Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja


-MAVZU: KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA


Download 0.72 Mb.
bet3/73
Sana10.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1187304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
20 - mavzu

2-MAVZU: KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN ILMIY-TADQIQOT METODLARI
Reja:
1. Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari
2. Pedagogik tahlil.

Tayanch tushunchalar: kreativ shaxs, pedagogik tahlil, ilmiy tadqiqot metodlari


Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining gʼoyasi, mazmuni, natijalari hisobiga taʼminlanadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yoʼnalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obʼekti va subʼektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.


Zamonaviy sharoitda “Kreativ pedagogika” tomonidan kreativ shaxsni kasbiy shaklantirish va rivojlantirish yoʼlida quyidagi pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlardan foydalanilmoqda:
Quyida mazkur metodlarning mohiyati toʼgʼrisida qisqacha soʼz yuritiladi.
1. Suhbat metodi pedagogik kuzatish chogʼida talabaning kreativlikka oid bilimlarini boyitish, vaziyatga toʼgʼri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subʼektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda oʼtkaziladi. Suhbat jarayonida talabalarning kreativlik imkoniyatlari toʼla namoyon boʼlishiga erishish muhim.
2. Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qoʼllashdan koʼzlangan maqsad tanlangan shaxs tomonidan kreativlik sifatlari, imkoniyatlari va malakalarining oʼzlashtirish darajasini aniqlashdan iborat
boʼlib, pedagog tomonidan ilgari surayotgan gʼoyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
3. Pedagogik-psixologik tashxis metodlari. Bu kabi metodlar shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil etish koʼnikmalariga egaligini tashxislash hamda baholashga xizmat qiladi. Zamonaviy sharoitda shaxsning kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyatni tashkil etish koʼnikmalariga egaligini tashxislashda oʼnlab metodlar qoʼllanilmoqda. Ular orasida bir guruh metodlar amaliy jihatdan samarali boʼlib, ular rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng qoʼllanilmoqda.
Gauenaning “Zahiraviy model”, Slosson testi, Vekslerov shkalasi. Vekslerov shkalasi (“WPPSI” testi), boshlangʼich maktablar uchun moʼljallangan Stanford testi hamda Torrens testlari (jumladan, “Tugallanmagan rasmlar testi) shular jumlasidandir.
4. Pedagogik tajriba (lot. “eksperiment” – “tajriba qilib koʼrish”) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini oʼrganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda oʼz inʼikosiga ega boʼla olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud (4-rasm):
Pedagogik tajribalarni amalga oshirishda asosiy eʼtibor ularning samarali kechishiga qaratiladi. Bunda esa bir qator shartlarni inobatga olish lozim. Yaʼni:
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Аnketa (fr. “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida toʼplangan dalillar boyitiladi. Metod tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma shaklda olinadi. Oʼrganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha boʼladi: 1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar)ga ega; 2) yopiq savollar (“ha”, yoʼq”, “ijobiy”, “salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketalar.
Аnketa metodini qoʼllashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.
Pedagogik kuzatish metodini qoʼllashda taʼlim muassasalarining oʼquv- tarbiya ishlari jarayonini oʼrganish asosida tadqiq etilayotgan muammo aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qoʼlga kiritilgan koʼrsatkichlar oʼrtasidagi farq tahlil qilinadi. PK murakkab va oʼziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qoʼlga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish taʼlim-tarbya sifatini oshirish, shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kvalimetriya taʼlim sifatini nazorat qiish va samarali boshqarish maqsadida qoʼllaniladi. Bunda turli darajadagi testlar, muammoli vaziyatlarni hal qilish (keyslarni yechish) asosida shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil eta olish koʼnikmalariga egaligi, ularning darajasi oʼrganiladi hamda baholanadi.
Bola (talaba)lar ijodini oʼrganish metodi talabalarning muayyan yoʼnalishlardagi layoqati, qobiliyati, maʼlum fan sohalari boʼyicha BKM darajasini aniqlash maqsadida qoʼllaniladi. Uni qoʼllashda oʼquvchilarning ijodiy ishlari – ikki varaqli kundalik, insho, yozma ish, kichik esse, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari, pedagogik amaliyot hisobotlari muhim vosita boʼlib xizmat qiladi. Metod maʼlum oʼquvchiga xos boʼlgan individual imkoniyatni koʼra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Ekspert baholash metodi zamonaviy sharoitda deyarli barcha sohalara olib boriladigan tajribalarda jarayonida qoʼllaniladigan va keng ommalashgan ilmiy- taqiqot metodlardan biri sanaladi. Koʼp holatlarda shaxsda kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyat koʼnikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash psixolog, pedagog va bevosita kreativlikka dahldor sohalarning vakillari – malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Аmmo taʼlim jarayonida hamkorlik taʼlimi tamoyillariga muvofiq talabalarning oʼrtasida ham ularning oʼquv topshiriqlarini bajarishga nisbatan kreativ yondashuvlarining samaradorligini baholash maqsadida ekspert guruhi shakllantirilishi ham mumkin. Bu guruh talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy mahsulotlar va ularning sifatini baholaydi. Shunday qilib, zamonaviy sharoitda taʼlim va tarbiya jarayonlarining sifatli, samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qoʼyilmoqda. Mazkur zaruriyatning qondirilishi pedagoglarning yuqori darajada kasbiy kompetentlik, mahorat va malakalarga ega boʼlishlarini taqozo etadi. Pedagoglarning taʼlim jarayoniga kreativ yondashuvlari talabalarda taʼlim olishga boʼlgan qiziqishni yuzaga keltiradi, ularning oʼquv-bilish faoliyatlarini faollashtirishga yordam beradi.
Qolaversa, talabalarning mutaxassis sifatida kreativ sifat, ijodkorlik koʼnikma, malakalarini faol oʼzlashtirishlari uchun zarur sharoitni yaratadi. “Kreativ pedagogika” fanining asoslari talabalar va pedagoglarda kreativlik sifatlari va ijoiy faoliyat koʼrsatish malakalarini samarali shakllantirishga xizmat qiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling