O’quvchilar bilimlarini faollashtirish:
5. Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, pinbord, o’ylang va juftlikda fikr almashing va boshqalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7. Slaydlarni Power Point tartibida nomoyish va sharhlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi (-ilova)
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
8. Mustahkamlash uchun savollar beradi (-ilova).
Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
9. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (-ilova). Har bir guruhga topshiriq beradi (-ilova) va baholash mezoni bilan tanishtiradi (-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi (-ilova).
10. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruhsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.
12. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi.
13. Mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi. Eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.
|