Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogning o’z ustida ishlashi va kamchiliklarini bartaraf etishi oid pedagogik-psixologik testlar.
- O’z muloqotingiz d an qoniqasizmi
guruhga savol:
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogning pedagogik nazokati qanday ahamiyatga ega?
guruhga savol: Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogning samimiyligi va insonparvarligi qanday ahamiyatga ega?
guruhga savol: Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogning nutq madaniyati qanday ahamiyatga ega?
guruhga savol: Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogning mimikasi va pantomimikasi qanday ahamiyatga ega?
guruhga savol: Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogning tashqi ko’rinishi qanday ahamiyatga ega?
Har bir kichik guruh berilgan savollar bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etadilar. Topshiriqni bajarishga 10 daqiqa vaqt beriladi. Berilgan vaqt tugagandan so’ng, kichik guruhlardagi topshiriq varaqalari yig’ib olinadi. So’ngra kichik guruhlar o’z topshiriqlariga berilgan javobni taqdimot qilishadi. Har bir taqdimotchiga 5 daqiqadan vaqt beriladi. Har bir taqdimotdan so’ng savol-javob orqali muhokama bo’lib o’tadi. Boshqa kichik guruhlar a’zolari o’z-fikr mulohazalari orqali berilgan javoblarni to’ldirishi yoki takliflar berishi mumkin. Pedagog-pedagog esa har bir taqdimotdan so’ng FSMU bo’yicha berilgan savolga keltirilgan javoblarni to’ldiradi va umumlashtiradi. Pedagogning o’z ustida ishlashi va kamchiliklarini bartaraf etishi oid pedagogik-psixologik testlar. Pedagogning ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyatida va atrofini o’rab turgan insonlar - do’stlari, hamkasblari, tarbiyalanuvchilari bilan o’zaro suhbatida muloqot qilish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Zero, aql- idrok va chuqur mulohaza, tafakkur va vazminlik bilan muomala qilish, ayniqsa pedagogdan talab qilinadigan pedagogik mahoratning bir qismidir. Uning hurmati, izzati, e’tibori so’zlarni oqilona terib gapirishida mujassamlashgan. Shu ma’noda ta’kidlash joizki, pedagogning «aql-zakovati, fikr- tuyg’ulari, bilimi va muloqot madaniyati saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so’zda ifoda etiladi. Muloqot madaniyatida so’z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi» (Aziz yunusov). Pedagog-pedagog tarbiyalanuvchilar bilan muloqot jarayonida adashishi, xatolikka yo’l qo’yishi mumkin emas. Vaholanki, pedagog muloqotida birgina adashish, yoki qo’pollik uning pedagogik faoliyatida tuzatib bo’lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. Pedagog o’z muloqoti bilan nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini darhol tuzatib borishi kerak. Quyidagi psixologik testlar oson echiladi va natijalari asosida siz muloqotingizda ro’y berishi ehtimoli bo’lgan kamchiliklarni aniqlaysiz va uni o’z vaqtida bartaraf etishingiz mumkin. O’z muloqotingizdan qoniqasizmi? Hurmatli pedagog, qaerda bo’lmasin muloqot jarayonida erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va kundalik hayotingizda muhim ahamiyatga ega. Zero, ta’lim oluvchilarni, do’stlaringizni, ba’zan uchraydigan hasadgo’y hamkasblaringizni va rahbaringizni sizga nisbatan munosabati muloqotda qanday inson ekanligingizga bog’liq. Kishilarga hamdard bo’lish, ko’maklashish, iltimosini bajarish yoki bajarmaslik sizning xohish-istagingiz. Ushbu vaziyatlarda muloqotingiz qay darajada ekanligini bilishni istaysizmi? Quyidagi test savollariga javob bering. Har bir javob uchun yig’ilgan ochkolar miqdoriga qarab muloqotda nimalarga qodir ekanligingizni hamda kamchiliklaringizni bilib olasiz. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez-tez bahslashib turasizmi? Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling