Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


Download 1.09 Mb.
bet9/26
Sana28.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1021453
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
Nazariy materiallar 1- mavzu kirish. O’simliklarni himoya qilis

Savollari:



  1. Agrotexnik usulning asosiy elementlarini ta’riflang?

  2. Kimyoviy kurash vositalarning qo’llash usullari?



5-MAVZU: Biologik kurash usuli, rivojlanishi biotsenozdagi
organizmlarni o’zaro munosabati

Reja
1.O’simliklarni ximoya qilishda biologik ximoya qilish vositalarini axamiyati.


2.Biolaboratoriyalardatrixogrammako’paytirish.
Kerakli jixozlar; Rasmli jadvallar, mikroskop, chashka petri, mikrobiopreparatlar.
Darsni qisqacha mazmuni:1.Bitoksibatsillin (BTB - 202) och jigar rangda kukun bo’lib, tarkibida parosporali qo’shilmalar va issiqlikka barqaror ektotoksin saqlaydi.
BTB- 202 tunlam qurtlarni uchungina emas, balki o’simlik bitlari, o’rgimchakkana, fitonomus va bir qator boshqa zararkunandalarning ba’zi turlari uchun ham zaharlidir. Dendrobatsillin. U kulrang kukun bo’lib, sporalardan va inert to’ldirgichlaridan tashkil topgan. Paxtachilikda dendrobatsillin – 30 preparati eng ko’p qo’llanilgan. Bu preparat sporali kristall hosil qiluvchi bakteriyalar asosida olinadi.
Lepidotsit. Har bir grammida 100 miliard tirik faoliyatli spora bo’ladigan titrli quruq holdagi kontsentratsiyalangan mikrobiologik preparatdir.U g’o’za barglarini kemiruvchilarga qarshi qo’llash uchun tavsiya etilgan. Preparatning tutga tushishni va ipak qurtini zaharlanishini ko’zda tutib, qurt boqish davrida tunlamlarga qarshi bakterial preparatlar ishlatib bo’lmaydi. Purkash ishlari shamolsiz kunlarda ertalabki va kechki soatlarda o’tkaziladi. Naturalis – M ning kasallik qo’zg’atuvchisi zamburug’ bo’lib hisoblanadi.
Mikrobiopreparatlar tarkibida virusli kasallik qo’zg’atuvchilar ham mavjud bo’lib, bularga Virin OS gektarga 0,2 ; 0,3 kg dan hamda Virin XS ham ishlatiladi.
Entomofaglarni ko’paytirish usullari va uni qo’llanilishi.
B u uskuna qishloq xo’jaligi ekinlarini zararkunandalariga qarshi qo’llash uchun respublikamizdagi mavjud biolaboratoriyalarda yoppasiga ko’paytirilayotgan oltinko’z entomofagini sifatli va ko’p miqdorda ko’paytirishga moslashgan liniyadir. Eski texnologiyada oltinko’zni ko’paytirishda ko’plab 3 litrlik shisha ballonlar zaruriyat bo’lar edi. Bu uskunaning qo’llashdagi afzalligi 3 litrlik shisha ballonlarga bo’lgan extiyoj yo’qoladi.
Oltinko’z entomofagini ko’paytirish liniyasini respublikamizda mavjud bo’lgan 900ga yaqin biolaboratoriyalar va biofabrikalarga tajribaviy sanoat miqyosida tadbiq etishga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Bu usulda oltinko’z entomofagini ko’paytirish liniyasini qo’llash ishchi xodimlarining ish unumdorligi oshiradi. Ishchi kuchi hamda vaqt kam sarflanadi. Liniya yordamida oltinko’z entomofagini bankalarsiz sifatli ko’paytiriladi.Ushbu liniyani qo’llash mehnat xarajatlarini kamaytiradi. Eski texnologiyaga nisbatan xom-ashyo sarfi iqtisod qilinadi. Oltinko’z tuxumidan samarali foydalaniladi. YAngi texnologiyada ishchi maydonidan samarali foydalaniladi.Bu uskuna qishloq xo’jaligi ekinlarini zararkunandalariga qarshi qo’llash uchun respublikamizdagi mavjud biolaboratoriyalarda ko’paytirilayotgan entomofaglarning xo’jayin xasharoti - mum parvonasini bankalarsiz, sifatli ko’paytirish maqsadida yaratilgan bo’lib, u dastlab Bu uskunani qo’llash avvaldan qo’llanilib kelayotgan mum parvonasini shisha bankalarida ko’paytirish texnologiyasiga nisbatan asosiy avzalligi bankalarni tejash imkoniyatini beradi. Ko’p miqdorda entomofaglarni ko’paytirish imkoniyati yaratiladi. Bu uskuna yaratilishdan maqsad asalari mum parvonasini ko’paytirayotgan ishchi xodimlarning ish unumdorligini oshirish, ishchi kuchini kam sarflab vaqtni tejash, shisha bankalardan foydalanmaslik, xamda asalari mum parvonasini ko’p miqdorda ishlab chiqarish va sifatli entomofag olishga qaratilgan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling