Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
-MAVZU: OTM PEDAGOGLARIDA KREATIVLIK SIFATLARI VA IJODIY
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bumerang” strategiyasi.
- “Kichik esse” strategiyasi
- “Mantiqiy chalkash zanjir
6-MAVZU: OTM PEDAGOGLARIDA KREATIVLIK SIFATLARI VA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITALAR HAMDA TEXNOLOGIYALAR
Reja: OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari. OTM pedagoglarida kreativlik tafakkurni rivojlantiruvchi vositalar Tayanch tushunchalar: kreativlik tafakkur, kreativlik sifatlari, kreativlik tafakkurni rivojlantiruvchi vositalar Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishda bir qator interfaol metodlardan foydalanish bu borada samaradorlikka erishishga yordam beradi. Quyidagi interfaol metodlar oʼz mohiyatiga koʼra shaxsda vaziyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, muammoni tahlil qilish, sintezlash, tizimning tarkibiy elementlari oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik va aloqadorlikni topish, mantiqiy fikrlash koʼnikmalarini hosil qiladi. Quyida ulardan ayrimlari namuna sifatida keltiriladi: 1. “АJIL” (“Аmaliy jamoaviy ijodiy loyihalar”) strategiyasi talabalarda ijodiy faoliyat malakalarini, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish koʼnikmalarini shaklllantirish, jamoaviy ijodiy loyiha (ish)larning shakllari toʼgʼrisidagi tushunchani hosil qilishga koʼmaklashishga xizmat qiladi. “Аjil” texnologiyasini oʼquv jarayonida “Jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish” mavzusidagi suhbat yoki “Men – jamoaviy ish tashkilotchisiman” nomli blits-oʼyin oʼtkazilgandan soʼng qoʼllash maqsadga muvofiqdir. Strategiyani qoʼllashda quyidagi shaklda ish koʼriladi: Oʼqituvchi texnologiya haqida maʼlumot berib, u asosida muhokama qilinadigan mavzuni eʼlon qiladi. Oʼqituvchi talabalarga topshiriqlarni berib, ularni bajarish rejasini tuzishni aytadi Oʼqituvchi “Аqliy hujum” metodi yordamida har bir oʼquvchi (talaba)ning topshiriq borasidagi fikrlarini yozuv taxtasi yoki vatmon qogʼozga yozib boradi. Birgalikdagi muhokamadan soʼng oʼquvchi (talaba)lar yagona loyiha-rejani tasdiqlashadi (“Ogʼzaki jurnal” deb nomlab, uning har bir sahifasiga nom qoʼyish mumkin) 2. “Аqliy hujum” strategiyasi talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, oʼz tasavvurlari, gʼoyalaridan ijobiy foydalanishga doir koʼnikma, malakalarni hosil qilishga ragʼbatlantiradi. U yordamida tashkil etilgan mashgʼulotlarda ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal (oʼziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tugʼiladi. Strategiya mavzu doirasida maʼlum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil gʼoyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Mashgʼulotda strategiyani qoʼllashda quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim: Strategiya qoʼllanilganda talabalarning faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildiriladigan fikrlarni baholashga yoʼl qoʼyilmaydi (zero, fikrlar baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarni himoya qilishga qaratadi, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi; metodni qoʼllashdan koʼzlangan asosiy maqsad talabalarni muammo boʼyicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutib, ularni baholab borishdan voz kechishdir). 3. “Baliq skeleti” grafik organayzeri (GO) talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qoʼllashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, maʼlumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish koʼnikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: 1) oʼqituvchi talabalarni GOni qoʼllash sharti bilan tanishtiradi; 2) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi; 3) guruhlar topshiriqlarni bajaradi; 4) guruhlar oʼz yechimlarini jamoaga taqdim etadi; 5) jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi 4. “Bumerang” strategiyasi. Texnologiya talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, yodda saqlash, soʼzlab berish, fikrlarni erkin bayon etish, qisqa vaqt ichida koʼp bilimga ega boʼlish, oʼqituvchi tomonidan barcha oʼquvchilar faoliyatining birdek baholanishi uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. U oʼqituvchiga tarqatma materiallarning oʼquvchilar tomonidan guruhli, individual shaklda samarali oʼzlashtirilishini, auditoriyada tashkil etiladigan suhbatning munozaraga aylanishini taʼminlash orqali ularning faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Bu texnologiyadan suhbat-munozara shaklidagi darslarda individual, juftlik, guruhli va jamoaviy shakllarda foydalanish mumkin. 5. “Venn diagrammasi” GO talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini oʼzlashtirish, tushunchalarni sintezlash koʼnikmalarini hosil qilishga yoʼnaltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema boʼyicha amalga oshiriladi. Talabalar tomonidan oʼzlashtirilgan oʼzaro yaqin nazariy bilim, maʼlumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan boʼlim yoki boblar boʼyicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish samaralidir. 6. “Zinama-zina” strategiyasi talabalarda oʼrganilayotgan mavzuni kichik mavzularga ajratilgan holda rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida oʼrganish koʼnikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, u talabalarda mavzuni oʼrganishga ijodiy yondashish, shaxsiy fikr, oʼzlashtirilgan tushunchalarni tasviriy koʼrinishlarda ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. 7. “Insert” GO yangi mavzu boʼyicha talabalarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 8. “Keys-stadi” (yoki “Oʼquv keyslari”) metodi (ingl. “case” – metod, “sudy” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) texnologiyasi talabalarda aniq, real yoki sunʼiy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U talabalarni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni oʼrganish va tahlil qilishga oʼrgatadi. Texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: taʼlim shakllari, taʼlim metodlari, taʼlim vositalari, taʼlim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni toʼplash, ularni oʼrganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi taʼlimiy aloqaning usul va vositalari, oʼquv natijalari. 9. “Kichik esse” strategiyasi kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega boʼlib, oʼrganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taassurot, tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U talabalar tomonidan oʼrganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala boʼyicha erkin fikr bildirish, mazmun-mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Kichik esseni yaratishda talabalar mavzu gʼoyalarini umumlashtirish, tizimlashtirish, turkumlashtirish, xulosalarni bayon etish imkoniga ega boʼladi. 10. “Klaster” GO (“Klaster” – gʼuncha, toʼplam, bogʼlam) puxta oʼylangan strategiya boʼlib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashgʼulotlarda qoʼllash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan gʼoyalarni umumlashtirish, ular oʼrtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. 11. “Kontseptual jadval” GO talabalarni oʼrganilayotgan mavzu (masala, muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlari boʼyicha taqqoslashga oʼrgatadi. Undan foydalanishda talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, maʼlumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi. 12. “Mantiqiy chalkash zanjir” strategiyasi tushunchalar, bildirilgan fikrlar oʼrtasida bogʼliqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda toʼgʼri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga oʼqituvchi mavzuni yorituvchi maʼlumotlarni toʼgʼri va notoʼgʼri tartibda bayon etadi. Talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan notoʼgʼri ifodalangan maʼlumotlarni toʼgʼri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda toʼgʼri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat. Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishda turli didaktik, texnik va axborot-kommunikatsion vositalardan ham samarali foydalanish mumkin. Аna shunday vositalardan biri Patti Drepeau tomonidan taklif etilgan “Kreativlik xaritasi”dir. Kirish: auditoriya (talabalar) Oʼqituvchi tomonidan noanʼanaviy, oʼziga xos gʼoyalarning qoʼllab-quvvatlanishi, interfaol metodlarning qoʼllanilishi, talabalarga muammoning bir necha yechimini topishga imkon va tanlov huquqini berishi, ular faoliyatini obʼektiv baholash natijasida qulay taʼlimiy muhim yuzaga keladi Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling