Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


Download 1.09 Mb.
bet8/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

5.Karantin choralari
O’simliklar karantinidan asosiy maqsad Respublikamiz hududini boshqa davlatlarda karantin qilingan, o’simliklarning boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda ashaddiy begona o’tlar kelib qolishidan himoya qilishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimini amalga oshirishdan hamda mamlakatimizda kam tarqalgan karantin zararkunandalar, kasallik va begona o’tlarning yanada tarqalishini oldini olish va manbalarini yo’qotishdan iborat. Ana shu ikki asosiy maqsadga muvofiq, o’simliklarning ichki va tashqi karantini mavjud.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng chet ellar bilan savdo sotiq munosabatlarini o’sishi, aloqa yo’llarini rivojlanishi bilan zararli organizmlarning tarqalishi xavfi ham kuchaymoqda, karantin tizimi ham bir muncha murakkablashdi. Karantin usullari quyidagilardan iborat:
1.Ekiladigan urug’lar ko’chatlarni, shuningdek zararkunandalar va kasalliklar yuqqanligiga shubha qilingan yuklarni jo’natish yoki qabul qilish nunktlarida deyeinsektsiya yoki dezinfektsiya qilish;
2. ekiladigan urug’ va ko’chatlarning zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash maqsadida, ularni karantin ko’chatzorlarga ekib ko’rish;
3. U ekilgan urug va ko’chatlar sifatini tekshirib ko’rish (bantirovka) va oldin yoki keltirilgandan keyin shubhali materiallarii yaroqsizga chiqarish;
4. embargo, yani xavfli zararkunandalar bilan zararlangan ayrim joylarda materiamar olib ketishga batamom barham berish.
Mamlakatimiz karantin xizmatiga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jiligi vazirligiga qarashli Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspektsiyasi rahbarlik qiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatdarda ham inspektsiyalar bo’lib, o’z navbatida, shahar, tumanlararo, tuman inspektsiyalari va punktlari Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspektsiyasi qaramog’idadir. Daryo portlarida, aeroport va temir yo’l stantsiyalarida, chegara qo’shinlarining nazorat o’tkazish punktlari joylashgan yerlarda, shuningdek xalqaro pochtamtlarda, bojxonalarda o’simliklar karantini bo’yicha chegara punktlari mavjud.
Karantin qilingan mahsulotlar boshqa davlatlardan O’zbekistonga Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan import karantin ruxsatnomasi bilan kiritiladi. Bu ruxsatnoma muayyan mahsulotlarni keltirish va ulardan foydalanish qoidalariga to’la amal qilinib, eksport qiluvchi davlatning o’simliklar karantini va himoyasi bilan shug’ullanuvchi davlat organlari tomonidan berilgan va O’zbekistonga keltirilgan mahsulotlarning karantin holatini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) tavsiya qilingan beriladi. Sertifikat (guvohnoma) yuk bilan birga yuboriladigan hujjatlarga ilova etilishi kerak.
Agrotexnik tadbirlar. Bu usul har qaysi mintaqaning tuprok-iqlim sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan barcha agrotexnik tadbirlar o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishga yordam bera olishiga asoslangan bo’lishi kerak. Agrotexnik tadbirlar o’simlikning zararli organizmlariga bevosita ta’sir etmaydi. Bu tadbirlar dalalarda xavf-xatar tug’diradigan miqdorda zararkunanda paydo bo’lishi oldini oladi, xolos.
Qo’yida biz agrotexnik tadbirining ba’zi yunalishlarini misollar yordamida izohlaymiz. O’simlik navlari va ularning zararli organizmlar bilan munosabatlari. Almashlab ekish. Tuproqqa ishlov berish va o’simlik qoldiqlarini yig’ishtirib olib, yuqotish. O’g’itlarning zararli organizmlarga ta’siri. ekish va hosilni yig’ib olish muddatlari.
O’simliklarni zararkunandalardan biologik usulda himoya qilish, ularning kasallik sababchisi mikroorganizmlardan foydalanib zararli turlarini yuqotish, kamaytirish yoki ko’payib ketishi oldini olishga asoslangan.
Pestitsidlar:
1. Qo’llanish ob’ektiga,
2. zararkunanda organizmiga kirish usuli va ta’sir etish xarakteriga,
3.kimyoviy tarkibi va xossalariga ko’ra klassifikatsiyalanadi.
Qo’llanish ob’ektiga karab klassifikatsiyalashda pestitsidlar qo’llaniladigan ob’ektiga bog’liq holda gruppalanadi:
Insektitsidlar hasharotlarga qarshi kurashda qo’llaniladigan zaharlar.
Zootsidlar - issiqqonli hayvonlarga, asosan kemiruvchilardan
yumronkoziq, sichqon va hokazolarga qarshi.
Akaritsidlar – kanalarga qarshi.
Limatsidlar yoki mollyuskitsidlar – mollyuskalarga qarshi. Nematitsidlar – nematodalarga qarshi.
Fungitsidlar – zamburug’larga qarshi. Bakteritsidlar – bakteriyalarga qarshi.
Gerbitsidlar – begona o’tlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. Algitsidlar – suvli begona o’tlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. Ovitsidlar - tuxumlarga qarshi.
Larvitsidlar - lichinkalarga qarshi. Fumigantlar – hasharot organizmiga nafas olish organlari – traxeya sistemasi orqali kiradigan gaz yoki bug’ holatdagi zaharlardir.
Kontakt – ya’ni tashqaridan ta’sir etadigan, hasharotlar terisi bilan kontaktda bo’lish natijasida organizmga kiradigan zaharlar.
Sistemali – ya’ni o’simlik ichiga kiritilgan zaharlar o’simliklarning nay-tomir sistemasiga kirib, bu sistema buylab tarqaladi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling