Topshiriqning maqsadi – jismlar sirtida hosil bo‘ladigan ishqalanish, uning jismlar muvozanatiga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganish, shuningdek, jismlar muvozanatidagi ishqalanishning chegaraviy qiymatida tayanch reaksiyalarini aniqlashdan iborat.
Topshiriqning bajarish tartibi:
berilgan sistemani qismlarga ajratish va har bir qism uchun hisob sxemalarini tuzish;
har bir hisob sxemalari uchun kuchlar muvozanati shartlaridan noma’lumlarga nisbatan tenglamalar tuzish va sistemaga ta’sir etuvchi kuchning ekstremal qiymatlarini aniqlash;
sistemadagi barcha bog‘lanish reaksiyalarini aniqlash va ularning to‘g‘ri ekanligini tekshirish;
aniqlangan natijalarni jadval ko‘rinishida taqdim etish va tegishli xulosa chiqarish.
Topshiriqni bajarish namunasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |