Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet15/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

98-rasm. Temir-beton ustunlarini ilish uchun moslama:
a - yengil ustunlarni universal strop bilan gamrab ilish;
b - og'ir ustunlarni yengillashtirilgan go'sh strop bilan ilish; d - yarim avtomatik traversa; e - fraksion gamrov, f- yarim avtomatik gamrov moslamasi. J - kronshteyn; 2 - argon; 3 - metall-tigin; 4 - ustun;
5 - gamrov to'sinchalari; 6 - II simon rama; 7 - argon tortgilari;
8 - traversa; 9 - kabel; 10 - elektromotor; 11 - gayka; 12 - yordamchi boshgarish knopkalari; 13 - vint; 14 - qulflash barmog'i.

Ikki tomonida konsollar bo'lgan ustunlami ilish va ko'tarish uchun IT simon rama ko'rinishidagi yarimavtomat qamrashlar qo'llaniladi. Qamrov ustun konsoli tagiga keltirilgandan keyin IT simon ramaga jag'-shtirlar bilan ramaning to'rtinchi tomoni biriktiriladi, natijada qamrov ustunni hamma tomonidan qamrab oladi. Ko'tarish paytida ustun konsollari qamrovga tiraladi. Ustunlami bo'shatish uchun yerdan turib tiqin jag'larning shnuri tortiladi va rama kosinkalari teshiklaridan chiqariladi. Bunday qamrov ustunni vertikal vaziyatda ko'tarishga imkon beradi. Bu uni joyiga o'rnatishni osonlashtiradi. Qamrovni yerdan turib bo'shatish imkoni borligi esa montajchilaming ishini ancha yengillashtiradi.


Qurilishlarda elektr yuritmali yarimavtomat qamrash mosla­
malari qo'llaniladi (98- d rasm). Ulardan ustunlar va fermalarni shtirlar yordamida ko'tarish uchun foydalaniladi. Shtirlar ko'tari­ ladigan elementlaming montaj teshiklari va qamrov jag'laridagi teshiklar orqali tiqiladi. Qamrovning qulf shtirlari ixcham elektromotor ( 10) yordamida teshiklarga tushiriladi va chiqariladi. Elektromotorni boshqarish tugmasi, montaj krani kran boshqaruvchisining kabinasida bo'lib, u yerga kabel tortilgan, ikkinchi boshqarish tugmasi (12) esa qamrov moslamasiga o'rnatilgan. Bunday qamrov moslamalarida har xii diametrli qulf barmoqlar (14) to'plami bo'ladi. Barmoqlarni montaj maydonchasida osongina almashtirish mumkirt. Qanday barmoq ishlatish kerakligi ko'ta­ riladigan ustunning massasiga bog'liq bo'ladi.
Ustunlaming ilib olish moslamalari yordamida uzoqdan turib ilish va bo'shatish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.
Qamrov moslamasining П simon ramasi (6) montajga tayyorlangan ustun (4) ga yaqinlashtiriladi, bunda qulf barmoq (14) ustundagi ilish teshigi qarshisiga to'g'ri kelishi kerak, so'ngra knopka (12) bosilib, elektromotor (10) ishga tushiriladi. U vint (13) ni aylantiradi, gayka (11) vint (13) da harakatlanib, gulf barmoq (14) ni suradi, shunda u ustunlar teshigiga kiradi, narigi tomondagi yon tarafiga yotganda viklyuchatel yordamida to'xtaydi. Ustun ko'tarilib o'rnatilib mahkamlangandan keyin qamrash moslamasidan yuklama olinadi, kran haydovchi kabinadagi tugmani bosib, ustun teshiklaridan qulf barmoqlarni chiqaradi. Bunda qamrash moslamasi montajchi yordamisiz bo'shaydi.
Tiqin yerdan turib arqon yordamida chiqariladigan yarim avtomat qamrovlar to'sin va fermalarni ko'tarishda ham qo'llaniladi. Bunda stroplar elementlari yarim avtomat qulflar bilan mahkamlanadigan universal stroplar tarzida, egiluvchan va qattiq bo'lishi mumkin. Aytib o'tilgan tuzilmalarni ko'tarishda yassi uchburchak fermalar yoki to'sinlar tarzidagi muvoza­ natlagich traversalar qo'llaniladi (99- rasm). Ularning uzunligi yukni ilish joyiga qarab tanlanadi.
Uzun tuzilmalarni ilish joylari ish chizmalarida ko'rsatiladi. Ko'tariladigan tuzilma traversaga montaj ilmoqlaridan fermalarning yuqori belbog'ida qoldiriladigan teshiklar orqali osiladi, yo bo'lmasa, kesimi balandligi bo'yicha butun tuzilma qamraladi (to'sinlar shunday ilinadi) yoki yuqori belbog'idan ilinadi (fermalar shunday ilinadi).
Yarim avtomat qamrovning qulfi skoba (5) dan iborat bo'lib, qulf barmoq (6) uchun teshiklari bor; barmoq prujina (7) yordamida ish vaziyatida tutib turiladi. Arqon (4) ni tortib, barmoq skoba teshigidan chiqarilganda strop cho'michi barmoq (6) dan bo'shaydi, skobadan chiqadi va arqon qamrov bo'shaydi. Bunday tuzilmali yarim avtomat qulflar 1, 3 va 5 t yuk ko'tarishga mo'ljal­ lanib tayyorlanadi.
Fermalarni yuqori belbog'idan qamrab ko'tarish o'rniga ularni traversalarga fl simon payvand qamrovlar bilan mahkamlash ham mumkin. Qamrovlar yuqoridan ferma uzeliga kiydiriladi va shtirlar bilan mahkamlanadi. Tiqin fermaning yuqori belbog'i tuguni ostidan o'tadi. Montaj ishlarini bajarish uchun boshqa qamrov moslamalaridan foydalaniladi. Bularda montaj qilinadigan elementlarning o'ziga xos tomonlari hisobga olingan bo'ladi. Tuzilmalarni ko'tarish uchun qamrov moslamalari tiplari haqidagi ko'rsatmalar montaj ishlarini bajarish loyihalarida va ish jarayonlari texnologik kartalarida beriladi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling