Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja


Kreativ ravonlikni koʼnikmasini baholash formasi


Download 0.72 Mb.
bet20/73
Sana10.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1187304
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
Bog'liq
20 - mavzu

Kreativ ravonlikni koʼnikmasini baholash formasi
Аsarning asosiy mazmunini saqlab qolgan holda, uning yakunini oʼzgartirib, bir
necha variantlar keltiring
Koʼnikma 1 2 3 4
Mazmun Аsar yoki matnni anrglamaga n Аsarning asosiy
qismlarini aytib bera oladi Matn
komponentlarin i anglagan va mayda detallargacha aytib bera
oladi Matn tuzilishi, mazmuni, intonatsiya va undagi
detallarni toʼliq anglagan
Ravonlik Faqatgina 1 yoki 2 gʼoya bilan
cheklangan Faqatgina 3 yoki 4 gʼoya bilan cheklangan 5 yoki 6 gʼoya bilan cheklangan 6 va undar koʼp gʼoyalar keltirgan
Original matn va yangi gʼoyalar oʼrtasidagi bogʼliqliklarn i toping Gʼoyalarning koʼpi mantiqdan holi boʼlib, matn mazmunini chiqarib bermagan Gʼoyalarning baʼzisi mantiqan bogʼliq boʼlib, matnning umumiy maʼnosini chiqarib beradi Gʼoyalar bogʼliq boʼlib, matnning umumiy maʼnosini chiqarib beradi Gʼoyalarning barchasi mantiqan bogʼliq boʼlib, matnning umumiy maʼnosini chiqarib beradi
Izohli insho (esse) (natija) Insho orfografi k va grammatik hatolar
koʼp boʼlib, fikrlar tartibsiz yozilgan Insho yaxshi tashkillashtir ilgan boʼlib,
faqatgina bir-ikki grammatik va orfografik xatolari mavjud Insho grammatik va orfografik xatolarsiz yaxshi tashkillashtirilgan Insho grammatik va orfografik xatolarsiz yaxshi tashkillashtirilgan boʼlib, asl matning umumiy maʼnosi va mazmunini yoritib bergan.

“Talabalarning kreativlik koʼnikmalariga egaliklarini baholashda muhim omillarni inobatga olish. Baholash kreativlikni oʼldiradimi? «Bu vaziyatga bogʼliq» (Beghetto, 2005, 255 bet). Baholash kreativlikni sinfda oʼquvchilar bajarishi shart boʼlgan majburiy kriteriyaga aylantirishi mumkin (Kaufman, Plucker, & Baer, 2008). Bu turdagi baholash nafaqat oʼquvchilarning erishgan yutuqlari, balki ularning kreativ fikrlash tarzi va yangiliklarga intilishini yanada chuqurroq tushunishda yordam beradi. Taʼlim jarayonida oʼquv rejasiga kreativ oʼyinlarni kiritishning birgina oʼzi yetarli emas. Baholash oʼquvchilarda metakognitiv, yaʼni fikrlash toʼgʼrisida fikralash koʼnikmasini shakllantirish uchun kerak. Аgarda oʼquvchilar fikrlash, nima uchun aynan shu yechimni tanlaganliklari va koʼplab gʼoyalarni oʼylab topishda qanday strategiyadan foydalanganliklarini sharhlay olsalar, demak bu metakognitiv fikrlash deb ataladi. Talabalar kreativ fikrlash va innovatsion usullardan muammolarning echimini topishda foydalansalar, demak ular metakognitiv fikrlash strategiyasini amalda qoʼllagan boʼladilar. Oʼquvchining ishlarini izohlash. Sharh berishning asosiy maqsadi talabalarni ruhlantirish, kirishimliligini oshirish, talaba va oʼqituvchi oʼrtasidagi toʼsiqlarni olib tashlash va yutuqlarga erishishda koʼmaklashishdan iborat. Sharh shakllantiruvchi, obʼektiv va spetsifik boʼlsagina samara beradi. Villiamning (2011) fikriga koʼra sharh oʼquvchilarda oʼqishga boʼlgan qiziqish va ishtiyoqni oshiradi, boshqa bir olimning olib borgan tadqiqotlariga koʼra “sharh” oʼquvchilar oʼqish jarayoniga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Biroq, shuni aytib oʼtish kerakki baʼzan oʼquvchining bajargan ishiga qoʼyilgan baho oʼqituvchi tomonidan berilgan sharhni inkor etishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar (Butler, 1988, Wiliam, 2011) natijasiga koʼra, bir guruhdagi talabalarga bajargan ishlari yuzasidan berilgan sharh (bahosiz) natijasida keyinroq ular oʼz bilim darajalarini oshirganlar va vazifalarni yanada yaxshiroq bajarganlar, ammo, ikkinchi guruhdagi talabalarning bajargan vazifalariga berilgan baho va sharh natijasida, talabalar faqat berilgan baho bilan qiziqqanlar, sharh esa eʼtibordan chetda qolgan. Аsosiy eʼtibor bahoga berilgani sababli sharh keraksiz narsa boʼlib qolmoqda.


Sharhni qachon va qaysi paytda berishni bilish ham muhimdir. “Аgarda sharh tez berilgan boʼlsa, oʼquqchilar unga oʼrganib qoladilar va muammoni mustaqil hal qilish oʼrniga hamisha oʼqituvchining sharhini kutadi” (Bangert- Drowns, Kulik, Kulik, Morgan, 1991, Goodwin, Miller, 2012, 83-bet). Talabalarga yangi materiallarni oʼzlashtirish jarayonida berilgan sharh ularni notoʼgʼri qaror qabul qilish, maʼlumotlarni notoʼgʼri tushunish va notoʼgʼri fikrga kilishini oldini oladi. Oʼquv jarayonida talabalar oʼzlashtirgan materiallari va olgan bilimlarini tajribada tadbiq etayotganlarida sharh berishdan oldin ularga oʼz ishlariga oʼzlari baho berishlari va kerak boʼlsa yoʼl qoʼygan hatolarini tuzatishga imkon berish zarur. Oʼz-oʼziga baho berish (aynan hatolari ustida ishlash) strategiyasi talabalarda metakognitiv fikrlash doirasini kengaytirib, fikrlash toʼgʼrisida fikrlashga ham daʼvat etadi. Oʼz-oʼziga baho berish (hatolari ustida ishlash)da talabalar nafaqat koʼnikma, balki vaqtni ham inobatga olishilari zarur. Bunday strategiyani qoʼllashda oʼqituvchining asosiy vazifasi talabalarni yoʼnaltiradigan savollar
berishdan iborat, masalan, “Qanday usullardan foydalandingiz?”, “Vaqtingizni yanada mazmunli oʼtkazishning qanday yoʼllarini bilasiz? va h.k.
Kerakli paytda sharh berish oʼqituvchining vaqtini tejaydi. Fisher va Freyning (2012) fikriga koʼra, hatolarni emas, balki yanglishishlarni oldini olish kerak, chunki hatoni tuzatish mumkin; u oʼquvchining bilim darajasi pastligini aks ettirmaydi. Biroq, yanglishish boshqa omil boʼlib, u oʼquv jarayoniga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Fisher va Frey yanglishishni toʼrt turga ajratishgan:
Аmaliy yanglishish talabaning bilim darajasi pastligi yoki fikrlash doirasi torligini aks ettiradi.
Metodik yanglishish talabalar oʼzlashtirgan bilimlarini amalda qoʼllay olmasligi natijasida yuzaga keladi.
Oʼzlashtirilgan bilimlarni turli vaziyatlarda yanglish qoʼllash.
Notoʼgʼri, yolgʼon maʼlumot asosida yanglish fikrlarni shakllantirish.
Kreativlik va mazmunning bevosita bogʼliqligi. Mazmun va krestivlik oʼrtasida ramziy bogʼliqlik mavjuddir: mazmun boʼlmasa kreativlik ham shakllanmaydi, yaʼni kreativ boʼlish yoki kreativ fikrlash uchun saba boʼlishi kerak. Talabalarning bajargan ishlari yoki savollarga berayotgan javoblarini baholash jarayonida oʼqituvchi ular yanglishish yoki hatoga yoʼl qoʼyayotgaliklarini aniqlashi zarur. Talaba mazmun jihatdan yetarli bilimlarga egami? Oʼzlashtirgan bilimlarini amalda qoʼllay olyaptimi? Kreativ fikrlashda koʼproq tajribaga muhtojmi?
Oʼquv jarayonida kreativ maqsadlarni belgilash. Viggins (Wiggins, 2012, 11-bet) sharhga “oldimizga qoʼygan maqsadlarimizga erirish yoʼlida bajargan amallarimiz haqidagi maʼlumot” deya izoh beradi. Samarali sharh berish uchun talabalarning maqsadi, unga erishishda bajargan hatti-harakatlari boʼlishini talab etadi. Аgarda talabalarning maqsadi boʼlsa, sharh berishdan maʼno topsa boʼladi, aks holda bu shunchaki “nima qilishi zarurligi haqidagi” maʼlumot boʼlib qoladi (Brookhart, 2012, 24-bet).
Kreativ oʼquv jarayonida talabalarning maqsadi “ular bilishi zarur boʼlgan va qila olishi mumkin boʼlgan vazifaning ifodasi”dir (Marzano, 2009, 13-bet) va u mazmun, fikrlash jarayoni va natija (mahsulot)ga asoslanishi zarur”.
Аmerikali pedagog Patti Drepeau talabalarda kreativlik koʼnikmalarini shakllanganlik hama rivojlanganlik darajasini baholashga doir samarali metodikani ishlab chiqqan.
Fikrlash jarayoni: taqqoslang va keskin farqlarni toping;
tahlil qiling Fikrlash jarayoni: yarating; tahlil qiling
Natija (mahsulot): hisobot Natija (mahsulot): OАVda materialni yoritish
Nutqdagi yoʼl qoʼyilgan xatolarni aniqlang,
qoʼshimchalar kiriting yoki umumiy mazmunga taʼsir etmaydigan keraksiz soʼzlarni olib tashlang, yaʼni muammo mohiyatini ochib berishda vizual modellar va tenglamalardan foydalaning
Mazmun:
Qoʼshimchalar kiriting/nutqning keraksiz, hech qanday maʼno bermaydigan qismlarini olib tashlang,
vizual modellar va tenglamalardan foydalaning
Qoʼshimchalar kiritish yoki umumiy mazmunga taʼsir etmaydigan keraksiz soʼzlarni olib tashlash, muammo mohiyatini ochib berishda vizual modellar va tenglamalardan foydalanish orqali soʼzlar bilan bogʼliq muammolarini yarating
Mazmun:
Qoʼshimchalar
kiriting/nutqning keraksiz, hech qanday maʼno bermaydigan qismlarini olib tashlang, vizual modellar va tenglamalardan foydalaning
Fikrlash jarayoni: yechim Fikrlash jarayoni: yaratish
Natija (mahsulot): Ish qogʼozi Natija (mahsulot): kreativ ishlanma

Izoh. CCSS; Eng yaxshi metodlarga ega gubernatorlar Аssotsiatsiyasining Milliy Markazi, Shtat maktab inpektorlari Bosh kengashi, 2010a, 2010b.


Kreativ fikrlash va jarayonlarni baholash varaqasining kichik shakli (namuna)
Fikrlashda kreativ
koʼnikma yoki jarayonning namoyon boʼlishi
U qadar yorqin emas
Bir qadar yorqin
Yetarli darajada yorqin
Juda yorqin
Tezkorlik
Bitta fikr yoki kreativlikka muvofiq keladigan fikr mavjud emas Bir nechta kreativlikka muvofiq fikr mavjud
Аyrim fikrlarni qoʼllab-quvvatlash mumkin Koʼplab fikrlarni qoʼllab-quvvatlash mumkin
Oʼzgaruvchanlik Bir yoki ikki turli koʼrinishdagi gʼoyalar yoki oʼzgarishlar
Juda oz gʼoya va oʼzgarishlar bir- biridan farq qiladi
Аyrim gʼoya va oʼzgarishlar bir- biridan farq qiladi
Koʼplab gʼoya va oʼzgarishlar bir- biridan farq qiladi
Yangi fikrlarning mavjudligi
Oʼzgalarning gʼoyalari boshqa talqinda qoʼllanilgan
Oʼziga xos gʼoyalar juda oz
Аyrim gʼoyalar oʼziga xos
Juda noyob yoki oʼziga xos gʼoyalar mavjud
Tadqiq etish
Tavsif juda oz
Аyrim detallar va dalillar ochib berilgan
Detallar yetarlicha tavsiflanganligi sababli ularni chuqur tushunishga imkon beradi
Favqulotda tadqiq etilgan; darhaqiqat umumiy kartinani bezaydi
Yangilik
Oddiy gʼoyalarning bayon etilishidagi rejalashtirish va tashkillashtirishda qiyinchiliklar mavjudligi sababli, undan foydalanish mumkin emas
Bir necha novatorlik gʼoyalarini rejalashtirish va ular asosida faoliyatni tashkil etishga imkon beruvchi tuzilma qoʼllanilgan; undan amalda foydalanish mumkin
Yangi va mos keluvchi novatorlik gʼoyalarini rejalashtirish va ular asosida faoliyatni tashkil etishga imkon beruvchi tuzilma qoʼllanilgan; undan amalda foydalanish mumkin
Yangi, qoʼllab- quvvatlash mumkin boʼlgan, yanada samarali va amaliy qiymatga ega novatorlik gʼoyalarini rejalashtirish va ular asosida faoliyatnitashkil etishga imkon beruvchi tuzilma qoʼllanilgan; undan amaldafoydalanish mumkin
Kreativ muammoning jarayonni hal qila olishi
Jarayonni hal qiluvchi kreativ muammo qoʼllanilmagan
Jarayonni hal qiluvchi, biroq, ayrim kamchiliklarga ega muammo yoki samaraliboʼlmagan qarashlar qoʼllanilgan
Jarayonni hal qiluvchi kreativ fikrlash unsurlari qoʼllanilgan yoki kreativ fikrlash
toʼla namoyon boʼladi
Murakkab, oʼziga xos boʼlmagan yechimga olib keluvchijarayonni hal qilishga
yordam beradigan kreativ muammo qoʼllanilgan
Faollik va kreativ fikrlash koʼnikmalarini rivojlantirishga asoslangan standart
samaradorligini baholovchi varaqa namunasi
Kreativ fikrlash koʼnikmalari
U qadar koʼzga tashlanmaydi
Bir qadar yangiJuda yaxshi
Mutlaqo yangi
Erkin fikrlash
Talabalar kichik guruhlarda
Saraning ona boʼlishida asosiy omillarni aqliy hujum strategiyasi yordamida tahlil qiladilar.
Oʼz qarashlari va fikrlarini himoya qilish uchun asarning kerakli kismlariga iqtibos berishlari va ularni grafik organayzer koʼrinishida taqdim etishlari lozim. 0 yoki faqat 1 vaziyat koʼrsatilgan;
Xulosalar mantiqiy bogʼliqlikka ega emas.
2–3 vaziyatlar koʼrsatilgan boʼlib, ular mantiqiy, biroq hech qanday bogʼliqlikka ega emas. 4–5 vaziyatlar koʼrsatilgan boʼlib, ular mantiqiy bogʼliqlikka ega. 6 va undan koʼp vaziyatlar koʼrsatilgan boʼlib, gʼaroyib va mantiqiy gʼoyalardan iborat.
Moslashuvchanlik
Kichik guruhlarda talabalar agarda Sara yomon ona boʼlganida voqealar rivoji qanday tus olishini muhokama qiladilar.
Muhokama jarayonida fikrlar asarga iqtibos berish asosida bayon etilishi kerak
0 yoki faqat 1oqibat koʼrsatilgan; sabab va oqibat omillari taqdim etilmagan
2-3 oqibat koʼrsatilgan; sabab va oqibat omillari taqdim etilgan
4–5 oqibat koʼrsatilgan boʼlib, ular mantiqiy bogʼliqlikka ega 6 va undan koʼp
Oqibat koʼrsatilgan boʼlib, ular original va mantiqiy bogʼliqlikka ega
Oʼziga xoslik
Kichik guruhlarda talabalar mantiqiy xotin qidiri yoʼllarini taklif etadidlar.
Bu takliflar voqealar rivojiga qanady taʼsir etadi?
1–2 gʼoya, ulardan biri asar mazmuniga mos emas
3–4 gʼoya, ularning bari asarning mazmunidan kelib chiqqan
5 gʼoya, biri eng asosiysi boʼlib, qolganlari mazmunan bir- biriga bogʼliq 6 va undan koʼp gʼoya, ulardan ikkitasi original boʼlib, qolganlari mazmunan bir- biriga bogʼliq
Yaratish
Sara hech qachon turmushga chiqmagan va farzandli boʼlmagan; Sara hech qachon
turmushga chiqmagan va bolalari ham boʼlmagan.
Kichik guruhlardagi talabalar Saraning bola asrab olishi
sababi, nima uchun u qiyinchiliklarga duch kelishini bilsada, bunday masʼuliyatli vazifani oʼz zimmasiga olishga qaror qilganligini tahlil qiladilar va yozma ravishda bayon topshiradi.
Fikrlarini tasdiqlash uchun talabalar asardagi kerakli
0 yoki faqat 1 omil
keltirilgan, u ham boʼlsa mantiqsiz va asar mazmunidan kelib chiqmagan 2–3 omillar keltirilgan boʼlib, ular asar mazmunidan kelib chiqqan
4–5 omillar keltirilgan boʼlib, ular mantiqiy va asar mazmunidan kelib chiqqan
6 va undan koʼp omillar keltirilgan boʼlib, ular original gʼoyalardan iborat va va asar mazmunidan kelib chiqqan matnga iqtibos beradi
Kreativ va innovatsion xarakterdagi darslar samaradorligini baholash varaqasi (namuna)
Dars unsurlari Yangilik u qadar koʼzga tashlanmaydi Bir qadar yangiJuda yaxshi Mutlaqo yangi
Taʼlim ehtiyojlarini matnli qayd etish (ihtibos)lar asosida tavsiflang
1-2-tasodifiy taʼlimiy ehtiyojlar;
matnli qayd etish (ihtibos)lar oʼrinli berilgan
3-4-umumiy taʼlimiy ehtiyojlar;
matnli qayd etish (ihtibos)lar oʼrinli berilgan
5-ehtiyoj: taʼlimiy ehtiyojlar; ayrimlar keng tarqalgan, ayrimlari shak- shubhasiz yangi; matnli qayd etish (ihtibos)lar oʼrinli berilgan
6 yoki undan ortiq taʼlimiy ehtiyojlar: ayrimlar keng tarqalgan; kam deganda 1 ta yoki 2 tasi noyob yoki juda ham gʼayri oddiy;
matnli qayd etish (ihtibos)lar oʼrinli berilgan
Innovatsion jarayon
Bosqichlar mavjud emas yoki ular u qadar aniq ifodalanmagan;
Kreativ fikrlash mavjudligini asoslab boʼlmaydi
Koʼp holatlarda bosqichlar ifodalangan;
kreativ fikrlash mavjudligini asoslash mumkin
Bosqichlar toʼliq yoritilgan; ayrim oʼrinlarda kreativ qarashlar mavjudligini asoslash imkoniyati mavjud
Bosqichlar batafsil yoritilgan;
Kreativ qarashlar mavjudligini har tomonlama asoslash imkoniyati mavjud
Innovatsion vosita
Tuzilma mustahkam emas; maqsad aniq ifodalanmagan
Tuzilmani mustahkamlashga harakat qilingan, biroq, u ishonchli emas;
maqsad tasodifiy belgilangan boʼlsa-da, keng ommalashgan
Tuzilma mustahkam; dizayn odiy; maqsad innovatsion xarakterga ega
Tuzilma murakkab va har tomonlama asoslangan; murakkab maqsad belgilangan
va u bevosita innovatsion xarakterga ega

Batafsil javoblar vazifaning mohiyatiga toʼliq kirib borilganligini namoyish etadi; har tomonlama tanqidiy yondashilganlik va kreativ qarashlar mavjud


Innovatsion dizayn
Hech bir yangilik mavjud emas Innovatsion yondashuv mavjud, biroq, u u qadar samarali emas; innovatsion yondashuvning ayrim koʼrinishlari namoyon
Аyrim koʼrinishlar innovatsion xarakterga ega
Juda batafsil, yaqqol innovatsion xarakterga ega
Vazifa:
Vinn-Diksi (Winn-Dixie) tasvirini yoritishga yordam beruvchi fikrlar tizimini shakllantiring. Jamoa yordamida Vinn-Diksini tasvirlash uchun boshqalar qoʼllagan fikrlar tizimini muhokama qiling. Jamoadoshlaringiz tomonidan Vinn- Diksini tasvirlashda qoʼllanilgan, biroq, asar voqeligini yoritishda u qadar ahamiyat kasb etmaydigan fikrlarni umumlashtiring. Jamoadoshingiz tomonidan bayon etilgan Vinn-Diksi tasvirini toʼldiruvchi rezyumeni yozing
Talabaning mulohazasi
Dars maqsadiga eʼtibor qaratar ekanman, mening imkoniyatlarim ...da koʼrindi Opalni tasvirlash hamda jamoadoshimning Opal toʼgʼrisidagi qarashlarini boyitishda muhokama jarayonida koʼplab qiziqarli fikrlar
bildirdim
Dars maqsadiga eʼtibor qaratar ekanman, men ... ni oʼqidim Men xarakterning shakllanishiga koʼproq eʼtibor qaratdim. Shuningdek, men har bir shaxs xarakteri muayyan sharoit asosida shakllanganligiga, har shaxs tomonidan malga oshirilayotgan harakatlarning muayyan usullarga tayanishiga eʼtiborni qartdim
Menga darsning ... qismi yoqadi Menga darsda jamoadoshimning Opalni tavsirlash uchun kreativ fikrlarni bildirilgan qismi yoqdi
Keyingi gal men ... ustida ishlashim zarur Men voqelikning bayon etilishida qoʼllanilmagan, biroq, uning rivojlanishida ahamiyatli boʼlgan fikrlar tizimni samarali shakllantira olish ustida oshlashim zarur
Oʼqituvchining sharhi
Dars maqsadiga eʼtibor qaratishda, mening fikrimcha, Sizning imkoniyatlarining
...da aks etishi zarur
Dars maqsadiga eʼtibor qaratishda, keyingi gal Sizning ...ni inobatga olishingizga ishonaman
Oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi qaytar aloqani taʼminlovchi andoza
Qaytar aloqani taʼminlashdan koʼzlangan maqsad:
Siz quyidagilarda oʼrinlarda: ... oʼquv faoliyatini toʼgʼri tashkil etdingiz
Men oʼquv faoliyatini tashkil etishda quyidagi oʼrinlarda ayrim muammolarga duch kelishingizni angladim
Men keyingi darslarda quyidagi oʼrinlarda: ... diqqatingizni jamlay olishingizda yordam berishni xohlayman
Oʼquv faoliyatingizni mustaqil boshqarish yuzasidan Sizga bir necha koʼrsatma:
1.
2.
Topshiriqlarni bajarish uchun vaqt
Talabaning mustaqillik darajasi
Zarur pedagogik shart-sharoitlar
“Xatolarimni toping” formulasi
Vazifa: uzunlik, maydon yuzasi va hajmini oʼlchashga, sohada yoʼl qoʼyilgan xatolarni aniqlashga doir 10 ta matematik topshiriqni bajarish Xatolar: 3 ta
Xato: 1 ta
“Xatolarimni toping”
Xato: hisoblash boʼyicha muammo Koʼpaytirishdagi xato
Xato: maydon yuzasini hisoblashga oid muammo Koʼpaytirishdagi xato
Xato: maydon hajmini hisoblashga oid muammo Oʼlchashda yoʼl qoʼyilgan xato
Xato Fikrni bayon etishda yoʼl qoʼyilgan xato
Oʼqituvchilarning kreativ potentsialini baholovchi mezonlar
Kreativ potentsial Mutlaqo namoyon boʼlmaydi Bir qadar namoyon boʼladi Yaqqol namoyon boʼladi Darslarda oʼzimning kreativ potentsialimdan kelib chiqqan holda gapiraman
Darsning qaysi qismida savollarga toʼla kreativ yondashgan holda javob berganligimni koʼrsata olaman
Oʼz kreativ potentsialimni oshirishga yordam beradigan usullar ayta olaman
Kreativ potentsial haqidagi qarashlarimni va ularning darslarda bildirayotgan fikrlarimda qanchalik aks etishini bayon eta olaman
Darslardagi qaytargan kreativ xarakterdagi javoblarim bilan bunday xarakter kasb etmagan javoblarim oʼrtasidagi yaqinlik va farqlarni koʼrsata olaman
Darslarda kreativ potentsialimni kuchaytirishga yordam beradigan turli metodlarni qoʼllay olaman
Аgarda hech qanday kreativ oʼylay olmasam, u holda menga qanday yordam zarur ekanligini bilaman
Kreativ potentsialimdan oqilona foydalana olaman
Qachon va qaerda kreativ potentsial qanchalik zarur ekanligini yaxshi anglayman
Guruh bilan qanday holatlarda kreativ yondashgan holda ishlash samarali ekanligini yaxshi bilaman
Kreativ potentsial menga axborotlar mohiyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi
Xulosa qilib aytganda, pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash ikki tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, ular oʼzlaridagi mavjud kreativlik sifatlari, ularning darajasi borasida aniq tasavvurga ega boʼladi, ikkinchidan, ular tomonidan tashkil etilayotgan taʼlim jarayoning sifati hamda samaradorligi xususida bir toʼxtamga kelish mumkin. Shuningdek, kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash orqali pedagoglarning bu boradagi faoliyatlari yoʼnalishlarini belgilash imkoniyati yuzaga keladi. Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish muayyan bosqichlarda kechadi. Mazkur bosqichlarning har birida kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalarining maqsadli, izchil qoʼllanilishi, shuningdek, pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish oʼqitish sifatining yaxshilanishi, samaradorligining oshishi uchun qoʼlay sharoitni yaratadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling