Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi f an: Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


Download 1.82 Mb.
bet20/21
Sana23.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1112925
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gine-repro nazariy 5, 9 mavzu

Menopauza - oxirgi menustruasiyadan keyin bir yil davomida hayz ko‘rmasa menopauzani bildiradi. O‘zbekiston tug‘ish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichli region hisoblanadi. Ko‘p tug‘ish gipofizar - tuxumdon sistemasini toliqtiradi, klimakterik davrni patologik o‘tishiga olib keladi. Klimakterik sindromda ayolning jamiyatda va oilada faolligi susayadi. O‘zbekistonda aholining 51, 2% ni ayollar tashkil etadi, shundan o‘rtacha 37% ayollarda klimakterik davr patologik kechadi. 60% gipomenustral tipda, 32% giperminustral tipda, 8% hayz sikli bir vaqtda to‘xtaydi. Muammoning dolzarbligi: Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida ayollar aholining 50,2% ni tashkil qiladi, ulardan 37% klimakterik davrning patologik kechishidan zahmat chekadi. Hozirgi vaqtda klimakterik sindromli ayollarning hayot sifati, yurak ishemik kasalligi, ateroskleroz va gemorragik insultni rivojlanishi xavfi qon zardobidagi past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP) darajasiga bog‘liqligi aniqlangan. Shuningdek, perimenopauza davrida regulyar hayz sikllarining tiklanishi kuzatilgan bo‘lib, bu esa esterogenlarning lipidlar perekisli oksidlanishi intensivligiga ijobiy ta’sir qilishi, azot oksidi hosil bo‘lishini ortishi va endotelin hosil bo‘lishini to‘xtashi hamda tomirlar va silliq mushaklarning spastik holati xavfini kamaytirishi natijasida tomirlar endoteliysi faoliyatining yaxshilanishi. Shu narsa aniqlanganki, simpatoadrenal tizimni faollashishi lipidlarni perekisli oksidlanishini intensivligini ortishi bilan kechadi, bu esa ko‘pchilik olimlar fikriga ko‘ra, menopauza davridagi ayollar organizmidagi metabolik o‘zgarishlar darajasini belgilaydi. Aterogen lipoproteidlarni perekisli oksidlanish intensivligi va fermentlar faolligi ko‘rsatkichlari bilan kompleks o‘rganish, bemor organizmining metabolik holatini baholash va yangi farmakologik preparatlarni qo‘llagan holda davolashning samaradorligini aniqlash uchun muhim xisoblanadi. Nimaga klimakterik davr boshlanadi? Follikulalar atreziyaga uchraydi, ayollarda ayollar jinsiy gormoni estrogenning kamayishi kuzatiladi, gonadotrop gormonning ko‘p sekretsiyasiga qarshi reaktivlik susayadi yoki tugaydi, menopauza boshlanadi. Klimaksning paydo bo‘lishida endokrin mezonlar: follikulalarni stimullovchi, lyuteinlovchi gormonlar miqdorining oshishi, estradiol miqdorining va estradiol/estron indeksining pasayishi hamda androgen/esterogen nisbatining oshishi bilan ifodalanadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling