Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


-MAVZU: O’SIMLIKLARNI KIMYOVIY HIMOYAQILISH USULLARI


Download 1.09 Mb.
bet10/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

6-MAVZU: O’SIMLIKLARNI KIMYOVIY HIMOYAQILISH USULLARI.
PESTITSIDLARNING TASNIFLANISHI
Reja;
1. O’simliklarni zararli organizmlardan kimyoviy himoya qilish.
2. Pestitsidlarni qo’llanilishiga ko’ra tasniflanishi.
3. Pestitsidlarni tasir qilishiga ko’ra tasniflanishi.

O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish zarar­li organizmlarni yo’qotishda kimyoviy moddalar—pestitsidlardan foydalanishga asoslangan. O’simliklarni zararli organizmlar (zararkunandalar,kasalliklar va begona o’tlardan) dan himoya qilishda qo’llaniladigan barcha kimyoviy moddalar pestitsidlar deb ataladi (pestitsid so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «Pestis»— zararli, yuqum, ifloslik va «sido» — o’ldiraman ma’- nolarini anglatadi).


O’simliklarni kimyoviy himoya qilish usuli bir qator afzalliklarga va katta universallik xususiyatiga ega, chunki uni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida ko’p­lab zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi, shuningdek omborxonalar, issiqxonalar, elevatorlar na boshqalarni zararsizlantirishda ham qo’llash mumkin.
O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilishning yana bir afzalligi uni mexanizatsiyalashdir, ya’ni aviatsiyadan foydalanish katta maydonlarda zararli organizmlarga qarshi kurashni o’z vaqtida, sifatli qilib o’tkzishga imkon beradi.
Pestitsidlarni qo’llash ko’tilgan samaraga tezda erishishni ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda pestitsidlarni zavod hamda fabrikalarda sanoat usulida ishlab chiqarish yo’li qo’yilgani va ular iste’molchilarga birmuncha arzon baholarda sotiladi, demak, bunda xarajatlarni tezda qoplash mumkin.
Lekin kimyoviy usulning ham o’ziga yarasha kamchiliklari bor:
1.Bu usulda qo’llanadigan pestitsidlar inson va issiqqonli hayvonlar uchun zararli.
2.Pestitsid qoldiqlari bilan oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi ortadi.
3.Entomos va akarifaglar uchun zararli.
4.Zararli organizmlarning pestitsidlarga chidamliligi nihoyatda tez ortadi;
5.O’simliklarni himoya qilish uchun mo’ljallangan harajatlar bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan tez sur’atlar bilan ortadi.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish hozirgi vaqtda butun dunyo olimlari oldida turgan asosiy vazifadir. Olimlarimizning tinimsiz va samarali mehnatlari evaziga bu muammo asta-sekin hal etilmoqda. eng aVillo, pestitsidlardan o’z vaqtida turli, tavsiyanomalar asosida foydalanilsa, ular tashqi muhit uchun hech bir zarar keltirmasligi aniqlandi.
Kimyoviy usulning kamchiliklarini yo’qotishning yana bir yo’li o’ta zararli pestitsidlarni issiqqonli hayvonlar va inson uchun kam zararlilari bilan almashtirishdir.
So’nggi 20 yil ichida pestitsidlarning qo’llanish shakllari ham juda katta o’zgardi; agar 1955 yilda, asosan dustlar changlash usuli bilan qo’llanilgan bo’lsa, 1974 yilda ularning salmog’i 2 martadan ortiq kamaydi. SHu bilan birga xo’llanuvchi kukunlar va donadorlashtirilgan pestitsidlarning salmog’i oshdi.
Gerbitsidlarni qo’llash, asosan 1960—1970 yillar davomida juda tez rivojlandi. Bu davrda Rossiya Qishloq xo’jalik vazirligi qoshida zararkunandalar, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning kimyoviy vositalari bo’yicha Davlat qo’mitasi va Sankt-Peterburgdagi o’simliklarni himoya qilish institutining toksikologik laboratoriyalari tarmoqlarining tashkil etilishi qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan kimyoviy vositalarni o’rganish, sinash va qo’llanishga oid bar­cha masalalar chuqurroq; ilmiy-tadqiq qilishga imkon yaratdi. SHu toksikologik laboratoriyalar atrazin, prometrin, provazin, simazin, tillam, ko­toran, linuron, triallat, meturin, treflan kabi gerbitsidlarni ishlab chiqariщda qo’llanishga yo’llanma berdi. Hozirgi vaqtda qo’llaniladigan gerbitsid preparatlar soni 100 ga yaqindir.
Bizning Vatanimizda o’simliklarni himoya qilish xizmatini O’zbekiston Qishloq xo’jalik vazirligi qoshidagi O’simliklarni himoya qilish bosh boshqarmasi boshqaradi. Davlat karantin inspektsiyasi va o’simlik­lar zararkunandalari va kasalliklari prognozining markaziy laboratoriyasi uning tarkibiga kiradi. Zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning kimyoviy vositalari bo’yicha Davlat komissiyasi xam mavjud.
I. Pestitsidlar kelib chiqishita ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
1.Anorganik moddalardak olinadigan pestitsidlar (simob, ftor, oltingugurt, mis birikmalari, xloratlar va boratlar);
2.Organik moddalardan olinadigan pestitsidlar, bularjuda katta bir guruxni tashkil etadi;
3.O’simliklardan olinadigan pestitsidlar (piretrinlar, fitontsidlar va hokazo);
4.Mikrobiologik jonivorlar (bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar)dan olinadigan pestitsidlar.
II.Pestitsidlar kimyoviy tarkibiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
1.Fosfororganik pestitsidlar (karbofos, fosfamid, fozalon va boshqalar);
2.Xloroorganik pestitsidlar (dilor, GXTSG va boshqalar);
3.Sun’iy piretroidlar (ambush, detsis, dekametrin, korsar va boshqalar);
4.Tio-, ditiokarbamin va karbamin kislotalar hosilalarini saqlagan pestitsidlar (karbin, betanal, eptam, tillam va boshqalar);
5.Fenollarning nitroxovaalarini saqlagan pestitsidlar (DNOK, akreks, karatan va boshqalar);
6.Mineral moylar;
7.Simobning organik birikmalari (granozan);
8.Mochevina hosilalari;
9.Simm-triazinlar va hokazo;
III.Pestitsidlarni qarshi qo’llanilayotgan zararli organizm turlariga ko’ra quyidagicha tasniflash mum­kin:
1.Akaritsidlar (asarus — kana)—o’rgimchakkanalarga qarshi;
2.Insektitsidlar (insesta — hasharot) — hasharotlarga qarshi;
3.Ovitsidlar (ovum — tuxum) — hasharot va kanalarning tuxumlariga qarshi;
4.Larvitsidlar (larva—lichinka, qurt)—hasharot va kanalarning qurt (lichinka)lariga qarshi;
5.Afitsidlar (aphis—o’simlik biti) — o’simlik bitlariga qarshi;
6.Nematitsidlar (nematos — nematod) — nematodlarga qarshi;
7.Limatsidlar (lima — shilimshiq qurt) — shilimshiq qurtlarga qarshi;
8.Zootsidlar, rodentitsidlar (Zoon—hayvon)—kemiruvchi zararkunandalarga qarshi;
9.Mollyuskotsidlar — mollyuskalarga qarshi;
10.Algitsidlar (algus — suv o’ti)—suv o’tlariga qarshi;
11.Arboritsidlar (arbore — daraxt) — keraksiz dov- daraxt va butalarga qarshi;
12.Gerbitsidlar (herba — o’t, ulan) —begona o’tlar­ga qarshi;
13.Bakteritsidlar (Basteria — bakteriya) — bakteriyalarga qarshi;
14.Fungitsidlar (fungus — zamburug’)—zamburug’larga qarshi qo’llaniladigan pestitsidlar.
Pestitsidlarni qo’llanilayotgan zararli organizmlarga qarab bunday tasniflarga bo’lish yuqorida eslatganimizdek bir qadar shartlidir, chunki ko’pgina pestitsidlar bir vaqtda turlicha ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga ega, shu sababli ular bir vaqtda turli zararli organizmlarga qarщi ta’sir eta oladi (ular xasharotlarni xam, lichinka va kanalarni ham o’ldi- raveradi). Masalan, karbofos yoki karate ham insektitsidlik, ham akaritsidlik ta’siriga ega. Ko’pgina gerbitsidlarning sarflash normalarini ko’paytirganimizda arboritsidlik xususiyatlarini namoyon qiladi, shu sababga ko’ra ular dov-daraxtlar, butalarni yo’qotish qobiliyatiga ega. Oltingugurt preparatlari ko’pgina zamburur kasalliklari va kanalarga ta’sir eta oladi, shu sababli ular fungitsidlik hamda akaritsid­lik xossasiga egadir.
IV. Pestitsidlar zararkunandalar organizmiga kiritilish usuliga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
1.Me’da-ichak orqali ta’sir qiluvchi pestitsidlar — ular zararkunanda organizmiga oziq moddalari (pestitsid bilan ishlangan o’simlik organi) bilan tushib, unga me’da-ichak tizimi orqali ta’sir qiladi. Ular og’iz apparati kemiruvchi yoki so’ruvchi tipda tuzilgan hasharotlarga va sichqon-kalamushlarga qarshi qo’llaniladi.
2.Zararli organizmlarning zararlanmagan teri qoplamlari orqali ular organizmiga kirib, zararlaydigan pestitsidlarni kontakt ta’sirga ega pestitsidlar deb ataladi. Kontakt ta’sirga ega bo’lgan pestitsidlar zararkunandalarning tashqi qoplagichini kuydiradi va shikastlaydi, shuningdek ular oziq moddalari bilan zararkunanda organizmiga kirib uni zaxarlash qobiliyatiga ham ega. Kontakt ta’sirli pestitsidlapra ko’pgina xlor- va fosfororganik pestitsidlar kiradi.
3.Fumigantlar — hayvon va zararkunanda organizmiga nafas yo’li orqali gaz yoki bug’ holida kirib, ularni zararlaydigan pestitsidlardir. Bunda zarar­kunanda (ayniqsa, hasharotlar) organizmida pestitsid ta’siriga qarshi o’ziga xos himoyalanish reaktsiyasi paydo bo’ladi, hasharotlar havoda fumigantlar borligini sezgan hamon darhol nafas olish teshikchalarini berkitib oladi va traxeyalar tizimidagi zahira kislorod hisobiga uzoq davrgacha tashqi muhit bilan aloqador bo’lmagan holda yashaydi, hasharotlar o’z organizmidagi kislorodni butunlay sarflab tugatgach, traxeya tizimi karbonat angidrid gazi bilan butunlay qoplangach, nafas olish teshikchalarini ochib, tashqi muhitdan nafas olishga majbur bo’ladi va shundagina ular or­ganizmiga fumigantlar kirishiga yo’l ochadi.
Hasharotlarda ana shunday himoyalanish reaktsiyasining borligi, ularga qarshi kurashda ma’lum davrgacha atmosferada fumigantning o’ldiruvchi dozasini yara­tish lozim ekanligini taqozo etadi. Bu holat, albatta, omborxona, gulxona, issiqxonalar kabi yopiq xonalarda vujudga keltirilishi mumkin.
Hasharot traxeyasi tizimiga o’tgan fumigant traxeya va traxeola devorchalari orqali diffuziya jarayoni yordamida gemolimfaga o’tadi va u orqali hasharotning butun organizmiga tarqalib, hayot uchun zarur bo’lgan to’qima va organlarga ta’sir etadi va organizmni zararlaydi.
SHuni qayd etish lozimki, pestitsidlarni bu tasniflanishi ham birmuncha shartlidir, chunki ko’pgina pestitsidlar bir vaqtning o’zida ham me’da-ichak orqali ta’sir etib, ham kontakt va fumigant ta’siriga duchor bo’ladi. Masalan, geksaxloran kontakt va me’da-ichak orqali ta’sir etish xususiyatiga ega. Metilmerkaptofos esa kontakt va sistemali ta’sirga ega.
V. Pestitsidlar zararli organizmlarga ta’sir qilish xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
1.YOppasiga ta’sir qiluvchi pestitsidlar, bu guruhga o’z ta’sir doirasida barcha tirik mavjudotlarni o’ldira oladigan pestitsidlar kiradi. Bunda organizmning foydali yoki zararli ekanligi tanlanmaydi.
2.Tanlab ta’sir qiluvchi (selektiv) pestitsidlar, bu guruhga oid pestitsidlar o’z *ta’sir doiralarida bir turdagi organizmlarni o’ldiradi, lekin boshqa turdagi organizmlarga esa hech qanday zarar yetkazmaydi.
3.Attraktantlar — o’zlarining ta’mi yoki hidi bilan tirik organizmlarni jalb eta olish qobiliyatiga ega bo’lgan pestitsidlardir.
4.Repellentlar — o’zlarining ta’mi yoki hidi bilan tirik organizmlarni cho’chitish qobiliyatiga ega bo’lgan pestitsidlardir.
5.Xemosterilyantlar — hasharotlar jinsiy organlarini sterilizatsiya qiluvchi pestitsiddir.
6.Feromonlar — hasharotlar organizmida ishlab chiqariluvchi pestitsid guruhiga oid moddalar bo’lib, ular tashqi muhit sharoitida qarama-qarshi jinsni o’ziga jalb qiladi.
7.Ingibitorlar — hujayralar tomonidan ishlab chiqarilgan pestitsidlar guruhiga oid kimyoviy moddalardir, ular ta’sirida fermentlar faoliyati susayadi yoki tirik mavjudotning hayot faoliyati pasayadi.
8. Gormonlar — organizm endokrin bezlari tomonidan ishlab chiqarilib, uning ichiga quyiluvchi va uning hayot faoliyatini boshqarishda muzhim o’rin tutuvchi kimyoviy moddalardir.
9.Antifidantlar — hasharotlarning ishtahalarini susaytiruvchi pestitsidlar.
10.Defoliantlar — o’simliklar bargining to’qilishini tezlashtiruvchi pestitsidlar.
11.Desikantlar — o’simliklarni ildizi bilan qurituvchi pestitsidlar.
12.Retardantlar — pestitsidlar guruzhi bo’lib, o’simliklarning o’sishini susaytiradi.
13.Kimyoviy immunizatorlar— o’simliklar organizmida moddalar almashinuvi jarayonining o’zgarishi hisobiga ular mahsuldorligining ortishi va shu bilan birga ularda zararli organizmlar rivojlanishiga noqulay vaziyat tug’diruvchi pestitsidlar.
VI. Pestitsidlar qo’llanilish joylariga ko’ra quyidagi tasniflarga bo’linadi:
1.O’simliklarga ishlov berish uchun mo’ljallangan pestitsidlar.
2.Urug’lar yoki ekish materiallariga ishlov berish uchun mo’ljallangan pestitsidlar.
3.Omborxona, tegirmon va issiqxonalarga ishlov berish uchun mo’ljallangan pestitsidlar.
4.Tuproqni dezinfektsiya yoki dezinsektsiya qilish uchun mo’ljallangan pestitsidlar.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling