Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
Yaratuvchanlik
“Yaratuvchanlik” tushunchasi boshqa bir gʼoyani rivojlantirish va uni kengaytirishga asoslanadi, yaʼni berilgan vazifalar anu shu gʼoya asosida bajariladi. Bir gʼoyani kengaytirish uchun talabalar mavzu, muammo yoki vazifa mazmunin chuqur anglab yetishlari va talab etilgan darajada bilimga ega boʼlishlari lozim. Talabalarga “yaratuvchanlik” tushunchasi haqida gapirganda, ularga hayotiy misollar keltirish maqsadga muvofiqdir (masalan, kompyuterlar, rekonstruktsiya, kino va adabiy asarlar, ilmiy tushunchalar va nazariyalar, insonlar hayotida yuzaga keladigan muammolarni yechish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar). Talabalarda ishlab chiqish koʼnikmasini shakllantirisha adabiy yoki asarlarni bir-biri bilan taqqoslash (baʼzan koʼp betli asarlar kichkina kam betli asarlar kabi koʼp maʼlumot bermaydi) mashqi katta samara beradi”. Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar. Talabalarni kreativ fikrlashga oʼrgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo oʼqituvchining oʼzi kreativ, ijodkor shaxs boʼlishi zarur. Bordi-yu, uning oʼzi kreativlik sifatlariga ega boʼlmasa, u holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga ragʼbatlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: oʼqituvchining oʼzi kreativ, ijodkor boʼlsagina, talabalar ham shunday boʼla oladi. Oʼqituvchining ijodkor va kreativ boʼlishi yoki boʼlmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi gʼoyalarni taʼlim jarayonida sinab koʼrishga intilishi zarur. Darslarda oʼqituvchi “kreativlik yoʼl xaritasi”ga koʼra quyidagi 4 ta yoʼnalish boʼyicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: 1) ijodiy fikrlash koʼnikmalarini namoyon etish; 2) talabalarni oʼquv fanlarini qiziqish bilan oʼzlashtirishga ragʼbatlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; 3) innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning yechimini topishga kreativ yondashish; 4) kutiladigan natija. Pedagogning kreativlik potentsiali koʼp darajali jarayon va u quyidagi tamoyillarga tayanadi. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari. Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning oʼz-oʼzini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon boʼladi. Kreativ potentsial bilish jarayoniga yoʼnaltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bogʼliq. Pedagogning kreativ potentsiali anʼanaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon boʼladi: tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi; yangi gʼoyalarni yaratish qobiliyati; bir qolipda fikrlamaslik; oʼziga xoslik; tashabbuskorlik; noaniqlikka toqat qilish; Pedagog kreativlik potentsialiga ega boʼlishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga eʼtiborini qaratishi zarur: Har bir pedagogning oʼzini oʼzi rivojlantirishi va oʼzini oʼzi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bogʼliq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega boʼlishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va oʼzaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali taʼminlanadi. Pedagog oʼz-oʼzidan ijodkor boʼlib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati maʼlum vaqt ichida izchil oʼqib-oʼrganish, oʼz ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda boʼlgani kabi boʼlajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega boʼlishlari uchun talabalik yillarida poydevor qoʼyiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning oʼzini oʼzi ijodiy faoliyatga yoʼnaltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog oʼz oldiga muammoli masalalarni qoʼyish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid boʼlgan dalillar bilan toʼqnash keladi. Buning natijasida oʼz ustida ishlash, mustaqil oʼqib oʼrganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Oʼqituvchilar darslarda talabalarning erkin fikr yuritishlarini taʼminlay olishlari kerak. Xuddi shu holatdagina ularning fikrlari kreativlik kasb etadi. “Kreativlik darslarida talabalar birgina “toʼgʼri” javobni izlash oʼrniga oʼzlarini erkin va hotirjam sezishlari va yuzaga kelgan muammolarga turli yechimlarni izlab topishlari maqsadga muvofiqdir. Qancha koʼp gʼoya va fikrlarni oʼrtaga tashlasalar, shuncha koʼp gʼoyalar kreativ boʼladi (Simonton, 1999). Oʼquvchilar “Аqliy hujum” metodidan foydalanganlarida noaniqlikka duch kelishlari mumkin. Talabalarni toʼgʼri yoʼlga yoʼnaltirish va keyinchalik ularni mustaqil “sayohatga” qoʼyib yuborish ularda kreativ va, hattoki noaniq boʼlsada, turli gʼoyalarni oʼylab topishga boʼlgan intilishni kuchaytiradi. Chak Djons aytganiday “Qoʼrquv xissining yuzaga kelishi kreativlikka asoslangan har qanday ishda mavjud; havotir kreativlikning xizmatkoridir” (Goleman, Kaufman, & Ray, 1992). Talabalarni yoʼnaltirish talabalarda oʼqituvchiga bogʼliq boʼlib qolmay, ularda avtomatik ravishda harakat qilish koʼnikmasini shakllantiradi. Yuqori sinf oʼquvchilari yoki yuqori kurslarining malakali talabalari jarayonni kichik alohida qism va bosqichlarga boʼlib, yosh va tajribasiz talabalarni ruhlantirib, bu esa oʼzz oʼrnida kretivlik koʼnikmasining shakllanishaga oʼz taʼsiri oʼtkazadi (Amabile, 1998). Oʼqituvchilar talabalarga manbalar bilan taʼminlash, maslahat berish, yoʼl-yoʼriq koʼrsatish, ularning progress va muvafaqqiyatini aniqlashda mezonlarni ishlab chiqishda murabbiy sifatida xizmat qiladilar. Shuningdek, yuqori kurs talabalari nafaqat ichki kreativlikni shakllantirish, balki kichik guruhlarda ishlash, kreativlik va sharhlar berishga qiziqtira oladilar ham (m: ong sayohati, tasavvur chegarasi, kelajakdagi muammolarni yechish, yangilik ochmoq va kashf etmoq)”. Kreativlik potentsialiga ega pedagog oʼzida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi: - bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish; - masalaning qoʼyilishini tahlil qila olish; - masalani hal qilish rejasini tuzish; - masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya, taqqoslash va b.)larni qoʼllash; - masalani hal qilish usullarini tanlay olish; - qabul qilingan qarorning toʼgʼriligini asoslash va qayta tekshirish; - masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; - masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish Pedagogning kreativ potentsiali quyidagi tarkibiy asoslarni oʼz ichiga oladi Tarkibiy asoslar Maqsadli-motivli yondashuv (ijodiy faoliyat qadriyat sanaladi va u pedagogning qiziqishlari, motivlari, faoliyatni tashkil etishga intilishida koʼzga tashlanadi). Tezkor-faoliyatli yondashuv (oʼzida maʼlum fikriy-mantiqiy fikrlashga doir harakatlar, shuningdek, amaliy (maxsus, texnik, texnologik) faoliyat usullarini ifodalaydi) Refleksiv-baholash (bunda shaxsiy ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, oʼz-oʼzini tahlil qilish va oʼz-oʼzini baholash koʼzga tashlanadi) Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog: 6. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari. Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi – krativ potentsiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega. Pedagogning krativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar sanaladi. Ushbu mezonlar pedagoglar kreativ potentsialini uch darajada aniqlash imkonini beradi. Yuqori Muntazam ravishda turli tashabbuslarni ilgari suradi, kreativ qobiliyatga egaligini izchil namoyib etib boradi, kreativ jihatdan oʼta faol, izlanuvchan 2. Oʼrta Baʼzan u yoki bu tashabbusni ilgari suradi, kreativ qobiliyatga egaligi muntazam boʼlmasa-da, ammo namoyon boʼladi, kreativ jihatdan bir qadar faol, izlanuvchan boʼlishga intiladi 3. Past Garchi u yetarlicha asoslanmagan boʼlsa-da, tashabbusni ilgari surshga intiladi, kreativ qobiliyati yetarlicha namoyon boʼlmaydi, izlanuvchan boʼlishga intilmaydi. Shunday qilib, malaka oshirish kurslarida “Kreativ pedagogika” moduli (fani)ni oʼqitish pedagoglarda ularga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Pedagoglarda kreativlik sifatlari, ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini rivojlantirish borasida amerikali tadqiqotchi Patti Drepeau tomonidan taklif qilingan yoʼllarda foydalanish kutilgan natijalarni qoʼlga kiritishga yordam beradi. Qolaversa, pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirisha ustuvor tamoyillar asosida ish koʼrish aniq maqsaga yoʼnaltirilgan faoliyat samaradorligini kafolatlaydi. Malaka oshirish kurslarida amaliy mashgʼulotlar jarayonida pedagoglarning kreativlik imkoniyatlarining aniq mezonlar asosida aniqlash, daraja koʼrsatichlarini baholash asosida bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilash, yutuqlarni boyitish, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash mumkin boʼladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling