vaqtda respublikamizda 700 dan ortiq biolaboratoriyalar tashkil etilib, ularda g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi kuzgi tunlam va ko’sak qurtiga qarshi parazit xashoratlardan trixogramma va brakon so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo’llaniladigan yirtqich hashorat oltinko’z ko’paytirilyapti. 4.Fizik-mexanik va genetik kurash usullari Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o’rin tutadi. 1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo’llash tushuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug’lik nuri, harorat o’zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi. Fizikaviy harorat o’zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug’larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug’doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo’llaniladi. Begona o’glarga qarshi kurashda olovli kultivatorlardan ham foydalaniladi. 2.Zararli hasharotlarni o’ldirishda elektr tokidan foydalanish to’g’risida juda ko’plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o’simlikka tasiri bo’yicha tadqiqotlar xali oxiriga yetkazilmagan. 3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug’likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga eri. shildi. CHunki, hasharotlarning ko’pchiligi tunda yorug’likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug’ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko’plab foydali hasharotlar ham nobud bo’ladi. 4. Mexanik kurash chorasidan ham o’simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo’qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo’qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog’lar qo’llash va boshqalar tushuniladi. 5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tushuniladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling