Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
Ravonlik
Kreativ ravonlikning asosiy maqsadi talabalarda bir emas, balki bir nechta gʼoyalarni oʼrtaga tashalash koʼnikmasini shakllantirishdan iborat. Son asosiy maqsaddir; bir qator gʼoyalar ichidan bir yoki undan koʼp maqbulini topishimiz mumkin. Koʼp hollarda oʼqituvchilar talabalarda ravonlik koʼnikmasini shakllantirish uchun “aqliy hujum” strategiyasidan foydalanadilar. Bu mashq ogʼzaki yoki yozma (gʼoyalarni qo-gʼozga yozib, keyingi talabaga qoʼshimcha gʼoyalar kiritish uchun uzatishi lozim) tarzda bajarilishi mumkin. “Toʼxta va boshla” mazmundagi “Аqliy hujum” mashqida talabalar gʼoyalarni oʼrataga tashlab, ularni tahlil qiladilar va baholaydilar, soʼng bu yana bir bor qaytariladi. Talabalar bu mashqda yaxshi natijalarga erishsalar, ulardagi kreativlik koʼnikmasi erkin va ravon fikrlash koʼnikmasi bilan chambarchas bogʼliq boʼladi. Аgarda aksi boʼlsa, doimiy mashq va tajriba yordamida yashxi natijalarga erishi mumkin. Oʼqituvchi mazkur mashqni bajarishda qiyinchilikka uchragan talabalarni kuzatishi tabiiy. Faqatgtina yuzaki maʼlumotga ega boʼlgan talabalar cheklangan bilimga ega boʼlganliklari sababli turli va qiziqarli gʼoyalarni oʼylab topishda qiynaladilar. Baʼzi hollarda esa, yetarlicha maʼlumot va bilimga ega talabalar ham mazkur mashqni bajarishda qiyinchilikka uchrashlari mumkin. Bunday vaziyatda oʼqituvchi quyidagi strategiyalardan foydalangan holda talabalarga yordam berishi mumkin: Sinfda talabalarga ruh bagʼishlovchi muhitni yaratish. Oʼqituvchi talabalarga sinfdagi barcha buyumlar, jihoz, deraza va devorga osilgan rasm, jadval, sxemalarga eʼtibor qaratishni va ularga sinchiklab qarashni soʼraydi. Sinfdagi barcha narsalar talabalarda qanday gʼoyalarning paydo boʼlishiga sabab boʼldi. Ularga bu jihoz va buyumlar nimalarni eslatdi yoki qanday maʼlumot bilan bogʼliqligi bor? Masalan, agarda talabalar sunami haqida “aqliy hujum” mashqini bajarayotgan boʼlsalar, tashqarida nur sochib turgan quyosh ularga sunami quyoshli kunda roʼy berishini eslatishi mumkin. Yangi gʼoyalarni oʼylab topishda talabalar qiziqishlaridan foydalanish. “Аqliy hujum” mashqi maʼlum bir adabiy asar haqida boʼlsa, asar qahramonlari xarakteri va ularning hatti-haraktlarini ular yoqtirgan asar qahramonlari, televizion koʼrsatuv ijodkorlari yoki mashhur sportchilarning feʼl-atvori va hatti-harakatlari bilan solishtirishlari mumkin. Talabalar kreativlikda ravonlik va erkinlikka erishmasalar, mashq va darslar jarayonida ularning miyasiga birinchi kelgan gʼoyagagina tayanib qoladilar, vaholanki bunday gʼoya boshqalarning gʼoyasida ajralib turmaydi va talabaning keng fikrlashidan dalolat bermaydi. Qolaversa, muammoning yechimini topishda qancha koʼp gʼoya topilsa, toʼgʼri javob yoki variantni tanlash imkoniyati shuncha katta boʼladi. Masalan, tarix darsi jarayonida yevropalik bosqinchilar Аmerika mintaqasiga ilk bor qadam qoʼyganda ular topgan birinchi narsa “kompyuter” degan javob ham notoʼgʼri boʼlar edi; javoblar berilayotgan savollar doirasida boʼlishi lozim. Savol qancha koʼp detallarni oʼz ichiga olsa, talabalar ham muvofiq ravishda javob topishga harakat qiladilar. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling