Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron albom
Tayyorlanish
Tenglashtirish, kontent tahlil, koʼnikma va ahamiyatli savollar 1-yoʼl. Kreativ fikrlash koʼnikmasini shakllantirish 2-yoʼl. Аmaliy kreativ harakat koʼnikmalarini rivojlantirish 4-yoʼl. Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish Natija va yutuqlar Talabaning kasbiy-ijodiy, kreativ rivojlanishi Kreativlik xaritasi 6. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish. Taʼlim jarayonida tobora faol qoʼllanilayotgan zamonaviy vositalardan biri – axborot texnologiyalari sanaladi. Ularning texnik, texnologik imkoniyatlari taʼlim jarayonini qiziqarli, jonli, samarali tashkil etishda pedagoglar uchun nihoyatda qoʼl keladi. Bugungi kunda taʼlimda radio eshittirish, telekoʼrsatuvlar, filmlarni namoyish imkoniyatlari mavjud. Ulardan foydalanish oʼqitish sifatini yaxshilaydi, shaxsning kreativ sifatlari, kasbiy malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Аxborot texnologiyalari orasida kompyuterlarning alohida oʼrni bor. Zamonaviy oʼqitishda kompyuter texnologiyasi pedagoglar uchun eng yaqin “yordamchi” boʼlmoqda. Taʼlim jarayonida ulardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi: 1) real ishlab chiqarish faoliyatiga mos keluvchi hajm, psixologik va mantiqiy- tarkibiy tuzilma mohiyatga koʼra oʼquv axborotini toʼla taqdim etilishini taʼminlaydi; 2) oʼquv axborotlarining tezkor yangilanishini inobatga olgan holda ularni taqdim etish tezligini zarur darajada boʼlishiga koʼmaklashadi; 3) oʼquvchilarga bajarilayotgan ish-harakat yoki faoliyat sifati haqidagi maʼlumotni berishda tezkorlikni taʼminlaydi; 4) ishlab chiqarish ustasiga oʼquvchi faoliyatini nazorat qilish va unga zarur oʼrinlarda maslahat, yoʼnalish hamda koʼrsatmalar berish imkoniyatini yaratadi Аxborot texnologiyalarining moslashuvchanlik va interaktivlik xususiyatiga egaligi talabalarning oʼzlashtirish darajasiga bogʼliq holda oʼtilgan mavzuni qaytarish, mavzu ustida ishlashlarni individual tempda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy muloqotni imitatsiyalash, yaʼni, elektron darslik matni bilan talaba oʼrtasida muloqot oʼrnatib, soʼrovnoma, verbal, noverbal, ovoz va b. yordamida oʼqituvchi mavjudligini his etish imkoniyatini yaratadi. Bu turdagi texnologiyalar yordamida multimedia mahsulotlari, elektron albom, elektron atlas, raqamli video lavhalar, virtual stendlar, audio va video vizual materiallar, shuningdek, prezentatsiyalar tayyorlash imkoniyati mavjudki, ular taʼlim jarayonining qiziqarli tashkil etilishini taʼminlaydi. Qolaversa, ular vositasida talabalar, pedagoglarning hissiy- estetik tuygʼulari shakllanadi. Bu esa shaxsning kreativligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Quyidagi axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, taʼlim jarayonida samarali foydalanish mumkin boʼlgan ijod mahsulotlari sanab oʼtiladi. Multimedia – bir necha koʼrinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli, musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa axborotlarni uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha Elektron albom – rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning izohlarini oʼzida aks ettiruvchi elektron shakldagi toʼplam Elektron atlas (yun. “Atlas” – birinchi boʼlib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya podshosining nomidan) – muayyan oʼquv moduli (oʼquv fani) boʼyicha tavsiya etilgan va oʼziga xos grafik tasvirlarga ega boʼlib, oʼquv maqsadlariga koʼra foydalaniladi Raqamli video lavhalar – oʼquv moduli (oʼquv fani) boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga yordam beradigan maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan 3D oʼlchamdagi zamonaviy oʼquv manbai Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling