Nazariy mehanika


Download 1.79 Mb.
bet7/53
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1544628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Bog'liq
Назарий механикадан мажмуа

Аналитик статика
Ҳақиқий ва виртуал кўчишлар. Боғланишларнинг координаталар вариациясига қўядиган шартлари. Идеал боғланишлар. Система учун мумкин бўлган кўчиш принципи. Умумлашган координаталарда мумкин бўлган кўчиш принципи. Умумлашган кучлар. Потенциал кучлар таъсиридаги система мувозанати. Бир жинсли майдондаги кучлар мувозанати. Абсолют қаттиқ жисм мувозанати.


Механик систаманинг ҳаракат тенгламалари
Динамиканинг умумий тенгламаси (Даламбер-Лагранж). Лагранж 1-тур тенгламалари. Лагранж 2-тур тенгламалари (голоном системанинг умумлашган координаталардаги ҳаракат дифференциал тенгламалари). Кинетик энергиянинг умумлашган координаталардаги ифодаси. Консерватив системалар учун Лагранж 2-тур тенгламалари. Лагранж функцияси. Умумлашган энергия интеграли. Динамик системалар.
Каноник ўзгарувчилар. Лагранж функцияси гессиани. Каноник тенгламалар. Лежандр алмаштиришлари. Гамильтон тенгламалари. Гамильтон функцияси. Биринчи интеграллар.
Раус тенгламалари (ноголоном системанинг боғланиш кўпайтирувчилари билан умумлашган координаталардаги тенгламалари).
Вариацион принциплар, интеграл инвариантлар. Каноник алмаштиришлар.

3 O’quv kursi bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish kontseptual asoslari


O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq yuksak malakali va yangicha dunyoqarashga ega bo’lgan milliy kadrlarni tayyorlash, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lgan masalalar qatorida ta’lim- tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish dolzarb masala bo’lib qoldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida hamda ta’lim tizimini o’rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg’or horijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. Bunda asosiy e’tibor jahon integratsiyalashuvi jarayonini jadal sur’atlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish borasida kechiktirib bo’lmaydigan chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborotlar texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlari, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari chiqarishlariga o’rgatadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling