Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
Oʼziga xoslik
Oʼziga xoslik noodatiy gʼoyalar oʼylab topish koʼnikmasidir. Oʼquvchilar oʼzlarida avval moslashuvchanlik va ravonlik koʼnikmalarini shakllantirib, soʼng nooodatiy, original gʼoyalarni kashf etish koʼnikmasini hosil qilishlari lozim. Ravon fikrlash koʼnikmasi oʼquvchilarda originallikni rivojlantirishda boshlangʼich va asos soluvchi qadam boʼlib xizmat qiladi; agarda talaba koʼp gʼoyalarni oʼrataga tashlasa, ulardan bir yoki ikkitasi albatta boshqa talabaning gʼoyasi ham boʼladi (Simonton, 1999). Moslashuvchan fikrlash oʼquvchilarga ularninng har bir gʼoyalari bir-biridan farqlanishini koʼrish va anglash imkoni beradi; ularning orasida hammasidan ajralib turuvchi gʼoya boʼlsa, demak ana shunisi original (oʼziga xos) gʼoya hisoblanadi. Talabalar original gʼoya kontekstadan kelibi chiqishi lozimligini anglashlari lozim. Gʼoya bir dars jarayonida, birgina sharoitlar va bir vaqt oraligʼida taqdim etilishi lozim. Talabalarda rovon fikrlash va moslashuvchanlik koʼnikmalarini shakllantirish jarayonida oʼziga xos tarzda (original) fikrlash toʼgʼrisida ham maʼlumot berib oʼtish lozim. Masalan, talabalarni “aqliy hujum” strategiyasi yordamida ocharchilikka qarshi kurashish mavzusida muammoning yechimi roʼyxatini tuzish (ravonlik), soʼng berilgan gʼoyalarni bir necha kategoriyalarga boʼlib chiqish (moslashuvchanlik) va ulardan qay biri oʼziga xos (originallik) gʼoya ekanligini aniqlash talabalarda shakllangan koʼnikmalarning bir paytning oʼzida qoʼllanilishini koʼrsatib beradi. (Mazkur yondashuv Iqtidorlilar insonlarning keng fikrlash modeli asosida yaratilgan; Schlichter, 1986). Moslashuvchan fikrlash koʼnikmasini shallantirishda talabalar qiziqishlari va madaniy qarashlaridan foydalanish ularda originallikni tarbiyalashda katta samara beradi. Mayn shahrida istiqomat qiluvchi oʼrta taʼlim mavtabi oʼqituvchisi mazkur strategiyani oʼquvchilarda oʼziga xos (original) tarzda fikrlash koʼnikmasini shakllantirishda qoʼllagan. U ravonlik va moslashuvchanlik boʼyicha mashq va oʼyinlarni oʼz ichiga olgan elektron dastur ishlab chiqqan. Oʼquvchilar berilgan vazifalarni PowerPoint prezentatsiyasi, portfolio yoki boshqa shaklda bajarish tanloviga ega edilar. Talabalar natijalarni qoʼshiq PowerPoint prezentatsiyasi shaklida taqdim etdilar. Bunday yondashuv asosida ishlab chiqilgan keyinchalik oʼqituvchi va oʼquvchilar orasida mashhur boʼlib, u vazifa mazmunini chuqur anglash va natijalarni original tarzda bqjqri koʼnikmalarini shakllantirishda oʼz samarasini koʼrsatdi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling