Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet14/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

Qamrovlar. Temir-beton qismlar qamrovlar yordamida ko'tariladi. Qamrovlarni elementlarga tez mahkamlash va tez bo'shatish mumkin.
Universal strop eng oddiy qamrov hisoblanadi, u bilan yengil ustunlarni 98- a rasmda ko'rsatilgan usulda qamrab ko'tarish
F
97-rasm. Yirik panelli plitalarni montaj qilish uchun fazoviy traversa.
mumkin. Bunday strop bilan ustunlarni qat'iy vertikal vaziyatda ko'tarish va joyiga qo'yish qiyin, holbuki, og'ir va baland ustunlarni xuddi shu tarzda ko'tarish zarur. Shuning uchun og'ir va baland ustunlami ko'tarishda yengillashtirilgan qo'sh strop qo'llaniladi (98- b rasm). U ustunlarning montaj ilmoqlariga ilinadi. Bunday ilish usullarining kamchiligi shundaki, stropni yukdan bo'shatish uchun montajchi o'matilgan ustun ustiga chiqishi lozim. Bu esa ancha vaqtni oladi.
Shuning uchun ustunlami ko'tarishda qattiq yoki egiluvchan yarim avtomat qamrov (traversali strop)lar qo'llash tavsiya qilinadi. Bunday qamrash moslamalari, asosan, ustunlarni qamrashda mahkamlash usuli bilan farq qiladi. Montaj boshida ustun har doim gorizontal vaziyatda bo'lgani uchun qamrovlar tuzilmasida ustunni asta-sekin vertikal vaziyatga ko'tarish imkoni ko'zda tutilgan. 98- d rasmda ustunlar metall-tiqin (3) lar bilan mahkamlanadigan yarim avtomat traversa ko'rsatilgan; shtirlar ustundagi va traversa jag'laridagi teshiklar orqali o'tkaziladi. Traversani ishlatish quyidagicha: metall-tiqin ustun (4) ning ilish teshigiga tiqiladi, uni chiqarib olish uchun esa unga mahkamlangan arqon (2) tortiladi. Bu ishlarning hammasi yerda turib bajariladi.
Massasi 10 t gacha bo'lgan ustunlami ko'tarish uchun friksion qamrov qo'llaniladi (98- e rasm). Temir-beton ustun (4) qirralari bilan qamrov to'sinlar (5) orasida hosil bo'ladigan ishqalanish hisobiga ustunni tutib turadi. Qamrov traversaga bir xii uzunlikdagi ildti po'lat arqon tannog'i yordamida osiladi. Kran ilmog'ini tushirib, ustun poydevorga yoki konduktorga mahkamlangandan keyin qamrov bo'shatiladi. Bunda friksion qamrov biroz ochiladi va ustunda sirpanib pastga tushadi, shu yerda ustundan chiqarib olinadi.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling